Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
Sinf jihozlarini yuqoridagi
meyoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslab daftarga yozing.
56
4
Masalalar va mashqlar
1. Inson egallagan bilimini esdan chiqarmasligi uchun ba’zi mashqlarni bajarishi
lozim:
- Doimo bilganlarini yani egallagan bilimlarini takrorlab turish
- Xotirani kuchaytirish uchun har ertalab 1- kun 5 qator, 2- kun 10 qator, 3-
kun 15 qator, 4- kun 20 qator va hokozo she’r yodlab boorish.
- O’qigan va eshitganlarini ketma-ketligini saqlagan holda o’ziga o’zi
qaytarishi.
2. Maktabda 3- soat dars o’quvchilar dars boshlanganligiga qaramasdan shovqin
qiliyaptilar, dars mavzusiga e’tibor qaratmayaptilar va o’quvchilarni ba’zilari
e’tiborsiz jim o’tiribdi, ba’zilari gaplashib o’tiribdi, ba’zilari esa shovqin qilib
o’tiribdi shunda o’qituvchi sifatida siz qanday chora tadbir ko’rasiz.
3. Antropometriya yani jismoniy rivojlanishni tekshirish usullari qanday amalga
oshiriladi:
- Tana vaznini o’lchash
- Bo’y uzunligini o’lchash
- Bosh miya va ko’krak qafasi aylanasini o’lchash
4. Yoshlik davrlari necha davrni o’z ichiga oladi va qo’yidagi izoh berilgan davr
bolaning qaysi davriga to’g’ri keladi: Bu davrda bolaning atrofdagi narsa va
hodisalarni idrok etish qobiliyati ortadi, miya po’stlog’ida juda ko’p yangi
shartli bog’lanishlar vujudga kela boshlaydi. Suyak, muskul sistemasi, yurak-
qon tomir sistemasi takomillashadi.
5. Yangi tug’ilgan chaqaloqni qattiq tovush chiqarib yoki svet yorug’ligi
yordamida bosh miya yarimsharlari funksiyasini qanday tekshirish mumkin,
bunda bola qanday javob reaksiyasi qaytaradi?
6. O’quvchi Ahmedov U. 8 yoshda yoshligidan qulog’i yaxshi eshitmaydi, bu
holatini u sir tutadi, lekin suhbat qurganingizda savollaringizga noto’g’ri javob
qaytaradi. Bu bolani ahvoliga qanday baho berasiz va o’qituvchi sifatida qanday
chora tadbirlarni amalgam oshirasiz?
7. Maktab yoshidagi bolalar kitobni egilib o’qishi, yotib o’qishi va yetarli
yorug’lik bo’lmaganda o’qishi natijasida qanday kasallik kelib chiqadi? Bunday
holat yuz berganda siz o’qituvchi sifatida qanday chora ko’rasiz?
8. Nerv tizimini faoliyatini holatini tekshirish uchun nomerlab qo’yilgan
to’rtburchaklarga nuqtalar qo’yib tekshirishni qanday amalga oshirish mumkin
va nima aniqlanadi?
9. Qog’ozga yozilgan tartibsiz sonlarni joy-joyiga qo’yish bilan insonlarning faol
diqqatini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
10. Hayotiy ko’rsatkichlarni kattalarda va bolalarda yoshga qarab o’zgarishini va
anatomik- fiziologik xususiyatlarini izohlab bering.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |