taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mexnati engillashadi, tayyor maxsulot tannarxi
Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan shamchalalarni tayyorlashni o‗ziga xos
tomonlari qo‗yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi;
tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‗ladi. Har bir
bosqichni nazorat bo‗limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‗lganidan so‗ng
qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko‗rsatkichlari tekshiriladi. Talab
darajasida bo‗lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo‗lganidan so‗ng har bir turkumdan
idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‗rinishi, chinligi, tozaligi, ta‘sir etuvchi moddani
miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‗rsatkichlar bo‗yicha natijalar MTH talabiga javob bersa,
nazorat bo‗limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi. Korxona
sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan
iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‗ich maxsulotlarni maydalash, elash,
aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya
talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi
moddalar qo‗shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3marta yuviladi, so‗ngra suv bug‗i
yuborib, quritiladi. Shamchalarlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni
maydalashdir. Bu maqsaddaasosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda
maydalanadiganmoddani fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobgaolish
260
kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlikkatta ahamiyatga ega. Sex
sharoitida ko‗pincha zo‗ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‗achali tegirmonlar
ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‗iga ulanadiva
reglamentda ko‗rsatilgan vaqt oralig‗ida maydalaniladi. Maydalangan modda barabanli,
vibratsion yoki sexda mavjud bo‗lgan boshqaelaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar
aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‗lsa, hamma
ingridientlar yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxonasharoitida kukunlar
asosan uchta usulda aralashtiriladi:
1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon
tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil
topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi.
Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo‗lgandan
so‗ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‗dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda
bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‗p ishlatiladi (rasm).
2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‗pincha zo‗ldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu
maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr
tarmog‗iga ulab ma‘lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar.
Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm).
3. Yolg‗on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‗lib, SG-30
turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‗lgan va 30 kg
kukunga mo‗ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish
lozim bo‗lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich
berkiladi, so‗ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda
idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko‗tarilib, muallak holga kelib , o‗zaro aralashadi,
mayda zarrachalar kapron filtrda ig‗iladi, aralashtirib bo‗lgandan so‗ng, filtr avtomatik usulda
tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‗ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi
modda boshqa sig‗imga so‗linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me‘yoridan yukori bo‗lsa,
kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan
nazorat bo‗limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada
ijobiy bo‗lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan shamcha texnologiyasi boshqadan quyidagi
tomonlari bilan farq qiladi:
1. Shamcha tarkibiga kiradigan ingridientlar o‗ta quruq bo‗lishi kerak.
2.Shamcha tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib,
teshigini diametri 100mk dan katta bo‗lmagan elaklar orqali elangan bo‗lishi kerak, chunki
zarracha diametri qanchalik kichchik bo‗lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo‗ladi,
teriga yaxshi yopishidi.
Shamcha dorilar quruq joida saqlanishi lozim, aqs holda namni tortib olib , qattiq
bo‗lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi.
Sex sharoitida shamcha dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak.
Quyidagi keys – kukunlar tarkibini to„g„ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-
ketligini asoslash va mo„„tadillashtirish. Shamchalarni ishlab chiqarishning umumiy va
xususiy texnologiyalarini bilish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va
apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‗g‗ri tanlash. Shamcha tayyorlash
jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko„nikmalarga
ega bo„ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shamchalarni tayyorlash
texnologiyasi bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim
va ko‗nikmalarni
qayta topshirish;