3.“Qayta qurish” va uning cheklanganligi. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”.
Ommaviy qatag’onlar. Farg’ona fojeasi
O’zbekiston KP MQning 1984 yil 23 iyunь XVI plenumidan keyingi yillarda sodir
bo’lgan voqealar ishlab chiqarish samaradorligini pasayishi, qishloq xo’jaligida vujudga
kelgan og’ir vaziyat, mamlakat hayotidagi inqi-rozli ko’rinishlariga alohida e’tibor
qaratilib, asosan buning sababchi-lari mahalliy kadrlar deb topilib, O’zbekistonda
boshlangan “tozalash” ishi mutlaqo xalqqa qarshi qaratilgan tusda avj oldirildi. Plenumda
yuqori pog’onadagi sobiq rahbarlarining xato va kamchiliklariga urg’u berib, ularni
shunchaki tanqid qilish bilan cheklandi. Haqiqiy tanqid va ta’qib-lar mahalliy rahbar
kadrlar boshiga tushdi. Oqibatda bu davrda O’zbekis-tonda rahbar xodimlarga qarshi
boshlangan dastlabki ta’qib O’zbekiston KP MQning sobiq birinchi kotibi
SH.R.Rashidovga qaratilib, uning faoliyati davomida qilingan yuksak ishlar, islohotlar
ham qo’shib qoralandi. Uni yomon otliq qilish uchun markaz tomonidan “Rashidovchilik”
degan va O’zbekistondagi korruptsiyaning ramziga aylantirilgan siyosiy yorliq to’qib
chiqarildi
26
. SH.Rashidovdan keyin rahbarlik qilgan I.Usmonxo’jaev davrida asosan
markaz ko’rsatmalari bajarildi. Xalqning taqdiri, ijtimoiy ahvoli Usmonxo’jaev
ma’muriyatini qiziqtirmadi. U Markaziy hukumatga “sodiqligini” ko’rsatib qo’yish uchun
kadrlar bilan yordam berishni iltimos qildi va mahalliy rahbar kadrlarning faoliyatini
ko’tarish o’rniga “qo’g’irchoq lavozimi”ni saqlab qolish uchun barcha harakatlarni qildi.
SH.Rashidovning davrini, uning atrofida turgan mahalliy rahbar kadrlarni, respublika
sha’ni va mavqeini qoralash KPSS MQda puxta ishlab chiqildi. Respublika uchun
markazdan uyushtirilgan “paxta ishi” “o’zbeklar ishi” uydirmalari go’yoki “poraxo’rlar”ga
qarshi qaratilgan bo’lib, qonunsizlik va ommaviy qatag’onlarning avjga chiqishiga sabab
bo’ldi va minglab aybsiz mahalliy aholini og’ir tazyiqlarga duchor etdi, jumladan, ko’plab
rahbar va qishloq xo’jalik xodimlarining hayotini girdobga aylantirdi.
1984 yildan boshlab, sobiq Kompartiya rahbarlarining taklifiga binoan
O’zbekistonda mamlakatning turli mintaqalaridan “desantchilar” ya’ni KPSS amaldorlari
kela boshladilar. Yangi desantchilar O’zbekistonda tartib o’rnatish uchun emas, balki ular
ittifoqning respublikadagi tayanchi bo’lish va mamlakatda “sovetlarcha” usulda tartib
o’rnatishlari lozim edi. Markazdan yuborilgan xodimlar mahalliy shart-sharoitni hisobga
olmay, O’zbekistondagi partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egallab olib,
qirg’in boshladilar. Markaz ko’rsatmasiga tayanib, ma’muriy-boshqaruv apparatida
ishlayotgan, tub millatga mansub bo’lmish rahbar xodimlarni hibsga ola boshlaydi. Gunohi
isbotlanmagan kishilar qamoqlarda ashaddiy jinoyatchilar bilan birga ushlab turildi. Ular
shafqatsizlarcha og’ir jismoniy va ruhiy qiynoqlarga tortilib, tergovchilar avvaldan
tayyorlab qo’ygan sohta hujjatlarga imzo chekishga majbur etiladi
27
. 1984-1987 yillar
ichida 40 ming mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Paxta ishi bilan esa 450 ga
yaqin davlat va jamoa xo’jaligi direktorlari, raislari, partiya va sovet xodimlari qamoqqa
26
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent:
SHarq, 2000. – B. 546.
27
“Pravda” gazetasi, 1989 yil 21 may.
olindi
28
. Respublikadagi vaziyatni o’rganib, yo’q xato va kamchiliklarni bor qildilar.
Ularning siyosiy o’yinlari natijasida O’zbekiston tarixda ko’rilmagan ayovsiz tajribalar
bilan tergov usullari o’tkaziladigan maydonga aylantirildi
29
. Mahalliy rahbarlarni badnom
etish, ta’qib ostiga olish, ularni Rossiya, Ukraina, Belorussiyalardan kelgan sodiq kishilar
bilan almashtirish bilan shug’ullandilar. O’zbekiston KP MQ, Ministrlar Soveti, Oliy
Sovet, Respublika prokuraturasi, Ichki Ishlar Vazirligi kabi muhim boshqaruv bo’g’inlari
shunday “desantchi” kadrlar qo’l ostiga o’tdi. Ular respublikadagi ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi. 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86
ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta xodim O’zbekiston Ichki Ishlar
vazirligiga yuborildi
30
.
Bundan tashqari, 1984-1989 yillar ichida turli bahona va sabablar bilan 10 mingdan
ortiq kishi ishdan olib tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati tez amalga oshdiki, hatto,
bir idoraga bir yilda 3 ta yangi rahbar kelardi. Masalan, 1986-1987 yillarning o’zida 22
ming 516 rahbar almashtirilib, ular orasida 278 sanoat korxonalari rahbarlari, 20 ming tsex
va uchastka, smena boshliqlari, 74 davlat xo’jaligi direktorlari, raislari, 400 ilmiy
tashkilotlar, o’quv yurtlari, madaniyat muassasalari rahbarlari bor edi
31
. Sun’iy ravishda
o’ylab topilgan “paxta ishi” mahalliy kadrlar salohiyatiga juda og’ir zarba berdi. Natijada
jamoa xo’jaligi raislari va sovet xo’jaligi rahbarlarining 60%i lavozimlaridan olib
tashlandi, qishloq xo’jalik mutaxassislarining taxminan 45%i, paxtachilik brigada
boshliqlarining har uchinchisi vazifalaridan bo’shatildi
32
. Bu ishlar kadr tanlashdagi yangi
yo’l emas, balki, ularni tahqirlash, obro’sizlantirish, yerli milliy kadrlar g’ururini paymol
qilish siyosati edi
33
. Jarayon go’yoki “poraxo’rlarga” qarshi qaratilgan bo’ldi. Faqatgina
1983 yildan 1989 yilgacha bo’lgan vaqtda O’zbekistondagi huquqni muhofaza qilish
organlari tomonidan qo’shib yozish, poraxo’rlik, o’g’riliklar haqidagi 800 dan ortiq jinoiy
ishlar tekshirilib, 5000 dan oshiq kishi jazoga hukm qilinganligi, ulardan 600 nafari rahbar
xodimlar, o’n nafari mehnat qahramonlari edi
34
. O’zbekistonda bu yillarda butun jazoga
tortilgan begunoh mas’ul va xo’jalik xodimlari 25 ming kishiga yetdi
35
. Gdlyan-Ivanov
rahbarligidagi jazo otryadining ortida turgan kuchlar uzoq vaqt pinxoniy siyosat olib bordi.
O’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini, buyuk tarixini, madaniyatini bilmagan, aslida
bilishni ham istamagan Ligachev, Razumovskiy, Mogilьnichenko, Bessarobov, Smirnov,
Ponomerov kabi sovet ma’murlari bu ishlarning boshida bo’lishdi
36
. Bu guruhning “ishi”
boshidanoq qonunchilikka umuman zid holda, tergov qilinuvchilar va ularning yaqinlariga
nisbatan ochiqdan-ochiq zo’ravonlik qilish bilan ajralib turdi. Bemorlar, ko’p bolali onalar,
qariyalar ham ayab o’tirilmadi. Mahalliy rahbar kadrlarning “vaqtincha” qamoqda
saqlanishlari yillab davom etdi. Nohaq qamoqga olinganlarning ba’zilari og’ir
tahqirlashlarga bardosh berolmay, o’z jonlariga qasd qildilar. Kadrlarni obro’sizlantirish,
ularning oila-a’zolari, qarindosh-urug’lari, tanish-bilishlarini ham ayovsiz jazolash siyosati
28
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, 58-fond, 359-ro’yxat, 87-ish, 4-varaq.
29
“Toshkent haqiqati” gazetasi, 1990 yil 3 fevral.
30
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
31
Yusupov E. Istiqlol yo’lida,. – Toshkent: “Fan”- “Ruxafzo”, 1996. – B. 55.
32
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865-
1990 yy.) / D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 308.
33
Yusupov E. Istiqlol shabadalari. – Toshkent: Fan, 1993. – B. 49.
34
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari(1865-
1990 yy.) / D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 308.
35
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: противоборство идей и иделогии. –
Ташкент: Узбекистан, 2002. – С. 24.
36
Jo’rabekov I. Yangi O’zbekiston- yangi qadamlar. – Toshkent: O’zbekiston, 1994. – B. 75, 80.
O’zbekistonda keng tus oldi. Necha minglab kishilar tazyiq, quvg’in va qatag’onga duchor
qilindi, qanchadan-qancha odamlar tergov izolyatorlarida saqlab turildi. Ataylab o’ylab
topilgan ko’pdan-ko’p, jinoiy ishlar qo’zg’atildi. Ba’zi tergovlar dalillarni soxtalashtirib,
begunohlarga nisbatan faqat ayblash yo’lini tutdilar. Jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta’sir
etish, majburlab bo’yinga qo’yish va e’tirof etishlar ommaviy tus ola boshladi. SHu tariqa
O’zbekistonga kelganlar adolatni qaror toptirishga emas, aksincha ko’proq begunoh
mahalliy kadrlarni qamatish natijasida yillik hisobotlarini boyitishga zo’r berdilar
37
.
Hamma respublikalardan farqli o’laroq O’zbekistonda boshqalarga o’rnak bo’lishi
uchun respublika kadrlarining “ta’zirini berib qo’yish”ga qaratilgan harakat yuqori
bo’lgan. Ya’ni tizimga sig’magan va hukmron tuzumni yoqtirmagan aholi guruhlari
antigumanistik choralar bilan yo’q qilish kabi siyosat qurboniga aylandilar
38
. Sovet
tuzumining O’zbekistonda XX asrning 1916, 1930, 1950, 1980 yillarida qatag’on
siyosatini avj oldirganining asosiy sababi har avloddan chiqayotgan milliy g’ururli,
malakali mahalliy kadrlar yo’q qilinishi, sovet siyosatiga zid bo’lgan ta’sirlardan
“tozalanishi” kerak edi. Shuning uchun ham aynan yuqoridagi yillarda ming-minglab
mustaqil, erkin fikrga ega bo’lgan, xalqni istiqlolga chorlovchi vatanparvar milliy kadrlar
sovet siyosatining qurboniga aylandi. Faqat 1980 yillarning oxirlaridan boshlab
respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. 1989 yilda
I.A.Karimovning milliy rahbar bo’lishi O’zbekiston tarixi sahifalarining haqqoniyligini
ochishga ustivor darajada ta’sir ko’rsatdi. Islom Karimov millat va xalqning asl
manfaatlarini ifoda etib, darhol davlat mustaqillik g’oyasini ilgari surdi. U o’zining
respublikada tutgan yo’lini, “desantchilar” zo’ravonligiga qarshi kurashini milliy siyosiy
partiyalar va harakatlarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib berish bilan
mustahkamladi. Markaz mazkur takliflardan ochiq noroziligiga qaramay, O’zbekiston KP
MQning 1990 yil mart plenumida “siyosiy tizimni yangilashni iqtisodiy mustaqillik
muammosidan ajralgan holda qarab chiqish mumkin emas”ligi qayd etib o’tildi va
O’zbekistonning siyosiy mustaqilligi yaxlit kontseptsiyasi ishlab chiqish zarurligi
ta’kidlandi. Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida 1990 yil 24 martda
I.A.Karimovning O’zbekiston SSR Prezidenti qilib saylanganligi davlat mustaqilligini
qo’lga kiritilishining muhim shartlaridan biri bo’ldi.
Xulosa o’rnida, kommunistik mafkura asosida olib borilgan kadrlar siyosati
“markscha-lenincha” bir taraflama g’oyalarga asoslanib, kadrlar masa-lasini hal qilish
borasida partiyaning huquqi va imtiyozlari ustun bo’ldi. Respublika rahbariyati sobiq
SSSRning boshqaruv tizimiga bo’ysundi va O’zbekiston xalq xo’jaligida mahalliy rahbar
kadrlarning tub manfaat-larini hisobga olishni mo’ljallamadi. Ushbu tuzumning kadrlar
siyosatida ham olib borgan rejasi respublika iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat
qilsada, olinayotgan foydadan ko’proq markaz manfaatdor bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |