Dorivor o„simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.
Dorivor o‗simlik xom ashyosida ma‘lum miqdor qoldiq namlik bo‗lishi katta
axamiyatga ega, lekin uning miqdori me‘yoriy texnik xujjatda ko‗rsatilgan miqdordan ko‗p
bo‗lishi mumkin emas. Agar qoldiq namlik me‘yoridan ko‗p bo‗lsa, o‗simlikdagi fermentlar
ta‘sir qiluvchi moddalarni parchalab, gidrolizga uchratish kabi xom ashyoning sifatini
pasaytiruvchi yoki to‗la yo‗qatuvchi xollarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ortiqcha
qoldiq namlik xom ashyoni chirishiga va mog‗or bosishiga sabab bo‗ladi. SHuning uchun
ham dorivor o‗simliklardan tayyorlangan xom ashyoni qurigandan so‗ng idishlarga joylash,
nam, zax bo‗lmagan va shamollatib turish imkoniyati bor joylarda saqlash maqsadga
muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda xom ashyoning juda ham qurib ketishiga yo‗l qo‗yib
bo‗lmaydi. Aks holdaxom ashyo idishlarga joylash va qayta ishlash vaqtida maydalanib, sifati
buziladi.
Xar bir xom ashyoning qoldiq namligi shu o‗simlik uchun belgilangan MTH da
keltirilgan bo‗ladi.
Xom ashyoning qoldiq namligi deganda uni doimiy og‗irlikkacha quritish jarayonidagi
yo‗qotilgan gigroskopik namlik va uchuvchan moddalar miqdori tushuniladi.
Xom ashyoning analitik namunasi taxminan 10 mm qilib maydalanadi va 0,01 g
aniqlikda ikkita tortma (3 g dan 5 g gacha) tortib olinadi. Olingan xom ashyo oldindan
quritilgan va qopqog‗i bilan tortilgan byuksga solinadi va 100-105
o
S gacha qizdirilgan
quritish javoniga qo‗yiladi. Quritish javonining xarorati yana 100-105
o
S ga etgandan so‗ng
quritish vaqti boshlangan xisoblanadi. Birinchitortish ishlari barglar, o‗tlar, gullar uchun 2
soatdan so‗ng, ildizlar, ildizpoyalar, mevalar, urug‗lar va po‗stloq uchun esa 3 soatdan so‗ng
bajariladi. Quritish doimiy og‗irlikkacha olib boriladi. Oxirigi ikkita tortish natijalari 30
daqiqa quritib, 30 daqiqa eksikatorda sovutilgandan so‗ng tortishdagi farq 0,01 g dan
oshmasa, doimiy og‗irlikka erishilgan deb xisoblanadi. Ta‘sir qiluvchi moddalar yig‗indisi va
kul miqdorini absolyut quruq xom ashyoga nisbatan xisoblash uchun, namlik ta‘sir qiluvchi
moddalar va kul miqdorini aniqlash maqsadida tortib olingan analitik namunadan 1-2 g (aniq
31
tortma) olib, yuqorida ko‗rsatilgan usul bilan bajariladi. Bunda oxirigi ikki tortishdagi farq
o‗zaro 0,0005 g dan oshmasligi lozim.
Xom ashyoning namligi (X) foizlarda quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
,
M-xom ashyoni quritishgacha bo‗lganmiqdorig;
M
1
-xom ashyoni quritgandan keyingi miqdorig.
Oxirigi natija qilib, ikki parallel tajribaning noldan keyingi ikkinchi xonagacha bo‗lgan
aniqlik bilan xisoblangan o‗rtacha arifmetik birligi olinadi. Ikki parallel tajriba ostidagi ruxsat
etilgan farq 0,5% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |