Laboratoriya mashg‘ulotlari


KEYS: “Bolalar sepmasi kukunini sifatini baholash”



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

KEYS: Bolalar sepmasi kukunini sifatini baholash” 

Kirish. Xozirgi zamon  korxona  sharoitida  dori ishlab chiqarish mashina  ishlatishni 

taqozo  etadi,    chunki  bunda  ishchilar  mexnati  engillashadi,  tayyor  maxsulot  tannarxi 

arzonlashadi.  

        Sanoat  miqyosida    ishlab-chiqariladigan    kukunlarni    tayyorlashni  o‗ziga  xos 

tomonlari  qo‗yidagilardan    iborat:    ular    katta    hajmda,  maxsus  sexlarda  tayyorlanadi; 

tayyorlash  jarayoni  asosan  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiyalashtirilgan  bo‗ladi.    Har  bir 

bosqichni  nazorat  bo‗limi  tekshirib  boriladi,    maxsulot  tayyor  bo‗lganidan  so‗ng 

qadoqlashdan  oldin  har  bir  turkumni  sifat  va  miqdor  ko‗rsatkichlari  tekshiriladi.  Talab 

darajasida bo‗lsa qadoqlashga ruhsat  etiladi. Qadoqlab bo‗lganidan so‗ng har bir turkumdan 

qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik  laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta 

idishdagi  maxsulotni  miqdori,    tashqi  ko‗rinishi,    chinligi,  tozaligi,  ta‘sir  etuvchi  moddani 

miqdori  tahlil  etiladi.    Hamma  ko‗rsatkichlar  bo‗yicha  natijalar  MTH  talabiga  javob  bersa, 

nazorat  bo‗limini  xulosasi  asosida  maxsulot  korxona  omborxonasiga  topshiriladi.    Korxona 

sharoitida  ishlab  chiqariladigan  kukunlarni  tayyorlash  quyidagi  texnologik    bosqichlardan  

iborat:  tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‗ich maxsulotlarni maydalash,  elash, 

aralashtirish,  qadoqlash  va  yorliqlash.  Kukun  tayyorlanadigan  sex  xona  gigiena-sanitariya 

talabiga  javob  berishi  kerak,    asbob  uskunalar  ishlashdan  tozalab,  dezinfeksiyalovchi 

moddalar  qo‗shilgan.    Tuzsizlantirilgan  suv  bilan  2-3marta  yuviladi,  so‗ngra  suv  bug‗i 

yuborib, quritiladi.  Kukunlarni  tayyorlashni birinchi  bosqichi  substansiyalarni  maydalashdir. 



111 

 

Bu  maqsaddaasosan  tegirmonlar  ishlatildi.    Tegirmonni  tanlashda  maydalanadiganmoddani 



fizik-kimyoviy,  morfologik,  gistologik  xossalarini  hisobgaolish  kerak.    Substansiyalarni 

maydalashda    ulardagi    qoldiq    namlikkatta  ahamiyatga  ega.    Sex  sharoitida  ko‗pincha 

zo‗ldirli,    dismembrator,  dezintegrator,  bolg‗achali  tegirmonlar  ishlatiladi.  Maydalanadigan 

modda  tegishli  tegirmonga  solinadi.  Elektr  tarmog‗iga  ulanadiva  reglamentda  ko‗rsatilgan 

vaqt  oralig‗ida    maydalaniladi.    Maydalangan    modda  barabanli,    vibratsion  yoki  sexda 

mavjud bo‗lgan boshqaelaklar yordamida elanadi.  Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib 

yaxshilab  aralashtiriladi.  Agar  murakkab  kukun  bo‗lsa,  hamma  ingridientlar  yana  elanishi 

kerak  va  qaytadan  aralashtiriladi.    Korxonasharoitida  kukunlar  asosan  uchta  usulda 

aralashtiriladi: 

     1.  Zettasimon  ikki  kurakchali  aralashtirgichlar.    Bular    asosan  ikkita  yarim  silindrsimon 

tubdan,  ikkita  zetta-simon  aralashtirgichdan,    qopqoqdan,    qopqoqdagi  tuyikdan  tashkil 

topgan.  Aralashtirgich  kurakchalari  xar  hil  tezlikda  qarama-qarshi  tomonga  xarakat  qiladi. 

Bundan  maqsad  kukunni  hamma  qatlamlari  bir  hil  aralashishidir.  Aralashtirib    bo‗lgandan 

so‗ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‗dariladi" va kukun idishga tushadi.  Korxonalarda 

bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‗p ishlatiladi (rasm). 

     2.  Laboratoriya  sharoitida  kukunni  ko‗pincha  zo‗ldirli  tegirmonda  aralashtiradilar.    Bu  

maqsadda    barabandagi    sharlarni  bir  qismini  olib,    barabanga  kukun  solinadi  va  elektr 

tarmog‗iga  ulab  ma‘lum vaqt  baraban aylantiriladi.  Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. 

Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm). 

     3.  Yolg‗on  qaynoq  yuzada  aralashtirish  bu  eng  zamonaviy  asbob  bo‗lib,    SG-30 

turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki  qavatli elagi bo‗lgan va 30 kg 

kukunga mo‗ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan  engdan  iborat.  Aralashtirish  

lozim  bo‗lgan    modda    idishga  solinadi,    idishni  gardishi  (cheti)  kapron  eng  bilan  zich 

berkiladi,  so‗ngra  boshqaruv  pultidan  idishni  tubiga  xavo  bosim  bilan  yuboriladi.    Bunda 

idishdagi  massa  bosim  ostida  yuqoriga  ko‗tarilib,    muallak  holga  kelib  ,  o‗zaro  aralashadi, 

mayda zarrachalar kapron filtrda ig‗iladi,  aralashtirib bo‗lgandan so‗ng, filtr avtomatik usulda 

tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‗ngra  teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi 

modda boshqa sig‗imga  so‗linadi.   Bu usulni  kamchiligi  bosim  me‘yoridan   yukori  bo‗lsa,  

kapron yirtilib  mayda  fraksiya atmosferaga chiqib ketadi.  SHunday qilib, tayyor kukundan 

nazorat  bo‗limi  namuno  olib  analitik    laboratoriyaga  tekshirishga  yuboriladi.  Agar  natijada 

ijobiy bo‗lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi. 

     Korxona  sharoitida  ishlab  chiqariladigan  sepma  kukunlarini  texnologiyasi  boshqa 

kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi: 

     1. Sepma  tarkibiga kiradigan ingridientlar o‗ta quruq bo‗lishi kerak. 

     2.  Sepma    tarkibidagi    moddalar    alohida-alohida  mayda  kukun  holigacha  maydalanib, 

teshigini diametri 100mk dan katta bo‗lmagan elaklar orqali elangan bo‗lishi kerak,  chunki 

zarracha diametri qanchalik kichchik bo‗lsa,  uni biosamaradorligi shunchalik yuqori  bo‗ladi, 

teriga yaxshi yopishidi. 

     Sepma  dorilar  quruq  joida  saqlanishi  lozim,    aqs  holda    namni  tortib  olib  ,  qattiq 

bo‗lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi. 

     Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak. 

Quyidagi  keys  –  kukunlar  tarkibini  to„g„ri  tanlash,  texnologik  jarayonlar  ketma-ketligini 



asoslash  va  mo„„tadillashtirish.  Kukunlarni  ishlab  chiqarishning  umumiy  va  xususiy 

texnologiyalarini  bilish.  Ularni  tayyorlashda  ishlatiladigan  asbob-uskunalar  va  apparatlar 

(tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‗g‗ri tanlash. Kukun tayyorlash jarayonida kelib 

chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko„nikmalarga ega bo„ladi.  

  Ushbu  keysni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  kukunlarni  tayyorlash 

texnologiyasi bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish zarur. 

  Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: 

 



o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash

 



muammoning  hamda  qabul  qilingan  echimning  individual  va  guruhiy  tahlilida  bilim 


112 

 

va ko‗nikmalarni qayta topshirish



 

mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash



 

o‗quv axborotlarini o‗zlashtirish darajasini tekshirib ko‗rish. 




Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish