Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Sur chalinishining dahshatidan
badandagi tuklar titraydi, ko‘zlar har tomonga qarab
qoladi. Mo‘minlar va kofirlar mahshargohga chaqiriladi. Sur chalinishi qiyomat kunining
shiddatini ziyodalashtiruvchi bir azobdir.
Bu paytda sakkizta farishta Arshni ko‘tarib kelishadi. U farishtalarning har biri bir qadam
tashlaganda yigirma ming yillik dunyo yo‘lini bosib o‘tadi.
Farishtalar va bulutlar Arsh o‘rnatib bo‘linguncha aql anglay olmaydigan tasbehlar bilan
Allohga tasbeh aytishadi.
Shu tariqa Arshi a’lo Alloh taolo o‘zi uchun yaratgan oppoq yerga o‘rnatiladi. Bu paytda
hech kim va hech narsa toqat qila olmaydigan Allohning azobidan boshlar egiladi.
Butun
xalq qattiq g‘am-alam ichida qolib bir shafqat izlaydilar.
Payg‘ambar va olimlarni qo‘rquv bosadi. Avliyo va shahidlar toqat qilib bo‘lmaydigan
Allohning azobidan faryod chekadilar. Ular bu holatda ekanliklarida quyoshning nuridan
bir necha barobar kuchli bo‘lgan nur ularni chulg‘aydi. Zotan quyoshning haroratiga
toqat qila olmagan insonlar bu nurning azobidan qattiq betoqat bo‘ladilar. Bu holat ming
yil davom etadi. Alloh taolo ularga hech narsa demaydi.
Shunda insonlar ilk payg‘ambar bo‘lgan Odam (a.s.)ning oldiga borishadi: "Ey
insonlarning otasi! Holimiz juda yomon!" deyishadi. Kofirlar esa: "Ey Rabbimiz! Bizga
marhamat qil. Bizni bu shiddat va mashaqqatdan qutqar" deb Allohga yolvoradilar.
Insonlar Odam (a.s.)ga deydilarki: "Ey Odam (a.s.)! Sen aziz va sharafli bir
Payg‘ambarsanki, Alloh taolo seni yaratdi. Farishtalarni senga sajda qildirdi. Senga
dargohidan ruh ato qildi. Hisobning boshlanishi uchun bizga shafoat qil, Alloh nima hukm
qilsa, shunga mahkum bo‘laylik va qaerga buyursa, hamma o‘sha yerga ketsin. Hamma
narsaning hokimi va moliki bo‘lgan Alloh taolo maxluqlariga istagan hukmini qilsin".
Shunda Odam (a.s.): "Men Alloh taolo ta’qiqlagan daraxt mevasini yedim. Shuning
uchun Alloh taolodan uyalaman. Sizlar rasullarning birinchisi bo‘lgan Nuhning (a.s.)
oldiga boringlar" dedi. Shunda insonlar o‘zaro mashvarat qiladilar.
So‘ngra Nuh (a.s.)ning oldiga boradilar va: "Sen birinchi Rasulsan. Ahvolimiz juda ham
tang. Bizning muhokamalarimizning tezroq qilinishi uchun shafoat qil! Toki shu mahshar
jazosidan qutulaylik" deb yolvoradilar. Nuh (a.s.) ularga javoban: "Men Allohga duo
qildim va yer yuzidagi barcha insonlar suvga g‘arq bo‘ldilar. Shuning uchun Alloh
taolodan uyalaman, Sizlar Ibrohim (a.s.)ning oldiga boringlar. Chunki u Xalilullohdir.
Alloh taolo Haj surasining so‘nggi oyatida:
Do'stlaringiz bilan baham: