www.ziyouz.com кутубхонаси
117
ROBIYA ADAVIYANING MUNOJOTI
Robiya Allohvandga murojaat qilib dedi:
- Ey sirlarni bilguvchi zot, dushmanlarga dunyo ishlarini ber, do‘stlarga abadiy
oxiratni ber. Men esa bu ikkisidan ham ozodman. Agar dunyo va oxiratdan xoli bo‘lsam
mayliga, g‘am yemayman agar o‘zingga bir dam hamdamu munis etsang, menga
berganing ana shu qashshoqlik yetadi, zero Sendan Sening O’zing menga basdir. Agar
ikki olamga zarra havasim - rag‘batim bo‘lsa, yoxud Sendan boshqa bir narsa istasam —
kofirdirman. Kimdaki Kull — barchani jamlagan zot bo‘lsa, shu Kullga tegishli bo‘ladi,
ko‘prik ostidagi yetgi daryo ham uniki bo‘ladi. Nimaiki bor va nimalar yana bo‘lg‘usidir,
ularning misli — o‘xshashi bor, ammo faqat Allohning o‘xshashi — misli yo‘qdir. Undan
boshqa nimani izlasang, o‘xshashini topishing muqarrar. Faqat Uning o‘xshashi, tengi,
tashbehi, timsoli yo‘q!
Do'stlaringiz bilan baham: |