3. Jalb etilish: guruh muhokamasining yaroqliligi va samarasi koʻp
darajada a’zolarining faol qatnashishlariga bogʻliqdir.
4. Shaxslar oʻrtasidagi xohish: guruh muhokamasining yana boshqa
xususiyati shaxslar oʻrtasidagi xohishdir. Oʻzaro faoliyat davom etarkan, bir-
birlarini yoqtirishi, xush koʻrmaslik, xulq-atvor, temperamenti kabi xislatlari bir-
birlariga ma’lum boʻladi. Ular orasida boshqa birining muammolarini boʻlishar
ekan, bir-birlariga boʻlgan hamdardlik rivojlanadi.
5. Qoidalarga bo‘ysunish bosimi: guruh muhokamasida, qoida va
me’yorlarga rioya qilish bosimi boʻladi. Oldindan belgilangan va ta’sis etilgan
standartlarga doimo majbur qilinadi va rioya qilinadi.
6. Ziddiyat: ziddiyat guruh a’zolari orasidagi kelishmovchilik, tafovut,
ixtilof boʻlib, koʻpincha o‘ylash mobaynida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |