11-Modul: O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari


yillarning o’rtalarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotdagi inqiroz



Download 415,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana22.08.2021
Hajmi415,25 Kb.
#153952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-мавзу

2. 1980 yillarning o’rtalarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotdagi inqiroz.  

O’zbekistonda  ishchi  kuchi  tanqisligi  bahonasida,  ko’plab  ishchi  kadrlar  markazdan 

ko’chirib keltirildi. Dastlab markazning sanoat korxonalari bilan birga bu yerga ko’chib 

kelgan kadrlar ma’lum darajada mahalliy ishchi kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega 

bo’ldi. Biroq keyingi yillarda markazdan kadrlar jo’natish ko’paydi. Jumladan, RSFSRdan 

1961-1965  yillarda  115,3  ming  nafar  ishchi  ko’chirilgan  bo’lsa,  1966-1970  yillarda  esa 

66,4 ming nafar ishchi keltirildi

13

. Sovet tuzumining maqsadi mintaqada ishchilar sinfining 



ko’p  millatli  kadrlarini  yetishtirishni  bahona  sifatida  ko’rsatib,  o’lkaning  boy  tabiiy 

resurslarini  o’z  egalarining  qo’lida  emas,  balki  o’zlari  ishongan  kadrlar  qo’lida  bo’lsa 

o’zlashtirish  yanada  tezroq  amalga  oshishini  bilgan.  Misol  uchun,  Muruntov  oltin  koni 

1969  yil  ochilgandan  keyin  ishlashga  asosan  markazdan  kadrlar  jo’natiladi,  konda 

mutaxassislar aniqlashicha oltin zahirasi qalinligi 400 metr bo’lib, uning 200 metr qalinligi 

markazga  qazib  olib  ketilgan

14

.  Bunday  holatlar  bilan  respublikada  aholi  tobora  ko’p 



millatli  bo’lib  bordi.  Sovet  hokimiyati  yillarida  bunyod  bo’lgan  sanoat  markazlari, 

xususan,  CHirchiq,  Angren,  Olmaliq,  Bekobod,  Navoiy,  Zarafshon,  Muborak  kabi 

shaharlarda  asosan  boshqa  millat  vakillari,  ya’ni  mamlakatning  turli  mintaqalaridan 

ko’chirib  va  ko’chib  kelgan  ishchi  kadrlar  joylashdi.  Shu  tariqa  respublikadagi  sanoat 

shaharlar ham ko’p millatli bo’lib bordi. Masalan, ruslar eng avvalo shahar joylarda, ko’p 

qismi Toshkent va Toshkent viloyatida, Buxoro, Samarqand, va Farg’onada ham ularning 

soni sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Respublikada yashovchi tatarlarning deyarli yarmisi 

Toshkent shahri va viloyatiga to’g’ri kelgan

15

. Binobarin xodimlar saflarini tub yerli millat 



kishilari hisobiga o’stirish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash respublika uchun ijtimoiy 

adolat nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega edi. 

 1966 yil 26 aprelda O’zbekiston poytaxti Toshkentdagi zilzilaning oqibatida vayron 

bo’lgan  uy-joy,  sanoat  korxonalarini  tiklash  uchun  Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina, 

Belorussiyadan  katta  hajmda  ishchi  kuchi  O’zbekistonga  jo’natildi

16

.  Ularning  yordami 



bilan vayron bo’lgan joylar qayta tiklandi, yanada ko’rkam, kuchli yangi Toshkent shahri 

barpo  etildi.  Biroq  yordamga  kelgan  ishchi  kuchlarining  asosiy  qismi  doimiy  yashash 

uchun  O’zbekistonda  qolib ketdilar. Yozuvchi Shukrulloning ta’biri bilan ta’kidlaganda 

“Toshkentliklar  kim,  o’zbeklar  yuz  yillardan  beri  ota-bobosi  yashab,  ruslar  Toshkentga 

kirgach “eski shahar deb ataladigan qismida qanday yashagan bo’lsa, shunday qolaverdi. 

Toshkentning  yangi  qurilgan  ko’p  qavatli  imoratlariga  esa,  hasharga  kelganlar  va 

Toshkentning  asosan  ruslar  yashaydigan  “yangi  shahar”!  deb  ataladigan  qismida 

turadiganlar ko’chib kirishdi. SHunday qilib Toshkent qardoshlik shahri, do’stlik shahri 

bo’ldi  qo’ydi”

17

.  O’zbekistondagi  yirik  korxonalarning  ko’pchiligi  boshqa  sovet 



respublikalaridan  kelgan  ishchi  va  mutaxassislar  yordamida  qurildi

18

.  Korxonalarning 



qurilishida  ularning  xizmatlari  katta  bo’ldi,  lekin  vaqtincha  kelgan  ishchi  mutaxassislar 

qurilish tugagach doimiy yashash uchun O’zbekistonda qolib ketdilar. Buning sabablaridan 

                                                           

13

 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекистана. – Ташкент:  Узбекистан, 1983. – С. 



212. 

14

 Fan va turmush, 1992 yil, - №1. – B. 3. 



15

 O’zbekiston aholisi va mehnat resurslari. – Toshkent: Universitet, 1992. – B. 14. 

16

 Ташкент город братства- Ташкент: Узбекистан 1969. – С. 13. 



17

 SHukrullo. Qasosli dunyo. – Toshkent: O’zbekiston, 1994. – B. 44. 

18

 Максакова Л.П. Миграция населения Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан, 1986. – С. 74. 




yana biri ko’chirib keltirilgan ishchi kadrlar  yosh jihatdan alohida  guruhlarga  bo’lingan 

bo’lib,  ular  asosan 20-24  yoshlilarni tashkil  etgan  holda oila qurish  yoshida  bo’lgan va 

natijada  O’zbekiston aholisining miqdor ulushida ular 1960  yil 28,4%, 1970  yil 31,9%, 

1975  yilda  32,9%ni  tashkil  etdi

19

.  Ular  uchun  maxsus  turar  joy  binolari  tezlikda  qurib 



bitkazildi. Misol uchun, Toshkent to’qimachilik kombinati uchun 1971 yilda ikkita ko’p 

qavatli turar joy binolari topshirildi. Tashqaridan jalb qilingan kadrlarga uy-joylar mahalliy 

aholi  yashaydigan  milliy  qishloqlar,  posyolkalar  va  kichik  shaharlarga  qaraganda  qiyos 

qilib  bo’lmas  darajada  yaxshiroq  qilib  qurildi  va  ancha  yuqori  darajadagi  qulayliklar 

yaratildi. Respublikada 1924-1973 yillar ichida 105 mln. 589 ming kv. metrdan iborat uy-

joy  qurilib, 1  mln. 684  ming  kishi  o’zining  uy-joy sharoitini  yaxshilab oldi

20

.  Biroq  bu 



ko’rsatkichning  asosiy  qismi  chetdan  kelganlarga  to’g’ri  keldi.  Natijada  markaziy 

mintaqalardan  ko’chib  keluvchilar  soni  ortib  bordi.  Xususan,  1961-1975  yillarda  391,4 

ming  kishi  mamlakatning  turli  mintaqalaridan  O’zbekistonga  ko’chirilgan  bo’lib,  1971-

1975 yillarda RSFSRdan o’rta hisobda 55,3 ming nafar kishi kelgan

21

. Ular respublikaning 



xohlagan  shaharlarida  ro’yxatdan  o’tishlari  mumkin  va  qisqa  muddat  ichida  uy-joy, 

imtiyozlar  bilan  ta’min  etilardi.  Biroq  respublikaning  chekka  qishloqlari-dan  kelgan 

mahalliy  yoshlarga  shahar  ro’yxatiga  o’tish,  ishga  kirish,  yashash  uchun  joy  topish 

muammo bo’lib, mahalliy millatga mansub ishsizlar soni ortib bordi. Vaziyat murakkab 

bo’lib  turgan  bir  paytda,  mintaqada  minglab  ishsizlar  mavjudligiga  qaramay,  chetdan 

ishchi kuchi olib kelish adolatsiz-lik, tub millatli aholiga nisbatan ishonchsizlik ko’rinishi 

edi. Ishlab chiqarishda mahalliy kadrlar qo’nimsizligi yuqori bo’lib, ularga yetarli shart-

sharoitlar yaratilmaganligi sabab zavod-fabrikalarda ishdan ketish xollari keskin tus oldi. 

SHu alfozda  mahalliy millat vakillarining salmog’i sanoat korxonalarida kamayib bordi. 

Qishloqlarda ishsizlarning katta qismi asosan kichik tomorqalarida ish bilan band bo’ldi. 

1980 yillarga kelib esa mehnatga layoqatli, lekin ishlab chiqarishda band bo’lmaganlarning 

soni 2,5 martaga ortdi. Aynan 1975 yil RSFSRning iqtisodiy rayonlaridan ko’chib kelgan 

aholi  ishlab  chiqarish  ishchilarining  umumiy  miqdorida  respublikaning  ba’zi  shaharlari 

bo’ylab quyidagi ko’rsatkichda: Nukus shahrida-8%, Andijonda-10,5%, Kogonda-21,5%, 

Jizzaxda-17,2%, Qarshida-15,4%, Namanganda-20,5%, Samarqandda-25,6%, Gulistonda-

27,2%,  Farg’onada-18,4%,  Marg’ilonda-18%,  Urganchda-12,4%da  bo’lgan

22

.  Bundan 



ko’rinadiki,  O’zbekistonda  ushbu  millat  vakillarining  geografik  joylashishiga  nazar 

tashlansa,  mahalliy  millat  vakillari  qishloqlarda  ko’proq,  sanoat  markazlarida  kamroq 

joylashgan.  

Ko’chirib  keltirilganlarning  ko’pchilik  qismi  ijtimoiy  ahvoli  bo’yicha  ishchilar 

bo’lgan.  Respublikada  ortiqcha  ishchi  kuchi  mavjud  bo’lgan  sharoitda  ularning 

O’zbekistonga kelishini adolatli xol deb bo’lmasdi. Yana  katta  muammolardan,  mehnat 

resurslari jadal o’sishining ko’proq qismi mahalliy millat aholisi hisobiga to’g’ri kelgan. 

Biroq ma’muriyat tomonidan bu kabi yirik muammolar e’tiborga olinmay, chetdan ishchi 

kuchi  olib  keltirishni  davom  ettirdi.  SHu  bois  mahalliy  aholi  orasida  ishchilar 

tayyorlashning  sifatini  yaxshilash  va  miqdorini  kengaytirish  zarurati  yetilgan  yirik 

muammolardan  bo’lib  qolaverdi.  Amalda  bu  siyosat  mahalliy  aholi  bilan  boshqa  millat 

                                                           

19

 Мулляджонов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 



219. 

20

 O’zbekiston SSR: Sotsializm va xalqlar do’stligining qudratli kuchi. Raqamlar va faktlar // O’zbekiston 



kommunisti. – Toshkent, 0863. - №0z.  – B. 82. 

21

 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 



212. 

22

 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 



215. 


aholisi o’rtasidagi o’ziga xos mehnat taqsimotini belgilab berdi. Mahalliy aholi bandligi 

paxta  yakkaxokimligi  sabab,  qishloq  xo’jaligida  ko’pchilikni  tashkil  etdi.  Ko’chirib 

kelinganlar  asosan  shaharlarda,  avvalo  og’ir  sanoatning  muhim  tarmoqlarida  va  aqliy 

mehnat sohasida,  ya’ni  yaxshi  maosh  to’lanadigan jabhalarda  mehnat qilishdi. Ayni bir 

vaqtda  tuzum  siyosatida  mahalliy  kadrlar  faoliyati  ustidan  doimiy  nazoratning  yangi 

shakllari  yuzaga  keltirilib,  ularning  mustaqil  ishlash  imkoniyatlarini  cheklab  qo’ygandi. 

Amalda bu siyosat mahalliy aholi bilan boshqa millat aholisi o’rtasidagi o’ziga xos mehnat 

taqsimotini  belgilab  berdi.  Mahalliy  aholi  bandligi  paxta  yakkaxokimligi  sabab,  qishloq 

xo’jaligida ko’pchilikni tashkil etdi. Ko’chirib kelinganlar asosan shaharlarda, avvalo og’ir 

sanoatning  muhim  tarmoqlarida  va  aqliy  mehnat  sohasida,  ya’ni  yaxshi  maosh 

to’lanadigan jabhalarda mehnat qilishdi. Ayni bir vaqtda tuzum siyosatida mahalliy kadrlar 

faoliyati  ustidan  doimiy  nazoratning  yangi  shakllari  yuzaga  keltirilib,  ularning  mustaqil 

ishlash imkoniyatlarini cheklab qo’ygandi. Xalq xo’jaligida o’zbeklarning salmog’i 1980 

yillarda umumiy ishchilar salmog’ida 50%, xizmatchilar-18%ni tashkil qildi. Buni boshqa 

respubli-kalar  ko’rsatkichi  bilan  solishtirganda  O’zbekistonda  tub  millatga  mansub 

ishchilar salmog’i kamligi kuzatiladi. Bu ko’rsatkich 1979 yilda olingan aholi ro’yxatiga 

binoan  ruslarda-63%,  31%,  qozoqlarda-64%,  28%,  qirg’izlarda-56%,  20%,  tojiklarda-

55%, 15% ni belgilagan

23

. Bunda tub yerli aholining sanoat ishlab chiqarishda o’sib borishi 



sekinlashganini  ko’rish  mumkin.  Buning  sabablaridan  biri,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  

mahalliy  aholi  salmog’ining  ozligi  bo’lib,  ma’lumotlar  bo’yicha,  mehnatga  layoqatli 

o’zbeklarning  xalq  xo’jaligidagi  hissasi  shu  millatga  mansub  jami  aholining  37,2%  ini 

tashkil  etgan.  Zero,  O’zbekistonda  yashovchi  ruslarning-53,9%,  tatarlarning-52,5%, 

koreyslar-ning-51,1%i xalq xo’jaligida mehnat qilgan

24

. Yana bir muhim tomoni tub yerli 



aholining  tarmoqlar  bo’yicha  notekis    taqsimlanganligidan,  uning  ko’p  qismi  yuqorida 

ta’kidlanganidek,  qishloq  xo’jaligida  band  bo’lgan.  Sanoat  tarmoqlari  kengaygan  sari 

mutaxassislar va ishchilar soni ko’payib bordi. Ularning orasida o’zbek va boshqa mahalliy 

millatlar vakillarining salmog’i ortdi. Biroq shu bilan birga, ko’pgina sanoat korxonalari 

ishga tushirilishi arafasida respublikaga SSSRning markaziy mintaqalaridan mutaxassis va 

ishchilarning olib kelishi keng qo’llanilgan. Umuman sovet davlati hukmronligi yillarida 

mahalliy aholi yirik sanoat ishlab chiqarish jabhalaridan ma’lum darajada begonalashtirilib 

kelindi.  Sanoatlashgan  hududlar  ataylab  mahalliy  aholining  juda  kam  ishtiroki  bilan, 

asosan sobiq ittifoqning markaziy mintaqalaridan ishchilar jalb qilish hisobiga tashkil etildi 

va rivojlantirildi. Masalan, 1989 yilda xalq xo’jaligida band bo’lganlarning soni 5,3 mln. 

kishi  bo’lib,  sanoat  ishlab  chiqarishdagi  o’zbeklarning  salmog’i  atigi  0,7  mln.  kishini 

tashkil etdi

25

.  


Xulosa  o’rnida  xalq  xo’jaligining  tarmoq  strukturasida  respublika  iqtisodiyoti  bir 

tomonlama  kengayib  ketganligini  ko’rish  mumkin.  Ahvol  shunday  bo’lib  qolgandiki, 

qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligi bilan bir qatorda unda o’z mahsuloti bilan asosan 

agrar  sektorni  ta’minlaydigan  tarmoqlar  ustunlik  qildi.  Mintaqa  sanoatining 

nomukammalligi tub yerli aholining ijtimoiy tarkibiga, sanoatning an’anaviy tarmoqlarida 

jamlanishiga  ta’sir  qildi  hamda  fan-texnika  taraqqiyotini  belgilaydigan  tarmoqlarda 

ularning  nihoyatda  kam  bo’lishiga  olib  keldi.  Mahalliy  kadrlar    ko’proq  an’anaviy 

sohalarga,  ya’ni  yengil  sanoat,  oziq-ovqat  kabilarga  jalb  etilgan.  Modomiki,  tub  yerli 

                                                           

23

  Таксанов  А.К.  Перестройка  и  некоторые  проблемы  развитиya  национальных  кадров 



индустриального рабоchего класса. – Таshкент: Фан, 1989. – С. 18. 

24

 Taksanov A. Qishloqda sanoat ishchilar sinfining rivojlanishi // O’zbekiston kommunisti.  – Toshkent, 



1987. -  №7.  – B. 29. 

25

 Итоги Всесоюзной переписи населения 1989 г. Т. IV. –Таshкент:  1990. – С. 42. 




aholini fanga asoslangan ishlab chiqarishlarga ham ko’p miqdorda jalb etilganda, madaniy-

texnik  saviyasini  yanada  o’stirgan  bo’lib,  korxonalarda  malakali  ishchi  kuchlarining 

o’rnini  chetdan  kelgan  kadrlar  bilan  to’ldirmay  mahalliy  kadrlar  ko’proq  jalb  etilsa 

maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi.  Hamda  mahalliy  aholining  mehnat  sharoitini 

takomillashtirish,  ish  joylarni  to’g’ri  yo’naltirish,  ish  haqini  oshirish,  uy-joy,  ijtimoiy 

ahvolini  yaxshilash  kabi  muammolar  aniq  vaqtida  bajarilganda  yashash  sharoiti 

yaxshilangan bo’lar edi. 


Download 415,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish