Tayyor dori turlari texnologiyasini yaratish yoki takomillashtirish borasida amalga
oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining yakuniy bosqichi bu-texnologik va biofarmatsevtik
402
ko‗rsatkichlari bo‗yicha maqsadga muvofiq deb topilgan tarkib va texnologiyaning asosida
tayyorlangan dori turlarining turg‗unligini aniqlashdan iboratdir. Ma‘lumki dori turlarini
tayyorlashda qo‗llaniladigan yordamchi moddalar o‗z ta‘sirini dori turi tayyorlangandan so‗ng
saqlanadigan davrda asta-sekin namoyon qilib borishi mumkin. Xuddi shunday ta‘sir
qo‗llaniladigan texnologik usul asosida ham yuzaga kelishi mumkin. SHuni alohida ta‘kidlab
o‗tish kerakki tayyorlangan dori turlari saqlanish davomida nafaqat dorivor moddaga ta‘sir
ko‗rsatilib, unnig faolligi ortishi, kamayishi yoki umuman yo‗qolishi kuzatiladi, balki dori
turiga xos bo‗lgan sifat ko‗rsatkichlari: tashqi ko‗rinishi, mustaxkamligi, parchalanish vaqti,
eruvchanligi kabilarni o‗zgarishi ham kuzatilishi ham mumkin. Bunday o‗zgarishlar asosida
ta‘sir etuvchi modda o‗rtasida yoki yordamchi modda o‗rtasida yoki yordamchi modda va
yordamchi modda o‗rtasida, shuningdek, ta‘sir etuvchi modda va yordamchi moddalarning
texnologik jarayonlar ta‘sirida kuzatilishi mumkin bo‗lgan kimyoviy o‗zaro ta‘sirlar, kislotali,
asosli, tuz ko‗rinishidagi kimyoviy modifikatsiyalarga aylanishi, parchalanishi, oksidlanish-
qaytarilish jarayonlari, yoizik-kimyoviy o‗zgarishlar, polimerlanish, eruvchanlikning
o‗zgarishi, gigroskopiklik holatini ortishi, kolloid hosil bo‗lishi kabilar kuzatilishi mumkin.
Dori turi o‗z xususiyatlariga ko‗ra etarlicha turg‗unlikka ega bo‗lgan holatda ularning
xususiyatlariga mos kelmaydigan joylash idishlarining qo‗llanilishi yoki idishlarga joylangan
dori turlarini talablar darajasida bo‗lmagan sharoitlarda (yuqori yoki juda past nisbiy
namlikka ega bo‗lgan xonalarda, tashqi muhit xarorati yuqori yoki past bo‗lgan yoki quyosh
nuri to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushadigan sharoitlarda) saqlanishi ham dori turlari turg‗unligiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Tabletka dori turlarining xar bir seriyasini kontur-uyachali qadoqlash idishi (DST 64-
744-6-81), plastmassa qopqoqli qo‗ng‗ir rangli shisha idish (TST 64-287-81), burama
plastmassa qopqoqli (TST 64-20-8780) qo‗ng‗ir rangli shisha idish (TST 64-2-71-80)larga
joylandi va tegishli yorliqlar bilan yorliqlandi. SHu usulda tayyorlangan tabletka dori turlari
alohida-alohida karton qutilarga joylashtirilib, tabiiy usulda olib borilgan tadqiqotlarda karton
qutilardagi dorilar erto‗la omborxonalarining laboratoriya xonalaridagi peshtaxtalarida
saqlandi. Bunda tadqiqotlar olib borilayotgan xonalarning xarorati yil davomida oralig‗ida,
nisbiy namlik oralig‗ida bo‗lishi kuzatildi. Tadqiqotlar davomida xar 6 oy oralig‗ida nazorat
ostidagi tabletka namunalari tanlab olinib, ularni tegishli MTH lari talablariga asosan
tekshirib ko‗rildi.
Ma‘lumki dori turlari turg‗unligini tabiiy sharoitlarda o‗rganish bir muncha haqqoniy
natijalarni beradi. CHunki bunda tajriba sharoitlari amaliyotga yaqindir. Biroq bu usulda
tajribalarni uzoq davom etishi sababli ―Tezlashtirilgan usul‖ da dori vositalarning
turg‗unligini o‗rganish tavsiya etilgan bo‗lib, u yo‗riqnoma xujjatga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu yo‗riqnomaga asosan xususiyatga ega bo‗lgan dori turlarini yaroqlilik muddatlarini
―Tezlashtirilgan usul‖ da amalga oshirish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: