Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim
ahamiyatga ega. Pedagog bilan oʻquvchi oʻrtasida ma’lum bir masofa boʻlishi
kerak. Masofa juda uzoq boʻlmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib,
ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obroʻ-e’tibori ortadi.
To‘rtinchi uslub qo‘rqitish asosidagi muloqot boʻlib, bu uslub
muloqotning negativ shaklidir. Ba’zi pedagoglar oʻquvchilarni qo‘rqitish orqali
muloqotda boʻladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan
156
boʻladi. Ayniqsa, katta auditoriyada ma’ruza o‘qiydigan ma’ruzachilar
auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib, tinglovchilarni
qo‘rqitib pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman deb
hisoblovchilar yanglishadi. Bu oʽzaro tushunishga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |