www.ziyouz.com кутубхонаси
119
O’TTIZ YETTINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSHNING SAVOLI
Boshqa qush dedi:
- Ey Iloh huzuriga yo‘l topgan pir, u yerda qanday molu mulk qadrlanadi, qaysi boylik
muomalada bo‘ladi? Agar aytsang, shunga qarab ish tutaylik, ya’ni nima kerakli va ravo
bo‘lsa, shuni olib boraylik. Axir shohlarga qimmatbaho, nafis tuhfalar elturlar, hadiyasiz
odamni xasis deb mazammat qilurlar.
HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey, savol berguvchi, agar farmonga itoatni xush ko‘rsang, u yerda nimaiki bo‘lmasa,
shuni olib bor. Agar sen bu yerdan biror narsa olib borsangu, bu narsa u yerda bo‘lsa,
bu ish albatta chiroyli emas. U yerda ilm bor, ruhoniy farishtalar toati ham behisob ko‘p.
Sen jonning otashiyu dil dardini olib bor, chunki u yerda buni birov ko‘rsatmaydi. Agar
dard bilan dildan bir oh chiqsa, oshiqning kuygan jigar hidini Dargohgacha olib boradi.
Xos joygoh sening joningning mag‘zidir, joningning po‘stlog‘i esa bo‘ysunmas nafsingdir.
Agar ohing xos joy — yurak mag‘zidan chiqsa, mard darveshning holi jami
aloyiqlardan xalos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |