Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Ta'lim sotsiologisining o‘rni va predmeti



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana19.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#151867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

1.Ta'lim sotsiologisining o‘rni va predmeti 
 
Jamiyat taraqqiyoti va yashash faoliyati uchun  bugungi kunda ta'lim 
institutining  alohida,  mustasno  o‘rni  va  ahamiyating  to‘la  isbotlab 
o‘tirishning keragi bo‘lmasa kerak. Sog‘liqni saqlash institutlari qatorida u 
jamiyat hayotining barcha tomonlariga  bevosita va  eng jiddiy tarzda ta'sir 
ko‘rsatadi,  uning  ilmiy,  texnologik,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  ma'naviy-
ahloqiy  va  boshqa  holatlarini  aniqlaydi.  Bugungi  kunda  har  qadamda 
yuqori va sifatli bilimga ega bo‘lmasdan turib, jamiyat munosib kelajakka 
erisha  olmaydi  deb  tan  olinmoqda.  Shu  bilan  birga  zamonaviy  fan, 
madaniyat  va  informatika  sohasida  erishilgan  katta  imkoniyatlar  bilan 
ularni  jamiyat  hayotiga  tadbiq  qilish  o‘rtasidagi  katta  uzilish  faqatgina 
alohida bir davlatda emas, balki butun jahon miqyosida ham ta'lim sifati va 
darajasini  oshirish  va  kengaytirnsh  asosida  bartaraf  qilinnshi  mumkin. 
Ta’lim  —  shaxsning  yashash  faoliyati  va  ijtimoiylashtirishning  turli 
tabaqalari  rivojlanishi  va  shakllanishida  hammadan  ham  boshlang‘ich  va 
shu  sababdan  zarur  bo‘lgan  asosiy  omildir.  Shaxsning  ijtimoiy  statusini 
aniqlashda,  jamiyat  ijtimoiy  tuzilishini  takror  ishlab  chiqarish  va 


 
118 
rivojlanishida,  ijtimoiy  tartib  va  barqarorlikni  qo‘llab-quvvatlashda, 
ijtimoiy  nazoratni  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etish  unga 
xosdir.  Ta'lim  sotsiologiyasi  ob'ekti  bo‘lib,  ta'lim  tizimi  ijtimoiy  institut 
sifatida  olingan  butun  bir  jamiyatda  va  shu  jamiyat  hayotidagi  sohalar  va 
boshqa  ijtimoiy  institutlar  bilan  o‘zaro  harakati  va  o‘zaro  aloqasi 
hisoblanadi.  U  ta'lim  tizimini  uning  taraqqiyotida,  faol  ko‘rsatishida, 
tuzilishida, tashkil topishida va rivojlanishida ko‘rib chiqadi. E. Derkgeym 
ta'limning  asosiy  faoilyatini  yuqori  saviyadagi  ustun  madaniyat 
boyliklarini berishda deb ko‘rgan. Amerikalik sotsiolog N.Smelzer ta'limni 
institutsional(formal) jarayon, ya'ni uning asosida jamiyat butun boyliklari, 
bilimlari  va  mohirliklari  bir  insondan,  guruhlardan,  uyushmalardai 
boshqalarga  berilishi  sifatida  aniqlaydi.  Formal,  institutsional  ta'lim—bu 
maktablar,  texnikumlar,  oliy  o‘quv  yurtlari,  kurslar  va  malaka  oshirish 
institutlari  va  boshqalar,  ularda  ta'lim  berish  u  yoki  bu  darajada  jamiyat 
tomonidan undagi ustun madaniy standartlar ijtimoiy-siyosiy yo‘l-yo‘riqlar 
va  ideallar  asosida  rasmiy  boshqariladi.  Formal  bo‘lmagan  ta'lim  bugungi 
kunda shubhasiz, anchagina kam, yordamchi, tobe  rol 
o‘ynashi, formal 
bo‘lmagan,  institutsionllashtirilmagan,  tizimlashtirilmagan,  tartibsiz  ta'lim 
berish  bilan  atrofdagi  ijtimoiy  muhit  bilan  muloqat  davomida  (masalan, 
tengdoshlari, kasbdoshlari va boshqalar) yoki individual asosda boyliklarni 
va  bilimlarni  egallashi  (masalan,  ommaviy  axborot  vositalarining  shaxsga 
ta'siri natijasida) bilan bog‘liqdir. 
Ta'lim o‘zgacha bir ijtimoiy institut sifatida doim mavjud bo‘lmagan. 
U yangi avlod tomonidan bilim va tajribalarni egallash ishlab chiqarish va 
ijtimoiy  jarayonlarga  qo‘shilib  ketgan  va  maktablar,  o‘qituvchnlar  va 
boshqalar  butunlay  yo‘q  bo‘lgan  ibtidoiy  primitiv  jamiyatda  bo‘lmagan. 
Ta'lim  institutining  alohida  ajralishi  industriallashtirilgan  jamiyatgacha 
mehnat  ijtimoiy  taqsimoti  chuqurlashuvi  va  kengayishi  asosida,  tabaqa 
tengsizligi  rivojlanishi  va  davlat  tizimi  jamiyatning  imtiyozi  qatlamlari 
vakillarini  maxsus  tayyorgarlik  bilan  ta'minlash  maqsadida  boshlanadi. 
Odamlarning qolgan qismi kerakli qadriyatlar va bilimlarni oilada va ishlab 
chiqarish  ta'limi  jarayonida  o‘zlashtirganlar  (o‘quvchilar,  shogirdlar  va 
boshqalar).  O‘rta  asr  Evropasida  diniy  maktablar  va  boshlang‘ich 
universitetlar  paydo  bo‘la  boshladi,  ularda  faqat  juda  kamchiliknn  tashkil 
qiluvchi  boy  va  yuqori  tabaqalardagilar  o‘qishi  mumknn  bo‘lgan.  Faqat 
Ulug‘  Fransuz  inqilobidan  keyingina  haqiqiy  ta'lim  inqilobi  sodir  bo‘ldi, 
holbuki  ilg‘or  mamlakatlarda  alohida  elitar  bo‘lishdan  to‘xtagan  va 
ommaviy,  demokratik,  hammabop  xarakterga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  ta'lim 
institutlari tuzilmoqda va tasdiqlanmoqda. Ta'lim tizimining tengsiz yanada 


 
119 
yuqori darajasi va ulkan quloch yoyishi XX asrda qo‘lga kiritildi, ayniqsa, 
uning  ikkinchi  yarmida,  qachon  kim  ilmiy-texnikaviy  inqilob  va 
zamonaviy sanoat ishlab chiqarishning talablari ta'sirida malakali kadrlarga 
umumiy ehtiyoj keskin o‘sdi. Bu davrda madaniyat jiddiy ravishda o‘sdi va 
insonlarning  hayot  tarzi  ham  o‘zgardi,  nafaqat  boshlang‘ich  va  to‘liq 
bo‘lmagan  o‘rta,  balki  to‘liq  o‘rta  ta'lim  ko‘plab  mamlakatlarda  ommaviy 
va  majburiy  bo‘la  boshladi,  oliy  ta'lim  va  O‘rta  maxsus  ta'lim  keskin 
kengaydi  va  hokazo.  Bejizmaski,  60-yillardagi  chuqur  madaniy-ta'lim 
islohatlari  qariyb  barcha  dunyodagi  industrial  mamlakatlarni  qoplab  oldi. 
Hozirgi  zamon  ilg‘or  industrial  davlatlarning  ta'lim  tizimi  —  shaxsni 
sotsializatsiyalashda,  uning  u  yoki  bu  ijtimoiy  statusni  olishga 
tayyorgarlikda 
va 
ijtimoiy 
tizimlarni 
mukammallashtirishda, 
integratsiyasida va barqarorlashuvida mos muhim rolni bajaruvchi jamiyat 
a'zolari  bilimlari  va  mahoratlarini  uzluksiz  takomillashtiruvchi  juda  keng 
va  yuqori  rivojlangan  differentsiyallangan  ko‘p  darajali  ijtimoiy  tizim 
(jamiyatning  kichik  tizimi)  dir.  Ta'lim  sotsiologiyasi  —  u  ta'lim  tizimini 
yanada kengroq ijtimoiy tiznmlarni kichik tizimlar sifatida va uning boshqa 
kichik  tizimlar  va  butun  bir  jamiyat  bilan  o‘zaro  nisbati  va  o‘zaro 
harakatini  o‘rganuvchi  sotsiologiya  sohasidir;  bu  ta'lim  ijtimoiy 
tamoyillarini  ta'lim  tizimlarining  o‘zaro  harakati  qonuniyatlarini  ijtimoiy 
institut  va  jamiyat,  ijtimoiy  guruhlar  va  shaxslar  bo‘lgan  ijtimoiy 
tashkilotlar  sifatida  o‘rganuvchi  fandir.  Bu  erda  ta'lim  sotsiologiyasining 
ta'lim  tizimini  o‘rganishga  yondashishi  bilan  pedagogikaning  yondashishi 
o‘rtasidagi  farq  aniq,  ravshan.  Pedagogika  avvalo  pedagogika  faoliyati 
ta'lim jarayonlarining ichki hususiyatlari va qonuniyatlarni, uning didaktik 
asoslarini  bevosita  o‘rgangan  bir  paytda  ta'lim  sotsiologiyasi  —  ularning 
yanada  kengroq  ijtimoiy  asoslarini,  ijtimoiy  tizimlar  va  ta'lim  kichik 
tizimlari 
hususiyatlari 
va 
qonuniyatlarini 
o‘rganadi.  Bu  ta'lim 
sotsiologiyasi  shug‘ullanuvchi ushbu  muammo  mazmunini  tahlil  kilish  va 
aniqlashda aniq ko‘rinib turibdi.  
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish