www.ziyouz.com kutubxonasi
10
ayollarning muhabbatini qozonish uchun zakotlarini ularga berishgan. Biz bundaylarni
ko‘p ko‘rdik. Halol narsalar bilan Alloh taolo barchaga ofiyat bersin.
Ba’zilarni ro‘zasi orqaga qaytaradi. Chunki u kimsalar yeyish-ichishdangina ro‘za tutgan,
ammo bekorchi so‘zlardan, g‘iybat va gunoh qilishdan o‘zini tiymagandir. Bunday ro‘za
fahsh va xusrondir. Banda ana shu tarzda Ramazon oyini o‘tkazadi. U zohiran ro‘za
tutgan, lekin ro‘zasi qabul qilinmaydi.
Ba’zi kishilarni qilgan haji orqaga qaytaradi. Chunki u riyo uchun yoki harom mol bilan
haj qilgandir.
Ba’zilarni ota-onaga oq bo‘lish kabi og‘ir gunohlari orqaga qaytaradi. Bu hollarni asror
olamidan xabari bo‘lganlar va Alloh roziligi uchun ilm o‘rgangan olimlargina biladilar.
Hozirgacha biz anglatgan xususlar to‘g‘risida Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) hadislar vorid
bo‘lgan, sahobalar va tobe’inlardan xabarlar kelgan. Muoz ibn Jabalning (r.a.) rivoyatida
bildirilganidek, amallarning rad qilinishi va boshqa xususlarda juda ko‘p xabarlar kelgan.
Men bu masalani qisqaroq qilishni istadim. Agar qisqartirmaganimda bu kitob katta
bo‘lib ketardi. Ahli sunnat e’tiqodida bo‘lganlar, ya’ni to‘g‘ri e’tiqod va iymonga sohib
bo‘lganlar so‘zlarimizga ishonishadi.
Ruh jasadga qaytarilganida jasadni yuvilayotgan holda topadi va boshi uzra g‘usli
bitguncha qarab turadi. Alloh taolo o‘zi istagan insonlarning ko‘zidan pardani ko‘taradi
va u kimsa o‘likning ruhini dunyodagi inson sifatida ko‘radi.
Bir zot o‘g‘lining jasadini yuvayotganda tepasida o‘g‘lini ko‘rdi. Qo‘rqqanidan teskari
qarab oldi. O‘g‘lini kafanga o‘rab bo‘lguncha shu holatni ko‘rdi. Kafanga o‘ralgach, ruh
jasadga qaytdi. Tobutga qo‘yayotganda ruhni ko‘rganlar ham bo‘lgan. Bir necha solih
kishilardan rivoyat qilinadiki ular tobut yonida ekanlar: "Falonchi ruh qaerda?" degan
ovoz eshitildi. Shunda kafanning ko‘krak tomoni ikki yoki uch marta qimirladi.
Robi’ ibn Haysamdan (r.a.) rivoyat qilinadiki, bir jasad yuvayotgan kishining qo‘lida
qimirladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) zamonlarida bir o‘lik tobut ichida gapirib, Abu Bakr
(r.a.) va Umar (r.a.)larning fazilatlarini zikr qildi.
Mayyitlarning bu hollarini ko‘rganlar farishtalar olamini sayr etgan valiylardir. Alloh qaysi
kimsaning ko‘zi va qulog‘idan pardani ko‘tarsa, o‘sha kishi bu hollarni ko‘radi va biladi.
O‘lik jasadi kafanlangan paytda ruh tashqaridan ko‘krak tomonga yaqinlashadi. Ana shu
paytda u bunday deb baqiradi: "Meni Rabbimning rahmatiga tezroq olib boringlar. Agar
menga ehson qilingan ne’matlarni bilsaydingiz, meni tezroq olib borardingiz".
Agar yomon odam bo‘lgan bo‘lsa deydiki: "Meni ilohiy azobdan biroz kechiktirib,
sekinroq olib boring. Agar meni nima kutib turganini bilsaydingiz, meni ko‘tarib
bormasdingiz".
Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir janozani ko‘rsalar, darrov o‘rnilaridan turib,
qirq qadamcha birga yurib borardilar.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |