Katta guruh - katta miqdordagi a‘zolarga ega bo‗lgan, turli aloqalar
xillariga ega bo‗lgan ijtimoiy guruh.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kengaytirilgan oila — qarindoshlarning ikkidan ortiq avlodini
biriktirgan, birgalikda xo‗jalik yuritadigan va birga yashaydigan oilaviy
guruh.
Kibbutsizm — Isroil kommunalari. Ularda ishlab chiqarish shirkat
usulida tashkil qilinadi, moddiy farovonlik va daromadlar o‗rtasidagi tafovut
minimal darajada bo‗ladi.
Kiber makon — bir-biridan uzoqsa joylashgan kompyuter
terminallaridagi individlarning o‗zaro ta‘sirga kirishishi uchun imkon
beradigan elektron tarmoqlar.
Klan — bir oila doirasidan chetga chiqmaydigan qarindoshlar guruhi;
sanoatlashgan jamiyatlardan avvalgi tizimlar uchun xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |