Ishbilarmon odam qanday ko’rinishi kerak?
Salobatli va o’ziga ishongan, ishchan va jozibali, insofli, ishonchga sazovor,
bashanglik va bejirimlikka da’vogarlikdan holi bo’lmagan. Tavsiya qilinayotgan
kiyimlar varianti universal bo’lib, u modalar jurnallarini hisobga olmagan holda,
kiyimning ish muvaffaqiyatiga ta’sirini ommaviy o’rganish asosida ishlab chiqilgan.
Kiyim elementlarining mutanosibligi xar doim uning rangi. liniyasi. fakturasi
va stilini hisobga olishi zarur. Liniya kuylak, pidjak va galstukdagi yo’llarning
umumiy yo’nalishidir. Kostyumda u yoki yo’l-yo’l chiziq yoki kataklar shaklida
bo’lsa, galstukda yoki mavhum rasm yoki yo’l-yo’l chiziqning vertikal, gorizontal
yoki diagonal yo’nalishi shaklida bo’ladi. Yo’nalishning bunday turli ko’rinishi
ko’ylakda ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |