Bu uslubda olingan rasemat ikkala optik izomerlarni alohida olingan toza
shaklidagiga nisbatan suvda yaxshiroq eriydi, Shu sababli to`yingan eritma
tarkibidagi L-shaklni ajratib olish uchun aralashmaga natriy L-glutamat kristallari
qo`shiladi.
Siklogeksanondan L-lizinni ajratib olish
Bu uslub asosida olingan lizinning D va L- shakllarini bir biridan ajratib olish
uchun ularning tuzli aralashmalariga L- vino kislota qo`shib o`zaro ta`sirlantiriladi.
D-lizin va vino kislotaning tuzlari suvda kamroq eriydi. Shu xossadan foydalanib D-
va L-lizinlar bir biridan ajratiladi. Bundan keyin lizinning L-shaklini vino kislotadan
ajratish uchun kolonkada ion-almashinuv xromatografiyasi o`tkaziladi. Ajralib
qolgan D-lizin salitsil aldegid bilan o`zaro ta`sirlantirilib qaytadan rasematsiyalash
uchun qaytadan qurilmaga yo`naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: