2. IQTISODIY SOTSIOLOGIYA
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o‘rtalarida AQShda
fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo‘lsa,
endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan
ko‘pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug‘ullanadilar. hozirgi davrda bu
fan ham G‘arbda, ham Sharqda sotsiologik bilim taraqqiyotining markaziy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sotsiologiyaning sobiq SSSR
parchalanishi natijasida shakllangan yosh mustaqil davlatlar uchun,
ularning ananaviy siyosiy iqtisodga asoslangan. O‘z mentalitetlarini tubdan
o‘zgartirishlari uchun nihoyatda zarurligi haqidagi fikr va mulohazalar
hech bir shubha uyg‘otmasa kerak. Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiyo
davlatlari, ayniqsa O’zbekistan ko’plab iqtisodchilar, sotsiologlar,
siyosatshunoslar va jurnalistlar e'tiborini kun sayin o‘ziga ko‘proq
qaratayapti. O‘zbekistonga «barqarorlik oroli» sifatida qaralib, u haqida
fanlar bildirish diapazoni anchagina kengdir: lol qolib maqtashlardan
tortib, to keskin tanqidlargacha.
Shu bilan birgalikda bu makonda bo‘layottan jarayonlarni tushunish
uchun nafaqat O‘zbekistonning bozor munosabatlarga o‘tishdagi iqtisodiy
siyosati mohiyatini tushunishlik, balki individual va ijtimoiy ongning
Sharqnint bu mamlakatdagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham chuqur
bilimlar talab qilinadi. Zero O‘zbekiston respublikasi prezidenti
ta'kidlaganidek: «Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz
respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-
odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi
iqtisodiyotni biryoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga
barham berishga asoslandi».
Islohatlarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlik uchun aynan
shu nuqtai nazardan qaraganimizda, iqtisodiy sotsiologiyaning o‘rnini
108
betakrorligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning predmeti
mohiyatini bilishlik uchun esa uning shakllanishini tariqqiy shart-
sharoitlariga murojaat qilish kerak.
Xuddi shu sabablar tufayli bundan buyon boshqaruv sohasida asosiy
e'tiborni psixologik va intellektual imkoniyatlarni ishga solishlik tomoniga
qaratishlik jiddiy ma'no kasb etadi. Aynan shu davrda sotsiologiyadagi
ko‘pgina tarmoq yo‘nalishlar — industrial sotsiologiya, muassasalar
sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi va boshqalar paydo bo‘la boshladi.
Boshqaruvlar yirik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan «insonlar
munosabatlari», «intizomli xulq-atvor» konsepsiyalarini sinashlikni amalga
oshirdilar. Boshqaruvni kompyuterlashtirish usuli, modellashtirish va
miqdoriy tahlil qilishlikning turli metodlari yordamida ishlab chiqarish
sur'atini oshirishga harakatlar qilindi. XX asrning ikkinchi yarmida mehnat
sohalaridagi
yuksalish
tufayli
boshqaruv
muammalari
yanada
murakkablashdi.
Korporatsiyalarning
bozorni
o‘zgaruvchanligi,
iqtisodning u mumiy holatiga bog‘liqligi darajasi keskin ravishda oshib
ketdi. Bularning hammasi sotsial ziddiyatlarning keskinlashuvini keltirib
chiqardi va tadqiqotchi olimlar oldiga mehnat resurelarini boshqarishlikni
yangi yo‘nalishlarini izlab topish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi. Ushbu
shart-sharoitlar ob'ektiv ravishda iqtisodiy sotsiologiyaning vujudga
kelishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa bu
fanning paydo bo‘lishiga ham iqtisod, ham sotsiologiya fanlarining
taraqqiyoti yetarli darajada asos yaratdi. Ishchilarning qadriyatli
orientirlari, motivlari va xulq-atvorlari faqatgina iqdisoddagi o‘zgarishlar
ta'siri osgida emas yakka madaniy muhit tufayli ham shakllanadi.
Asrimizning 60-yillarida rivojlangan G’arb davlatlarida iqtisod fanining
ijtimoiylashuv tendensiyasi yanada kuchaydi va natijada iqtisodiy
sotsiologiyaning imkoniyatlari ham ortib bordi. Shu bilan birgalikda
nazariya sotsiologiyada shunday sotsiologik tushuncha va kategoriyalar
ishlab chiqildiki, ular iqtisodiy sotsiologiyaning kategorial apparatining
shakllanishiga asos bo‘ldi Bu kategorial apparat iqtisodchi sotsiologlarga
iqtisoddagi mavjud va hali ham o‘rganilmagan sotsial aloqalarni tadqiq
qilishliklariga keng yo‘l ochib berdi. Shu bilan bir qatorda muassasalar,
ishlab chiqarish jamoalari, kasblar, bandlik, stratifikatsiya, boshqaruv va
boshqa muhim masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyadagi maxsus
yo‘nalishlar ham rivojlanib bordi. G’arb iqtisodiy sotsiologiyani aniq
chegaralar asosida rivojlanayotgan yagona ilmiy yo‘nalish sifatida emas,
balki jamiyat, yoxud alohida davlat taraqqiyotining u yoki bu davrdagi
dolzarb muammolarni o‘rganadigan o‘ziga xos bir ilmiy harakatdir. Ushbu
109
harakat «Iqtisod va jamiyat» nomiga sazovor bo‘ldi. Amerikalik sotsiolog
Dj. Smelzer o‘zining «Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi» maqolasida shunday
zo‘r tayassurot qoldiradigan manzarani chizib berdiki, unda iqtisodiy
sotsiologiya «yo‘rgak»dagi xolatida qanday ulg‘ayganligi va iqtisodiy
turmushning borgan sari yangi tomonlarini qamrab olishligi juda ta'sirli
qilib tasvirlangan. (Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress, 1972, s. 200.
Buning natijasida esa iqtisodiy sotsiologiyaning yutuqlarini yorqin timsoli
namoyon bo‘ldi. Bu hol esa «haqiqiy» iqtisodchida sotsiologiya
iqtisodchilarining haq-huquqlariga tanovvuz qilmasmikin degan savol
tug‘dirishi mumkin.
Smelzerning ta'kidlashicha iqtisodchilar va sotsiologlar iqtisodiy
hayot haqida bir-birlaridan farq qiladigan savollarga javob izlaydilar.
Bunda sotsiologlar muammoga kengroq iqtisodchilar esa tor ma'noda
yondashadilar.
Iqtisodiy sotsiologiyaning darg‘alari va bu yo‘nalishda o‘z
tadqiqotlarini olib borayotgan olimlar va bu fan uchun nazariy asoslar
yetishmayotganligini e’tirof etmoqdalar. Ma'lumki G‘arbda e'tibor amaliy
tadqiqotlarga ko‘proq. qaratiladi. Ushbu masala bo‘yicha Dj. Smelzer
quyidagicha fikr yuritadi: «Marks va Veber tomonidan qo’yilgan va
hayratomuz kuchga ega bo‘lgan vazifalar iqtisodiy va siyosiy omillarning
o‘zaro ta'siriga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda hozir ham asosiy rolni
bajarayapti.
Bular
shunday
vazifalarki,
ular
muassasalardagi
boshqaruvning sermahsulligi, turli maifaatni ko‘zlovchi iqtisodiy
guruhlarning o‘zaro kurashlariga asos bo‘lishi, iqtisodiy sistemaning
siyosiy
sistema
ustidan
hukmron
qilishlikni
ta'minlaydilar».
«Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress», 1972, str. 200.
Bu ikki ensiklopedist mutafakkirlarining xizmatlarini yuqori baholab
Dj. Smelzer o‘z fikrlarini rivojlantirib boradi: «Marks va Veber ko‘tarib
chiqqan muammolar madaniyat va iqtisodiy faoliyatning o‘zaro aloqalariga
bag‘ishlangan hozirgi zamon tadqiqotlarining diqqat markazida turibdi.
Ayniqsa shunday muammolar Madaniy belgilar iqtisodiy faoliyat orqali
belgilanishi mumkinmi; bu savollar iqtisodiy faoliyatga mustaqil ta'sir
ko‘rsatishi mumkinmi yoki bu yerda gap o‘zaro harakat haqida
ketayaptimi. «Amerikanskaya sotsiologiya», M. Progress. 202 str.G’arb
iqtisodiy sotsiologiyasiga pozitsiyasini qisqacha ta'rifi ana shulardan
iboratdir. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy sotsiologiya muammolarini o‘rganishlik
80-yillardan boshlandi. Bir guruh. Novosibirsklik iqtisodchilar va
sotsiologlar 70-80 - yillar o‘rtasida mamlakatda paydo bo‘lgan krizis
holatning sotsial-iqtisodiy sabablarini aniqlashga kirishdilar. Ma'lumotlarni
110
tahlil qilishlik esa olimlardan iqtisod rivojining sotsial regulyatorlarini,
ya'ni uning sotsial mexanizmlarini o‘rganishlikni taqozo etdi. Bu esa o‘z
navbatida boshqa muammolarni keltirib chiqardi, xususan, aholining turli
sotsial
guruhlarining
ho‘jalik
yuritishning
yangicha
shakllariga
munosabati, ularning yangi sharoitlarda ishlashga tayyorligi shular
jumlasidandir.Yangi muammolar esa o‘zining echimi uchun iqtisodiy va
sotsiologik tushunchalar «tutish» ligiga asoslangan yangi metodologiyani
talab qila boshladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning metodologiyasini ishlab
chiqishlik jarayoni hozir davom etayapti. Iqtisod va sotsiologiyaning
tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar O‘zbekistonlik olimlarning
ham e'tiborini o‘ziga tortayapti. Ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tishning
sotsial oqibatlari va bunda davlatning roli, axborotlar, kabi muammolari,
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari
kabi dolzarb muammolar bugungi kunda iqtisodiy sotsiologiyaning
fundamental muammolari hisoblanadi.
Qadimdan Sharq o‘zining xususiyatlari bilan: avloddan avlodga o‘tib
kelayotgan o‘ziga xos bo‘lgan urf-odatlarga, normalarga, marosimlarga
egaligi bilan mashhurdir. Bu erda muammo konservatizm va potriarxallik
negizlarida emas, albatta ular mavjuddirlar, balki shoshma-shosharlik,
behuda harakatlarga toqat qilmaslik, xokimiyat vakillari va oqsoqollarga
chuqur hurmat asosida munosabatda bo‘lishlik sharq kishisining
mentaliteti, ya'ni tafakkur tarzining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatidadir.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh davlat oldida jamiyatni isloh
qilishlik uchun 2 ta yo‘nalish mavjud edi: birinchisi «shok terapiya»si
bo‘lib u bozor islohatlarining jarayonlarini sun'iy jadallashtirishga
asoslanadn; ikkinchisi esa mo‘'tadillik asosida islohatlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirishni nazarda tutadi. "O‘zbekistonning o‘z bozor
munosabatlariga o‘gishning o‘z modeli aynan ushbu ikkinchi yo‘nalish
asosida yaratilayapti. Bu modeliing mohiyati shundan iboratki, unda milliy
xususiyat determinantlik xususiyatiga egadir. Iqtisodiy sotsiologiyaga
ma'lum bir ta'rifni berishdan ilgari iqtisodiy va sotsial sohalarning
sharhlanishini aniqlab olish lozim. Sotsial sohaning eng keng tarqalgan
sharti quyidagicha: Sotsial soha ijtimoiy hayotning shunday sohasiki, unda
insonni ham ishlab chiqarish kuch sifatida, ham shaxs sifatidagi keng
takror ishlab chiqishlik yuz beradi. Bunday sohaga odatda ishlab
chiqarishlik, oila, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash madaniyati taalluqli
hisoblanadi. Iqtisodiy soha deb odatda insonlar turmush faoliyatlari uchun
zarur hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirbosh va iste'mol uchun
mas'uliyatli bo‘lgan jamiyatning yaxlit tushinchasi tushuniladi. Iqtisodiy
111
soha jamiyatning yaxlit struktur-funktsional tizimchasi sifatida siyosat,
ta'lim, kommunikatsiya va boshqa faoliyat sohalari bilan aktiv o‘zaro
harakatda bo‘ladi. Sotsial soha esa o‘z holicha bunday tizimchani tashkil
qilmaydi va shuning uchun iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalar bilan bir
xilda tadqiq, qilinmaydi. Uni bu sohalar bilan o‘zaro munosabati
o‘zgachadir. Bu munosabatni tushunishlik uchun esa avvalambor «sotsial
munosabatlar tushunchasini sotsial sohaning bosh mezoni sifatidagi
ahamiyatini anglab etish lozim. Soiial munosabatlar 2 xil ma'noda talqin
qilinadi: keng va tor ma'noda. Keng ma'noda bu munosabatlar turli xil
sotsial jamoalar (korxonalar jamoasi, turli mintaqa aholisi va h.e.)
o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Tor ma'noda esa bu jamiyatda turli
mavqega ega bo‘lgan sotsial tabaqa va guruhlar o‘rtasidagi munosabatdir.
Sotsial munosabatlarning sterjeni bo‘lib kishilarning va guruhlarning
jamiyatdagi egallab turgan mavqelari bo‘yicha tenglik va notenglik
munosabatlari namoyon bo‘ladi. Sotsial munosabatlar kamida ham
iqtisodiy, ham siyosiy munosabatlarda «ishtirok qiladilar». Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqqan holda «Ekonomicheskaya sotsiologiya i
perestroyka» kitobining mualliflari sotsial soha deb jamiyatdagi turli
xildagi sotsial iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan turli guruhlarning o‘rtasidagi
munosabatni tushunadilar. Demak, sotsial soha jamiyat hayotining
bittagina aspekti — guruhlarning turli xildagi mavqelarini aks ettiradi. Bu
aspekt mufassal xususiyatga egadir, chunki guruhlarning mavqelarining
turli-tumanligi nafaqat iqtisodga, balki yosh siyosiy, oilaviy va jamiyatning
boshqa bir qator sohalariga ham xos reallikdir xususan, aynan bir
guruhning o‘zi bir vaqtning o‘zida turli sohalarda turli mavqeni egallashi
mumkin. Ushbu fikrlarni mulohaza qilish chog‘ida tabiiy bir savol paydo
bo‘ladi, ko‘p sotsial sohaning iqtisod bilan o‘zaro aloqasi qanday
xususiyatga ega? Birnnchidan, jamiyatdagi konkret guruhning egallab
turgan mavqesi hal qiluvchi omil sifatida iqdiosdiy munosabatlar sistemasi
orqali belgilanadi. Ikkinchidan, sotsial soha iqtisod faoliyati va rivojiga
qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir sotsial-iqdisodiy guruhlar
yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy sotsiologiya vazifalari haqida so‘z
ketganda inson faoliyati tufayli iqgisoddagi sotsial-iqtisodiy jaryonlarning
o‘zgarishlarini nazarda tutmoqlik darkor.
Shunday qilib sotsial-iqtisodiy jarayon bu iqsodning va sotsiallikning
o‘ziga xos «payvand» i bo‘lib u insonning iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri
ostida bunyod bo‘ladi. Inson jamiyatdagi iqtisodiy va sotsial sohalar aloqa
sistemasining yadrosini tashkil etadi. Agarda fikrimizni yanada
konkretlashtirsak, bu yadro bo‘lib sotsial-iqtisodiy guruqlarning o‘zaro
112
harakatlari, faoliyatlari va xulq-atvorlari xizmat qiladilar. Iqtisodiy
sotsiologiya nqtisodiy munosabatlar sistemasiga taalluqli va bir-birlari
bilan o‘zaro harakat qiluvchi guruhlarni o‘rganadi. Uning ob'ekti bo‘lib
sotsial jarayon sifatida maxsus nuqtai nazardan qaraluvchi iqtisod
namoyon bo‘ladi. Bu jarayonning mohiyati iqtisod faoliyatini strukturaviy
o‘zaro harakat ta'siri ostida o‘rganishimizda mujassamlashgandir. Iqtisodiy
sotsiologiyaning ob'ektini aniqlaganimizdan so‘ng uning predmeti haqida
ham to‘xtalib o‘tish joizdir. Iqtisod fanining mexanizmini o‘rganishlik
jamiyatdagi sotsial guruhlarning o‘zaro harakatlariga bog‘liq ekan, demak
sotsiologiya fanining ushbu yo‘nalishini eng muhim vazifalaridan biri bu
iqtisodiy taraqqyotni belgilab beradigan sotsial guruhlarning faoliyati,
xulq-atvori va o‘zaro harakatlarini tadqiqot qilishlikdir. Iqtisodiy
sotsiologiyaning yana bir muhim vazifasi deb kishilarning iqtisodiy
sohadagi boshqaruv sistemasidagi, madaniyat, sotsial xolat va ijtimoiy
mavqe xolatidagi faolligiga ta'sir etuvchi omillarning aniqlanishini e'tirof
etish mumkin. Va nihoyat iqtisodiy sotsiologiyaning oldidagi yana bir
muhim vazifa — bu jamiyat sotsial strukturasining shakllanishi va
dinamikasining tahlilidir. Bu sotsial struktura boshqaruv sistemasi va
madaniyatga katta ta'sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikrlarni tahlil qila turib
Sharqda xususan O‘zbekistonda bozor munosabatlari muammolarining
echimlarini izlab topib hal qilishlik juda dolzarb ma'no kasb etadi.
Umuman olganda Sharq o‘zida keng ma'noda ijtimoiy-madaniy, milliy,
tarixiy xususiyatlarni mujassamlashtirgandir. Lekin shunga qaramay bu
qatlamlarni tushunishdagi turlicha fikrlardan farqli o‘larok. Sharqni qoloq
tizim sifatida an'anaviy tarzda tushunish keng tarqalgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |