Total urush — aholining katta qismi bevosita yoki bilvosita ishtirok
etadigan harbiy harakatlar bo‗lib, unda yuz ming va millionlab askarlar qirilib
ketishi mumkin.
Totalitarizm — siyosiy boshqaruv shakli, unda butun hokimiyat uning
siyosatidan norozi bo‗lganlarni terror qiluvchi, o‗zining sodiq odamlariga
tayanuvchi diktator qo‗lida jamlanadi.
Totemizm —(alkongin tilidagi ―totem‖ — uning urug‗i so‗zidan) —
ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma‘lum guruhi b-n
hayvon va o‗simliklarning muayyan turlari o‗rtasida g‗ayritabiiy aloqa, qon-
qardoshlik bor, degan e‘tiqodga asoslanadi. ―T.‖ iborasi ingliz sayohatchisi
Dj.Long tomonidan 1791 y.da ilmiy muomalaga kiritilgan. T. batafsilroq 19-20-
a.larda Dj.Mak Lenan, U. B. Robertson-Smit, Frezer va b.lar tomonidan tadqiq
qilingan. T.ni tushuntirish va tadqiq qilish xilma-xil an‘ana va tamoyillarga
asoslanadi. Ularning ichida eng ommaviylaridan biri (Dyurkgeym va b.). T.ni
dinning ilk shakli deb bayon etish, hamda (Levi-Stros va b.) T.ni sodda aqliy
tasnif tizimi deb atash. Ruhshunoslik tamoyillari ichida mashhuri Freydning
ruhiy analitik taxmini hisoblanadi. Freyd ibtidoiy jamiyatning ilk dini bo‗lmish
T. axloqiy (madaniy) cheklanishlarni — o‗ldirishni ta‘qiqlashni, o‗zaro yaqin
kishilarning qon almashishini (insest) ishlab chiqib, shundan madaniyatni
yaratish boshlandi, deb qayd qilgan. T.da har bir urug‗, qabilaning har bir
a‘zosining hayoti va farovonligi, aynan shu urug‗ning ajdodi bo‗lgan totemga
o‗simlik va hayvonga bog‗liq, deb qaralgan. o‗sha davrlarda g‗orlar hayvon,
o‗simlikning surati totem ruhlarining makoni, tabiiy suratdagi narsa urug‗ning
homiysi tarzida qabul qilingan. SHunga ko‗ra, ular totemning yordamiga muhtoj
bo‗lganlar, unga sehr yordamida ta‘sir qilishga uringanlar. Bu b-n totemning
yangi avlodiga ―pok yo‗l‖ b-n totem o‗tib qolishiga, sehr jodu b-n totemga ta‘sir
qilib, muqaddaslashgan hayvon, o‗simlikning sonini ko‗paytirishga, urug‗-
qabila farovonligini oshirishga, totem kuchi b-n urug‗-qabilaga kelayotgan
halokatning oldini olishga intilganlar. Dastlab totem sifatida hayvonlar, ko‗proq
ov hayvonlari e‘zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik munosabatlari boshqa
hayvonlarga ham o‗tgan, ba‘zan o‗simliklar, tabiat hodisalari: yomg‗ir, quyosh,
shamol va b.larga ham tarqalgan. Totemistik e‘tiqod va marosimlar muayyan
ko‗rinishda ko‗p xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.
Ularning odatlari bo‗yicha, totem urug‗i a‘zolari o‗zaro nikoh qilishi mumkin
emas. Avstraliya milliy aholisining har bir qabilasi hayvon yoki o‗simlik nomini
olgan urug‗larga bo‗linadi. Urug‗ a‘zolari o‗z totemini qarindoshi, otasi, akasi,
do‗sti, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |