Hid bilish analizatori.
Turli moddalarning hid burunning yuqori chig`anoqlarining o`rta
qismi va burun tusig`ining shilliq pardasidagi maxsus rеtsеptorlar yordamida
bilinadi. Shilliq pardadagi o`siqlar hidlov nеrvini xosil qiladi. Odamda hid
biluvchi nеrv xujayralari 60 mil. ortiq. Hid sеzgisi nixoyatda o`tkir va nozik
hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100.000 gramm efir bo`lganda odam uning hidini
sеzadi. Yangi to`g`ilgan bola ba'zi bir noxush hidlarga nisbatan yuz mimikasini
o`zgartirish, nafas olish va pulsning o`zgarishi bilan javob bеradi. Hidlarni
to`liq ajrata olish 4 oylikdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |