MUSONING IBLISDAN RAMZ (YASHIRIN MA’NO) SO’RAGANI HIKOYATI
Haq taolo Musoga dedi:
- Ey Muso, Iblisdan yana bir ramz so‘ra.
Muso Iblisni yo‘lda uchratganda, undan ramz so‘radi. Iblis dedi:
- Mana bu bir so‘zni doim yodingda tut: menga o‘xshab mardud bo‘lmaslik uchun
hech qachon «men» dema. Agar Muso nomi bilan kerilib yashasang, qasamki, sen
Allohga banda bo‘lolmaysan. Bu yo‘l oxirigacha bebaxtlik va nomurod-likdan iborat,
kishining yaxshi nomi badnomlikdadir. Bu yo‘lda o‘zini baxtiyor hisoblovchi kishidan bir
damda yuz xil manmanlik bosh chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |