www.ziyouz.com кутубхонаси
45
O’N TO’RTINCHI MAQOLA
QUSHLARNING YO’L SAFARI HAQIDA HUDHUDGA SAVOLLARI
Qushlar Hudhudning so‘zlarini tinglab, ko‘hna sirlarni yaxshi anglab yetdilar.
Hammalari o‘zlarini Simurg‘ bilan bog‘liq deb bildilar. Shu bois U tomon sayr etishga
rag‘bat bildirdilar. Shu ma’noda o‘zaro yana ittifoq tuzdilar. O’zlarini hamdard va
hamovoz deb his etdilar. Hudhuddan boshqa yo‘lni biladigan bo‘lmagani sababli u bilan
xiyla suhbatlashdilar. Undan:
- Ey tajribali, dono ustoz, bu yo‘lda nimalar bizni kutadi, qanday qilib bu yo‘lni bosib
o‘tamiz? Bunday oliymaqomga ko‘tarilish tartibi - qoidasini biz ojizlar batamom
bilmaymiz, siz ko‘rsating, - deya so‘radilar.
Rahbar Hudhud daf’atan dedi:
- Kimki oshiq bo‘ldi, u jonining g‘amini yemaydi.
HUDHUD JAVOBI
Xoh zohid bo‘lgin, xoh badaxloq fosiq bo‘lgin, ammo oshiq bo‘lsang, jon tarkini
qiluvchi chin oshiq bo‘lgin. Sening qalbing joning dushmaniga aylansa, albatta jonfidolik
bilan yo‘l oxiriga yetasan. Bu yo‘l mingjonga arziydi, jonni baxshida qil, shundan keyin
ko‘zni ochib diydorlashgin. Agar seni iymondan chiq desalar yoki jonni topshir deb xitob
qilsalar, sen buni ham, uni ham topshir — iymonni tark et va jonni bag‘ishla!
Agar biror kishi:
- Bu kofirlik-ku, desa, sen aytgin:
- Ishq kufru imondan yuqoriroq, afzalroqdir. Ishqning kofirlik va mo‘minlik bilan nima
ishi bor, oshiqlarning tanu jon bilan nima ishi bor?
Oshiq dunyo xirmoniga o‘t qo‘yadi, agar boshi ustidan arra tortsalar, tanasini, ma deb
tutadi. Ishq dardini didning qoni biladi, ishq qissasi uzun va mushkuldir, u har kimga
nasib bo‘lmaydi.
Ey soqiy, jomni jigar qoni bilan to‘ldir, agar darding bo‘lmasa, bizdan qarz ol!
Ishqning dardi bedarmon, ko‘z yum, goh jonning pardasini yirt, gohida uni parda qilib
tik!
Ishqning bir zarrasi butun olamdan afzal va azizdir, uning bir zarra dardi barcha
oshiqlardan qimmatli. Ishq azaldan koinotning mag‘zi —mohiyati bo‘lib kelgan, ammo
dardsiz ishq— komil ishqemas. Qudsiy farishtalarda ham ishq bor, ammo ularda dard
yo‘q. Dard faqat odam bolasiga yuklatilgan, faqat Odam bunga munosib, faqat Odam
unga chiday oladi. Kimningki ishqda qadami mustahkam bo‘ldi, u kufr va islomdan ham
voz kechdi. Ishq faqr tomon eshik ochadi senga, faqr esa senga kufr tomon yo‘l
ko‘rsatadi. Ishqning kofirlik bilan qarindoshligi bor, aslida kofirlik - darveshlikning
mag‘zi-mohiyatidir." Senda bu kufr va iymon qolmasa, dunyoviy tanu diling yemirilib,
joning ham qolmaydi. Shundan keyin bu ishda (Yor huzuri, vaslida) shunday darajaga
erishasanki, ilohasroriga hamdam ruhga aylanasan, komil eran bo‘lasan.
Sen eranlar kabi yo‘lga qadam qo‘y va qo‘rqma. Kufr va iymondan ham kechgil va
qo‘rqma. Nimaga bolalarday qo‘rqasan, bolalikni tashla, balog‘at sari intil, bu ulug‘
safarga shermardlar singari shaylan!
Agar yo‘lda senga yuz xavfu xatar, uqubat yetkazuvchi g‘ovlar uchrasa ham,
qo‘rqma. Mardonavor intilsang, murodingga yetasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |