Buxoro davlat universiteti «Psixologiya» kafedrasi


Рахмонова Д.Б. Бошкарув психологияси.Маъруза матни.2010/11 укув йили



Download 3,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana19.08.2021
Hajmi3,52 Mb.
#151913
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
12.Бошкарув психологияси

Рахмонова Д.Б. Бошкарув психологияси.Маъруза матни.2010/11 укув йили 

 

55 



nimadaligini,  suhbatdoshi  qandaydir  boshqacha  ekanligini  his  qilayotganliklarini 

ko’rsata boshlashadi. Bu usulni qo’llovchilar o’z his tuyg’ulariga yo’l berishmaydi 

va suhbatdoshiga ham o’z his tuyg’ularini namoyon qilishga imkon berishmaydi.  

J)  qopqon  qo’yish-  Bunday    odam    suhbatdoshini  o’ziga    qulay,    ma’qul  

yo’ldan  borishga majbur qiladi. Masalan, u suhbatdoshiga "Keling ochiq gaplashib 

olaylik"-deb  taklif  qilib,  u  ochiq  gapirishga  o’tishi  bilan  unga  tanqid  bilan  hujum 

qiladi.  

3)  muammoga  tegib  o’tish-Bunday  odamlar  hech  qachon  yuraklarini  to’kib 

solishmaydi,  bo’lib  o’tayotgan  xodisaga  o’z  munosabatlarini  bildirishmaydi. 

Moliyaviy  ahvol  borasida  o’z  bezovtaliklarini  tan  olish  o’rniga,  ular  soddalarcha 

"Bu  qanchaga  tushadi"-  deb  so’raydilar.  Ular  muammoga  yaqinlashadilar,  xolos, 

hech qachon uning mohiyatiga kirib ko’rmaydilar. 

 I)  emotsiyalarni  yig’ib  borish-"Kollektsiyachi"  o’z  noroziligini  hech  qachon 

o’sha 


zahoti 

bildirmaydi. 

Buning  o’rniga  u  o’z.ginasini  to’lib  toshib  ketguncha  to’plab  boraveradi. 

Keyin  u    o’z    g’azabini  hech    narsani    kutmagan,    sarosimaga  tushib    qolgan? 

qurboniga 

sochadi. 

      K)  kundalik  zolim-  "Tiran"  zolimlar  o’z  ginalarini  hech  qachon  aytishmaydi. 

Buning  o’rniga  ular  atrofdagilarning  g’ashiga  tegadigan  ishlarni  qila  boshlaydilar: 

rakovinada  yuvilmagan  idishlarni  qoldirishadi,  o’rinda  yotib  non  yeyishadi,  stolga 

yuvuqsiz o’tirishadi, televizorni bor ovozicha qo’yishadi vahokazo.        L) mazah 

qilish-"Mazaxchi"  muammoning  yuziga  tik  qarashdan  qo’rqadi,  suhbatdoshi  ish 

bo’yicha  jiddiy  gapira  boshlashi  bilan,  u  mazax  qila  boshlaydi.  U  o’ziga  ham 

suhbatdoshiga ham muammoga jiddiy munosabatda bo’lishga imkon bermaydi.  

M)  qonunsiz  jang-Har  bir  odamda  boshqalar  bilan  muhokama  qilishni 

istamaydigan  biron  bir  xususiyat  bo’ladi.  Bu  jismoniy  sifat,  ruhiy  kechinma, 

o’tmishdagi  baxtsizlik  yoki  o’zida  qutulishga  kuch  topolmayotgan  chuqur  ildiz 

otgan  odat-umuman  birov  bilan  muhokama  qilish  noxush  bo’lgan  hamma  narsa 

bo’lishi mumkin.   Mulokotning  qoidasiz  jang  usulini  qo’llovchilar  ainan   ana 

shunday intim detallardan foydalanib, suhbatdoshining dilini og’ritishga intilishadi.   

Odatda   bunday   odamlar   qasd   olish   maqsadida   shunday qilishadi.  

N)  ayblash-"Ayblovchi"  vujudga  kelgan  vaziyatdan  chiqish  yo’lini  izlash 

o’rniga,  bo’lib  o’tgan  voqeada  faqat  suhbatdoshini  ayblashni  xohlaydi. 

Bundaylarning  o’zlarini  hech  qachon  aybdor  deb  hisoblamasliklarini  gapirib 

o’tirmasa  ham  bo’ladi.  Bunday  xulq  muammoni  yechishga  yordam  bermaydi, 

suhbatdoshni o’zini himoya qilishga majbur qiladi, xolos.  

O)  kelishuv  bo’yicha  zolimlik-"Kelishuv  bo’yicha  zolimlar"  o’rnatilgan 

tartibni  o’zgartirishga  hech  qachon  yo’l  qo’yishmaydi.  Rol  va  majburiyatlar  bir 

marta  taqsimlandimi,  tamom,  endi  ular  hech  qachon  o’zgarmaydi.  "Bolaga  qarash, 

idish yuvish va x.z. -seningishing". 

P)  mavzudan  qochish-  Ba’zi  odamlar  tortishuv  paytida  mavzuga  umuman 

aloqasi  yo’q  narsalar  haqida  eslab  qolishadi:  o’tgan  yangi  yilda  o’zingizni  yomon 

tutganligingiz,  pul  ishlatishni  bilmasligingiz,  tishingizni  vaqtida  yuvmasligingiz  -

qisqasi, ishga umuman aloqasi yo’q narsalarni gapira boshlashadi. 




Download 3,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish