12.
13.
14.
15.
16.
17.
440
O‟zbekiston Respublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi
Toshkent farmatsevtika instituti
“Tasdiqlayman”
O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
prorektor
Z.A.Yuldashev
---------------------------------
2019 yil ―
------------
‖
----------------------------
TAYYOR DORI VOSITALARINI SIFATINI FAHOLASH,
QADOQLASH VA O‟RASH
FANINING ISHCHI O‟QUV DASTURI
Ta‟lim yo‟nalishi:
510000
- Sog‘liqni saqlash
Ta‟lim yo‟nalishi:
5510600
- Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)
Umumiy o‟quv soati
-
256 soat
Shu jumladan:
Ma‟ruza
-
42
soat
(7-semestr)
- 28 soat (8-semestr)
-
14 soat
Laboratoriya
mashg‟uloti
-
98
soat
(7-semestr)
-
56
soat
(8-semestr)
-
42
soat
Mustaqil ta‟lim soati - 116 soat (7-semestr) - 58 soat (8-semestr) - 58 soat
Toshkent-2018 y.
441
“Tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va o„rash”
fanidan
ISHCHI O‟QUV
DASTURI
1. O‟quv fanini o‟qitilish bo‟yicha uslubiy ko‟rsatmalar.
―Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‗rash‖ fanining o‗quv fani
sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda
sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash
va o‗rash bo‗yicha umumiy ko‗nikmalar hosil qilish hamda zamonaviy texnologiya nuqtai-
nazaridan farmatsevtik ishlab chiqarishda tayyor maxsulotning sifatini baholashni
ta‘minlashdan iborat.
Fan bo‗yicha talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo‗yiladi. Talaba:
- dori vositalari: kukunlar, granulalar, tabletkalar, qobiqlangan tabletkalar,
mikrotabletkalar, galen preparatlari (nastoykalar, suyuq, quyuq va quruq ekstraktlar, ekstrakt
konsentratlar), ta‘siri uzaytirilgan dori turlari, aerazol dori turi, kapsula va mikrokapsulalar,
yumshoq dori turlari (surtmalar, kremlar, linimentlar, pastalar va gellar), organopreparatlar,
farmatsevtik eritmalar (suvli va suvsiz eritmalar) in‘eksion dori turlari uchun maqsadga
muvofiq bo‗lgan qadoq turlari va qadoqlash usullari, ularni o‗rashda ishlatiladigan
materiallar, sifatini baholash, son va miqdor ko‗rsatkichlari, amaldagi me‘yoriy hujjatlar
to‘g‘risida tasavvurga ega bo„lishi;
- dori vositalarining sifat ko‗rsatkichlariga qadoqlovchi materiallarning ta‘sirini,
turg‗unligi va saqlanish muddatini belgilashni shuningdek, dori vositalarini biofarmatsevtik
xossalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- dori vositalarini qadoqlash va o‗rashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar,
avtomatlar va yarim avtomatlar bilan ishlash, doi vositalarining biologik samaradorlikka ta‘sir
qiluvchi omillarni o‗rganish, tayyor dori vositalarini GMP talablariga muvofiq ishlab
chiqarish, sifatini baholash va tashkil qilish ko‟nikmalariga ega bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: