TO‘RTINCHI FASL
Kofirlar Munkar va Nakirning: "Rabbing kim?" degan savoliga: "Men bilmayman", deb
javob beradilar. Shunda farishtalar: "Bilmading va eslolmading" deyishadi.
So‘ngra uni to yerning yettinchi qavatiga kirib ketguncha temir qamchi bilan uradilar.
Keyin yer bir silkinib, uni qabriga chiqarib tashlaydi. Shu tarzda yetti marta uradilar.
Bundan keyingi holatlar turlicha bo‘ladi. Ba’zilarining amali it shakliga kirib, uni to
qiyomatgacha tishlab qiynaydi. Bular Qiyomatning bo‘lishi va Islom bildirgan boshqa
xususlarga ishonmaganlardir. Qabrdagilarni turlicha holatlar kutib turadi. Faqat biz
qisqaroq keltirdik. Bu azobning asli shundayki, bir inson dunyoda eng ko‘p nimadan
qo‘rqqan bo‘lsa, qabrda shu bilan azob beriladi.
Masalan, ba’zi insonlar yirtqich hayvonlardan qo‘rqadi. Bu hayvonlar insonlarning
tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Alloh taolodan biz mo‘min bandalarini mag‘firat qilishini
va bu holatlardan salomat saqlashini so‘raymiz.
Ko‘p marhumlar tushda ko‘rilib, savollarga javob beradilar. Ulardan birining ahvoli
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |