Harakat maydoni — ijtimoiy harakatlar mavjud tashkilotlar bilan
o‗zaro ta‘sirga kirishadigan maydon; bunday o‗zaro ta‘sir natijasida
ishtirokchilarning qarashlari va g‗oyalari ko‗pincha o‗zgarishlarga uchraydi.
Harbiy qudrat — qurolli kuchlar va qurol-yarog‗ ustidan nazorat
o‗rnatish hisobiga qo‗lga kiritiladigan kuch.
Harbiylashgan
tafakkur
— Samuel Xantington tomonidan
askarlarning tipik dunyoqarashiga nisbatan ishlatilgan tushuncha.
Harbiy-sanoat majmui — qurol-yarog‗ ishlab chiqarish manfaatlari
bilan bog‗liq bo‗lgan firmalar va qurolli kuchlar o‗rtasidagi
institutsionallashgan aloqalar.
Hujjatli tadqiqot — arxiv materiallari yoki rasmiy statistika
ma‘lumotlari singari hujjatlarni o‗rganishga asoslangan tadqiqot.
Hukmron elita — Mill talqiniga ko‗ra, hozirgi jamiyatlarda
hokimiyatni bo‗lishib olgan odamlarning tanlangan kichik guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |