A salimov, G. Axmedjonova



Download 10,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/78
Sana26.08.2021
Hajmi10,5 Mb.
#156378
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
xomashyoni toquvchilikka tayyorlash

5.2. Ohorlash uskunalari
Tо‘quv  dasgohlarida  tо‘qima  shakllanish  jarayonida  tanda  iplari 
turli ta’sirlarga uchraydi. Homuza hosil qilish natijasida iplarning ta-
rangligi  oshadi,  skalo,  lamel,  gulalar  va  tig‘  harakati  ta’sirida  ish-
qalanadi, chо‘ziladi, egiladi. Bu ta’sirlar natijasida ipni tashkil etgan 
tolalar  titiladi,  ayrim  tolalar  tushib  qoladi,  natijada,  tanda  ipning 
yeyilishga chidamliligi pasayadi, uning uzilish ehtimoli oshadi. Tanda 
iplarni  ohorlashdan  maqsad,  ularning  kо‘plab  mexanik  ta’sirlarga 
chi damliligini  oshirishdir.  Buning  uchun  ipga  maxsus  tayyorlangan 
yelimlovchi  tarkib  –  ohor  shimdirilib,  ip  sir tini  yupqa  parda  bilan 
qoplanadi. Ohor quyidagi xossalarga ega bо‘lishi: tolalarni yopishtirish 
va  ipning  ishqalanishga  chidam liligini  oshirish  uchun  yopishqoq 
bо‘lishi, yetarlicha pishiq hamda qayishqoq parda hosil qilishi, tо‘quv 
dasgohida iplar oson tо‘qilib, shodalar va tig‘ tishlari orasida tо‘planib 
qolmasligi, gazlamaning badiiy bezagiga salbiy ta’sir etmasligi kerak.
Ohor tayyorlash uchun turli kimyoviy moddalar ishlatilib, uning 
asosiy  qismini  yelimlovchi  materiallar  tashkil  etadi.  Yelim  sifatida, 
kо‘p hollarda, tabiiy va kimyoviy polimerlardan foyda laniladi. Oxirgi 
paytlargacha ohor tabiiy polimerlar – oziq-ovqat larda foydalaniladigan 
kraxmallar  (kartoshka,  bug‘doy)  un  (bug‘doy,  guruch,  makkajо‘xori 
v.b.), hayvonot yelim (jelatin, kazein, gо‘shtlarda v.b.)lari ishlatilgan. 


132
Keyingi vaqtlarda sintetik materiallar: karboksimetilselluloza (KMS), 
polivenilspirt  (PVS)  va  boshqalar  ham  ishlatilmoqda.  Bu  esa,  oziq-
ovqat mahsulotlarining texnik ehtiyojlarga sarflanishini kamaytirishga 
va ohorning sifatini birmuncha yaxshilashga imkon beradi.
Kraxmal va un zarrachalarini parchalash uchun yuvuvchi natriy 
eritmasi, xloramin v.b. ishlatiladi. Bu preparatlar ta’sirida yelimlovchi 
moddaning yirik zarrachalari yumshaydi, ohor suyuq holatga aylanadi 
va u ipning ichiga singish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Ohor tayyorlashda 
yelimlovchi modda donlari mexanik ta’sir tufayli ham parchalanishi 
mumkin.
Ohorlangan  ip  qayishqoq  (egiluvchan)  bо‘lishi,  ohor  pardasining 
sinib  tо‘kilib  ketmasligi  uchun  ohor  tarkibiga  yumshatgich  modda 
qо‘shiladi. Yumshatgichlar sifatida paxta moyi, aminokislota, glitserin 
va  boshqa  yog‘li  moddalar  ishlatiladi.  Tanda  iplari  zarur  namlikni 
saqlash  uchun  ohorga  atrof-muhitdan  nam  shimadigan  gigroskopik 
moddalar  qо‘shiladi.  Gigroskopik  material  sifatida,  kо‘pincha,  kaliy 
xlor,  glitserin  ishlatiladi.  Ohor  tarkibida  oqsil  moddasi  bо‘lganligi 
uchun  unda  chirishga  moyillik  mavjud.  Ohor lash  mashinasining 
ohor  bilan  muloqotdagi  qismlari  va  tanda  iplari  olish  maqsadida, 
uning  tarkibiga  antiseptik  modda  qо‘shiladi.  Chirishga  qarshilik 
kо‘r satuvchi modda sifatida mis kuporosi (kukuni), tex nik formalin, 
fenol ishlatiladi.
Ohor tayyorlashda eritma sirtida kо‘pik paydo bо‘lmasligi uchun 
ohorga suvda erimaydigan spirt, skipidar, paxta yog‘i v.h. qо‘shiladi. 
Kimyoviy  iplarni  ohorlashda  uning  tarkibiga,  shuningdek,  anti-
statik sifatida stearoks ishlatiladi.
Ohorda  erituvchi  modda  sifatida  yumshatilgan  suvdan  foyda-
laniladi. Ohor retseptini tanlashda kо‘p omillar tо‘qima turi, tan da va 
arqoq iplarining chiziqiy zichligi, 10 sm dagi tanda va arqoq iplari ning 
soni, tо‘quv о‘rilishi, korxonadagi kimyoviy modda larning mavjud ligi 
hisobga olinadi. Quyidagi jadvalda paxta tola sidan yigirilgan iplar ni 
ohorlashda ishlatilishi mumkin bо‘lgan ba’zi bir retseptlar keltirilgan.


133
13-jadval

Download 10,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish