suvratida keltiriladi. So‘ngra u jannat va do‘zax orasqda so‘yiladi. Keyin: «Ey jannat ahli!
O’limi yo‘q boqiy saodatga kelinglar. Ey do‘zax ahli! O’limi yo‘q mangu shaqovatga
Hasan Basriydan shunday rivoyat qilinadi: «Odamlar ichida do‘zaxda ming yil qolib,
keyin chiqadigani ham bor. Koshki, o‘sha kishi bo‘lsam!»
Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasan Basriyning bir burchakda yig‘lab o‘tirganini ko‘rishdi.
Undan: «Nega yig‘layapsiz? deya so‘rashdi. «Jahannamga uloqtirilib, e’tiborsiz
Jahannam ahliga mana shuiday nihoyasi yo‘q azob, sinov va hasratlar yuzlanadi.
Azobning eng qattig‘i - jannatni, Alloh taoloning roziligini boy berib qo‘yganlari uchun
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
hasrat chekishlaridir. Allohning roziligi kabi eng oliy ne’matni dunyodek arzimas
matohga sotganlarini anglagan paytda bu hasratning achchikligi chidab bo‘lmas darajaga
yetadi va ular buni butun vujudlari bilan to‘xtovsiz his qilib turadilar.
Ha, ular oliy ne’matni o‘tkinchi dunyoling arzimas, kir-chirkin istaklariga alishdilar.
Keyin: «Voy, bunchalik. hasrat! Rabbimizga isyon qilib, o‘zimizni halok qilibmiz! Nimaga
shoshildik? Ozgina sabr qilsak, muddati ko‘z ochib. yumishga teng kunlar allaqachon
tugab, hozir olamlar Parvardigorining huzurida rizo mulkini qo‘lga kiritgan
bo‘lmasmidik?!» deb qolishadi.
Qanday musibat! Ular borini boy berishdi.Endi ular uchun dunyoning birorta ne’matu
lazzati qolmadi. Keyin ularga jannat ne’matlari ko‘rsatildi. Balki, shu ne’matlarga guvoh
bo‘lishmasa, hasratlari ziyoda bo‘lmasmidi?!
Rasuli akram shunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar do‘zaxdan jannat tomon olib
kelinadi. Ular jannatg‘a shu darajada yaqin bo‘lishadiki, hatto jannatning bo‘yini
hidlashadi, u yerdagi qasrlarni va Alloh jannat ahli uchun hozirlagan narsalarini
ko‘rishadi. Shunda ularga bu yerdan jo‘nab qolishlari, jannatda ular uchun nasiba
yo‘qligi nido qilinadi. Ular shunday bir hasrat bilan qaytishadiki, na avvalgilarga va na
oxirgilarga bunday hasratning misli ko‘rilgan. Keyin ular: «Ey Parvardigoro! Koshkk, jan-
natingdagi savoblarni va u yerda do‘stlarishta hozirlagan narsalarni ko‘rsatmasdan bizni
jahannamga kiritsang, bizga chandon yengil bo‘lardi» deyipgadi. Shunda Alloh taolo
ularga aytadi: «Sizlar yoningizda hech kim yo‘k paytda katta gunohlarni qilib, men bilan
kurashga chog‘landingiz. Qachon odamlarga yo‘liqqaningizda. itoatkor bo‘lib qoldin-giz.
Qalbingizda Menga nisbatan haqsizliklar sodir etgan holda, odamlarga buning xilofini
ko‘rsatdingiz. Mendan emas, odamlardan qo‘rqdingiz. Meni emas, odamlarni
ulug‘ladingiz. Odamlar uchun (eng aziz narsalaringizdan ham) kechdyangiz, Men uchun
kecholmadingiz. Bas, bugun sizlar mahrum bo‘lgan abadiy savob barobarida alamli
azobni totingiz» (Abu Hudba) rivoyati.
Ahmad ibn Harb shunday deydi: «Oramizda shundaylar borki, soyani quyoshdan
afzal sanashadi-yu, jannatni do‘zaxdan ortiq ko‘rmaydi».
Iso alayhissalom dedilar: «Qancha sog‘lom gavdalar, go‘zal! yuzlar, fasih tillar bor,
ertaga jahannam eshiklari oldida «dod-voy» solib qolishadi».
Dovud alayhissalom aytadi: «Allohim! Quyoshingning taftiga sabrim yo‘q.
Do‘zaxingning taftiga qanday chidar ekanman? Rahmating savtiga sabrim yo‘q, azobing
ovoziga qanday toqat qilar ekanman?!»
Ey miskin! Bu aytilganlar jahannam dahshatlaridan bir tomchi. Bilginki, Alloh taolo
do‘zaxni va uning dahshatlarini yaratdi, ko‘paymaydigan va kamaymaydigan do‘zax
ahlini ham yaratdi, bu bitgan ishdir:
Do'stlaringiz bilan baham: