Submadaniyat — alohida guruhlarning jamiyatda umum e‘tirof
etilganlardan farq qiluvchi qadriyat va me‘yorlari.
Suitsid - (o‗z-o‗zini o‗ldirish). Suitsid bu odamning o‗zini-o‗zi
o‗ldirishga harakat qilishdir. Suitsid muammosini birinchi marta
E.Dyurkgeym o‘zining ―Anomiya‖ nomli asari orqali ochib bergan.
Sufrajistkalar — erkaklar va ayollarning saylovdagi teng huquqlari
uchun kurashgan dastlabki xotin-qizlar harakatining ishtirokchilari. Sun‘iy muhit (created environment) — inson texnologiyalar yorda-
mida yaratgan moddiy dunyo jihatlari. Sun‘iy muhit o‗z tarkibiga insonning
ehtiyojlarini qondirish uchun yaratgan konstruksiyalar, masalan, avtomobil
170
va temir yo‗llari, fabrikalar, ofislar, turar joylar va boshqa binolarni qamrab
oladi.