"(Qiyomat) Kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari
qora bo‘lur" ma’nosidagi Oli Imron surasining 106-oyatiga ko‘ra yuzlari oq
bo‘ladiganlardir.
Bulardan boshqalarning yuzlari qora bo‘ladi. Qo‘l uzatsa yetadigan darajada quyosh
yaqinlashgani uchun iztirob va terlash kuchli bo‘ladi. Quyoshning issiqligi hozirgidek
bo‘lmaydi. Yetmish marta kuchli bo‘ladi. Salaflardan ba’zilari aytganlarki: "Agar quyosh
hozir xuddi qiyomatdagidek yaqinlashsa, albatta yer yuzini yoqardi, eritardi va
daryolarni quritardi".
Bu paytda maxluqot Arosat maydonda oppoq joyda qattiq iztirob chekib turishadi. Bu
oppoq joyni Alloh taolo Ibrohim surasining 48-oyatida bayon qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |