Parlament
Parlament — (inglizcha: parliament,
fransuzcha: parlement) davlatning davlat
hokimiyati organlaridan biridir. Parlament
vakillik muassasasi boʻlib, uning
deputatlari xalq tomonidan saylanadi va
Parlamentda uning manfaatlari himoya
qilinadi. Parlament qonunchilik
hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni
davlatning qonunlarini qabul qilishda
mutloq huquqqa ega boʻladi. Parlament
davlatning ichki va tashqi siyosatini
belgilash va amalga oshirishda
qatnashadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi,
davlatning soliq asoslarini va umum
davlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari
belgilab beradi. Parlament boshqa davlat
organlarini shakllantirishda davlatning
oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda
qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi,
yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib
olinadi. Parlament davlat qonunlari ijrosi
ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining
faoliyati ustidan, yangi qonunlarning
tasdiqlanishi ustidan parlament
nazoratini amalga oshiradi. Parlament
aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat
mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib
xizmat qiladi.
Parlament bir palatali yoki ikki palatali
boʻladi (kamdan kam hollarda palatalar
koʻproq boʻlishi mumkin). Ikki palatali
parlamentda palatalarni biri umumxalq
vakilligi printsipida boʻladi. Uning
deputatlari hududiy saylov okruglari
boʻyicha saylanadi. Davlatning hududi
shunday okruglarga taqsimlanadi
(majoritar saylov tizimi) yoki
proportsianal (mutanosib) saylov tizimi
Oliy Majlis
binosi
boʻyicha, yaʻni siyosiy partiyalar va
harakatlar taklif etgan roʻyxatlar boʻyicha
yoxud aralash tizim boʻyicha saylash
oʻtkaziladi.
Palatalarning ikkinchisi davlatning
qismlaridan vakillik printsipida boʻladi.
Mazkur palata aʼzolari tegishli hudud
aholisi tomonidan, mintaqalarning qonun
chiqaruvchi majlislar tomonidan
saylanadi yoxud mintaqalardagi qonun
chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatning
boshliqlari lavozimlarini egallab turganlari
tufayli palata aʼzosi boʻladilar, yo
boʻlmasa, mintaqalar ijroiya hokimiyati
organlari tomonidan tayinlanadilar.
Ikki palatali parlamentda palataning
tengligi va ayni bir vaqtda ishlashi
printsipidan kamdan kam foydalaniladi,
koʻpincha mustaqil ishlaydigan yuqori va
quyi palatalar deb atalgan printsip amal
qiladi, qonunchilik jarayoni quyi palatada
boshlanadi va u qabul qilgan qonun koʻrib
chiqish va maʼqullash uchun yuqori
palataga uzatiladi. Parlamentlar sessiya
tarzida ishlaydi. Sessiyalar parlamentning
yalpi majlislaridan yoki kasaba
majlislaridan, deputatlik qoʻmitalari,
komissiyalari, fraktsiyalari va
guruhlarning ishidan, parlamentdagi
tinglovlaridan va boshqa tadbirlaridan
iborat boʻladi. Ayrim parlamentlarning
deputatlari faqat sessiyalarda ishlaydilar,
boshqalari deputatlik mandati tan
olingach, avvalgi lavozimidan boʻshab
doimiy ishlash uchun parlamentga
oʻtadilar. Parlament davlatning
qonunlarini qabul qilishdan tashqari
qarorlar, bayonotlar, deklaratsiyalar,
murojaatnomalar, rezolyutsiyalar va
boshqa hujjatlarni ham qabul qiladilar.
Parlamentning reglamenti
(parlamentlarning reglamentlari)
parlamentni tashkil etishni tartibga
soluvchi asosiy hujjatdir. Bundan tashqari
parlament toʻgʻrisidagi, parlament
deputatlari (aʻzolari)ning maqomi
haqidagi, uning qoʻmitalari va
komissiyalari toʻgʻrisidagi qonunlar
hamda boshqa hujjatlar ham boʻlishi
mumkin.
Milliy tiklanish
Asosiy maqola:
Jahon mamlakatlarining
parlamentlari
Jogorku Kengesh — Qirgʻiziston
parlamenti.
Oliy Majlis — Oʻzbekiston parlamenti.
Knessat
- Isroil parlamenti.
Parlament tarixi
Parlamentda ovoz berish
Jahon mamlakatlarining
parlamentlari
Rada
- Ukraina parlamenti.
Duma - Rossiya parlamenti.
Buyuk Millat Majlisi
- Turkiya
parlamenti.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Parlament&oldid=2130147
"
dan olindi
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval 213.230.103.103 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |