www.ziyouz.com кутубхонаси
115
O’TTIZ OLTINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSHNING SAVOLI
Yana bir qush dedi:
- Ey rahnamo, Uning huzuriga yetganda, Undan nima talab qilayin? Menga Uning nuri
yetib, jaho-nim ravshan bo‘lganda, Undan nima istashni bilmayman. Er odam uchun
iltimosini oldindan bilmoq yaxshi, shunday iltimos bo‘lsinki, har qanday istak-xohishdan
ulug‘roq bo‘lsin. Olamda eng zo‘r ogohlik bu - Allohdan nima tilashni bilmoq, albatta.
HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey johil, Undan ogoh emas ekansan. Sen Undan nima xoxdasang, talab qilaver.
Kimki Uning eshigi tuprog‘idan xabar topsa, u yerdan qachon orqasiga qaytibdi? Uning
xilvatxonasiga musharraf bo‘lgan odam, zarra-zarra Uning oshnosiga aylanadi. Albatta,
kishiga ogoxlikni iltimos qilish yaxshi, ogoxlik har qanday istakdan ulug‘dir. Agar sen
butun olamda Undan ogoh bo‘lsang, faqat Uning O’zini istaysan, chunki Undan yaxshiroq
boshqa hech narsa yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |