www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Sen ham shu odamlardan birisan, a’zoi badaningdan toshib chiqayotgan terlar qaerga
yetishini bilmaysan.
Alloh yo‘lida qilingan xar qanday ibodat-u haj bo‘ladimi, ro‘zami, namozmi,
musulmonning biron hojatini ravo qilishmi, amri ma’ruf yoki nahyi munkar yo‘lidagi
mashaqqatmi, bularning barchasi insonni terlatmasligi mumkin. Lekin Mahshar
maydonidagi xayo va xavf xar bir bandani terga g‘arq qiladi.
Mahshardagi qayg‘u shu darajada davomliki, go‘yo cheki yo‘qdek tuyuladi. Agar
Odam farzandi jaholat va g‘ururdan uzoq bo‘lsa edi, bu dunyoda toat tufayli chekilgan
ranju alamlarda oqqan terlar Qiyomatdagi g‘am-anduh va intizorlik ostida to‘kilgan terlar
oldida arzimas va muddat jihatidan juda qisqa ekanligini bilgan bo‘lardi. Chunki, u Kun
shiddati qattik, muddati uzoq Kundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |