Yosh psixofiziologiyasi predmeti-inson aqliy faoliyatining fiziologik
asoslaridagi ontogenetik o'zgarishlarni tizimli o’rganishdir.
Differentsial psixofizyologiya-inson psixikasi va xatti-harakatlaridagi
individual farqlarning tabiiy-ilmiy asoslarini va shartlarini o'rganadigan bilim
sohasi hisoblanadi.
Psixologiya va psixofizyologiyaning asosiy muammolari
Psixofizyologiya bilan bog'liq muammolar psixologiya deb ataladigan
asosiy muammolar asosida aniq ko'rinadi:
1. Psixofizik muammo- aqliy faoliyat tabiatdagi va jismoniy munosabatlarning
kechishi bilan bog’liq;
2. Psixofizyologik muammo-aqliy va fiziologik (asab) jarayonlarning nisbati:ruhiy
substrat mavjudmi;
3. Psixognostik muammo- narsa va hodisalarning mohiyatini tushinish psixika
bilan bog’langanligi (atrof-muhitning ruhiyatda qanday aks etishi, aks ettirish
mexanizmlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |