Jannat ahlining libosi, to‘shaklari, so‘rilari va chodirlari
«...Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan
bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur» (Haj, 23-oyat).
Bu xususda oyatlar ko‘p. Ularning tafsiloti hadislarda keladi. Abu Hurayra Payg‘ambar
alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Jannatga kirgan kipga ne’matlar ila baxti-yor,
kulfatlardan uzoq bo‘ladi. Uning kiyimi hecham to‘zmaydi, yoshligi boqiy qoladi.
Jannatda shunday ne’matlar borki, ularni na ko‘z ko‘rgan, na quloq egaitgap, na inson
xayolidan o‘tgan» (Muslim rivoyati).
Bir kishi; «Ey Allohning rasuli! Jannat ahlining kiyimi haqida bizga xabar bering. U
(tayyor) yaratilgan narsami yoki to‘qilgan?» deb so‘radi. Rasuli akram ozgina sukut kilib,
ipdamay turdilar. Qavmdan ba’zisi kuldi. Shunda Rasuli akram: «Nimaga kulyapsizlar?
Bilmaganini bilgan kishidan so‘ragan odam ustidanmi?! Jannat me-valari ikki marta hosil
berib, jannat liboslarini chiqaradi» (Nisoiy rivoyati).
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomniig igunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Jannatga avval qadam qo‘yuvchilar yorug‘ kechadagi to‘lin oydek bo‘lib ichkari
kiradilar. Ular u yerda tupurmaydi, burnini qoqmaydi, hojatga chiqmaydilar. Jannat
ahlining idishlari, taroqlari oltip va kumushlan, terlari mushkdandir. Jannatga avval
kiruvchilarning har birida ikkitadan jufti halol bo‘lib, ular shu darajada nafiski,
suyaklaridagi ilik etlari ustidan ko‘rinib turadi.
(U ikkala jufti xalol ham) o‘zaro totuv. Bir-birini ko‘rolmaslik, nafrat degan narsalar
ularga begona, qalblari go‘yo bir qalbdek. Ertayu kech Alloqga tasbeh aytadilar».
Yana bir rivoyatda aytilishicha, zavjalarning har biri yettitadan xulla kiyib olgan»
(muttafaqun alayh).
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Alloh taoloshshg «...Ular u joyda oltindai bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid -marjonlar
bilan bezanurlar...» oyati tafsirnda aytganlar: «Ularning boshlarida tojlari bor. Tojlarga
qadalgan eng kichik injulardan taralayotgan vur mashriq va mag‘ribni yoritadi»
(Termiziy rivoyati).
Rasuli akram dedilar: «Jannat chodiri ichi g‘ovak bir durdir. Uning samodagi uzunligi
oltmish mil bo‘lib, xar burchagida mo‘minning ahli ayoli bor. Boshqalar uni ko‘rolmaydi»
(muttafaqun alayh).
Ibn Abbos aytadi: «Jannat chodiri kengligi ikki farsah kedadigan ichi govak durga
o‘xshaydi. Uning oltindan bo‘lgan to‘rtta eshigi bor» (Buxoriy rivoyati).
Abu Said Xudriy deydi; «Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti) dadirlar»
(Vokea, 34) oyati xususida Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Ikki
ko‘rpachaning orasi osmon bilan yer qadardir» (Termiziy rivoyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |