Xusuiyat obyektni tavsiflaydi, metod obyektni biror amal bajarishga
undaydi, hodisa – obyekt bilan yuz beradi.
Loyihalanayotgan ilovada hodisa foydalanuvchi amallari natijasida yuzaga
keladi. Masalan, foydalanuvchi sichqoncha yoki klaviatura tugmasini bosganida,
dasturni ishga tushirganida va sh.k. Ko’pincha, obyektning ekran chegarasigacha
bo’lgan masofa xususiyatini o’zgartiruvchi Move- obyekt (tugma, forma)ni
ko’chirish metodi ishlatiladi.
Obyektlar o’xshash bo’lsa-da xususiyatlarning qiymatlari bilan farqlanishi
mumkin. Bunday holda dasturda sinf deb ataluchi yangi obyekt turi yaratiladi.
Ushbu sinfga kiruvchi alohida obyekt sinf ekzemplyari deb ataladi.
Sinf – qo’llaniladigan qayta sihlash metodlari yoki xususiyatlarni
umumiyligini xarakterlovchi obyektlar to’plamidir.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash – yagona loyiha (dastur)ni obyektlar
to’plamidan iborat ko’rinishda tashkil etuvchi tizim qurishni nazarda tutuvchi
yo’naltirilgan dasturlashdir. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash obyektlarning
sinflarini ajratishga asoslangan holda loyihalashni koz’da tutadigan yo’naltirilgan
yondashuv.
Dasturlarda
obyektlarni
yaratish
imkoniyatining
paydo
bo’lishi
dasturchilarning mehnati samaradorligi sifatiga ta’sir qildi. Dasturda millionlab
satrlarni o’zida jamlovchi yaratilgan obyektlarni boshqa dasturlarda ham
foydalanish imkoni tug’ildi.
Algoritmni ifodalash uchun dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar
qo‘llaniladi. Buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir
ma’noli va EHM tushuna oladigan ko‘rinishda tavsiflanishi zarur. Uning
tarkibida cheklangan sonlarga sintaksis konstruksiyalar to‘plami bor bo‘lib, u
bilan algoritm yaratuvchi tanish bo‘lishi kerak. Ana shu konstruksiyalardan
foydalanish buyruq va ko‘rsatmalar forma ifodalarga ega bo‘lishi kerak.
Zamonaviy dasturlash tillari EHMning ichki mashina tilidan keskin farq
qiladi va EHM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash
tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan
foydalaniladi. Dasturni translyasiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga
ajraladi. Avval barcha dastur translyatsiya qilinib, so‘ngra bajarish uslubida
ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deb ataladi. Dastlabki tilning har bir
operatorining o‘zgartirish va bajarilishini ketma-ket amalga oshiradigan
translyatorlar interpretatorlar deb ataladi. Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar
majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo‘llash qoidalarini o‘z
ichiga oladi. Dasturlash tillari bir-biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi
(ma’no va mazmun) bilan farq qiladi.
Alifbo-tilda qo‘llaniladigan ko‘plab turli ramziy belgilar, harflar, raqamlar,
maxsus belgilardir. Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog‘lanish
qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmunini ifodalaydi.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo‘yicha sinflash
mumkin. Dasturlash tilining EHMga bog‘liqlik darajasi bo‘yicha sinflash eng
muhim hisoblanadi.
Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog‘liq va
mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tillarga bo‘linadi.
Mashinaga bog‘liq tillar, o‘z navbatida mashina tillari va mashinaga
mo‘ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til
darajasi tushunchasi qo‘llaniladi. mashina tili 0-daraja deb qabul qilingan bo‘lib,
sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb
qaraladi. Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tillar ham ikkiga bo‘linadi:
Birinchisi protseduraga mo‘ljallangan tillar bo‘lsa, ikkinchisi- muommoga
mo‘ljallangan tillar.
Protseduraga mo‘ljallangan tillar turli masalalarni echish algoritmlarini
(protseduralarini) tavsiflashga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular ko‘pincha
oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi.
Ushbu tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini to‘la hisobga oladi va
EHMning turiga deyarli bog‘liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga
qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingiliz tiliga yaqinroq.
Protseduraga mo‘ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari,
algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo‘lgan mutaxassislar
foydalanadilar. Bunda ulardan EHMning tuzilishini mumkammal bilish talab
qilinmaydi.
Muammoga mo‘ljallangan tillar EHMda masala echish usullari bilan tanish
bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani
ta’riflashi, boshlang‘ich ma’lumotni berishi va natijani chiqarishni talab qilingan
ko‘rinishini aytishi kifoya. Oxirgi bayon qilingan ya’ni muommoga
mo‘ljallangan tillar Visual dasturlash muhiti tillari deyiladi.
Visual dasturlash muhiti bu-dasturchi dastur tuzayotgan paytda dasturning
ko‘rinishi va natijasini oldindan o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olish va uni o‘z
maqsadalariga muvofiq holda boshqarib borish imkoniyati bor bo‘lgan dasturlash
muhitidir.
Visual dasturlash muhiti sharofati bilan siz obyekt bilan ko‘z oldingizda va
natijasini oldindan bilgan holda ishlashingiz mumkin.
Topshiriq. Biror visual dasturlash muhitida (masalan, VBA) biror
obyektning (masalan tugma, Command Button) metod, xususiyat va hodisalari
bilan tanishing. Xususiyati qiymatlarini o’zgartirib ko’ring. Har bir xususiyatning
vazifasini bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |