Intervyu - (ingl. interview) - sotsiologik tadqiqotda qo‗llaniladigan
uslub - maqsadli suhbat.
Introvertiv – o‗ziga, o‗z ichki dunyosiga qarab mo‗ljal oluvchi.
Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad
etuvchi nuqtai nazar.
Irq — o‗xshash jismoniy belgilarga qarab birikkan odamlarning katta
guruhi.
Irqchilik (rasism) — muayyan jismoniy xususiyatlarga ega bo‗lgan
odamlarga afzallik yoki kamsitilish tavsiflarini tirkash. Odamlar-ning
jismoniy tafovutlariga urg‗u beradigan xurofot shakllaridan biri. G‗arb
mustamlakachilik ekspansiyasi davrida irkchilik qarashla-ri va ustanovkalari
mustahkam o‗rnashib qoldi, ular hozirgi kunda ham ko‗p mamlakatlarda
tarqalgan. Bunday ustanovkalar shakllanishi negizida diskriminatsiya va
xurofotlar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |