Darsni olib borish rejasi (xronoharita):
1. O‘qituvchining mavzu bo‘yicha kirish so‘zi - 5 daqiqa;
2. Talabalarning bilimini og‘zaki usulda mavzuga tegishli savollar bilan tekshirish -
30 daqiqa;
3. Mavzuni tushuntirish: o‘qituvchi talabalarning bergan javoblariga qarab, yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni tuzatib, javoblarni umumlashtiradi - 10 daqiqa;
4. Kundalik daftarni tekshirish: (tarkibni o‘zbek va lotin tillarida yozilishi,
belgilangan vazifa bo‘yicha hisob-kitob, texnologik jarayon tasviri va texnologiyasi to‘g‘ri
yozilganligiga ahamiyat beriladi) – 15 daqiqa;
5. Laboratoriya ishini bajarish: (mavzuga tayyor, kundaligi to‘g‘ri yozilgan talabaga
laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun ruxsat beriladi. O‘qituvchi tomonidan texnologik
jarayon nazorat qilib boriladi) -80 daqiqa;
6. Bajarilgan ishni qabul qilish - 20 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |