Mabodo, shu hodisa bundan bir necha oy burun
sodir bolganda qanday zo‘r shodlikka sababchi
bolardi, ammo hozirgi sovuq loqaydligim o‘sha
shodlikka aslo o‘xshamaydi, deb o'ylardi u. Qar-
shisida, stol ustida uning kitobi, uning birin
chi kitobi yotardi, yuragi esa hech voqea sodir
bolmaganday bir me’yorda tepar va hasratdan
boshqa narsani sezmas edi. Endi buning ahami-
yati qolgani yo‘q. Juda nari borganda, bu kitob
uchun pul oladi, xolos, lekin endi unga pulning
nima keragi bor?..
U kitobining bir nusxasini olib, oshxonaga
chiqdi-da, uni Mariyaga hadya qildi.
-
Bu kitobni men yozganman, - deb tushun-
tira boshladi u ayolning hayron bolib turganini
Do'stlaringiz bilan baham: |