YAXSHILIK VA YOMONLIK — asosiy ma’naviy axloqiy juft tushunchalardan. U yaqin
yaqingacha E. va YO. ning sinonimi tarzida qo‘llanib kelinar edi, aslida ular asos e’tibori b-n
birqbiridan farq qiladi. E. va YO. o‘zini cheksizlikda, YA. va YO. o‘zini chegaralanganlikda
ifoda etadi. E. ijtimoiylik xususiyatiga ega, YA. esa asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq
bo‘lgan ijobiy hodisa; unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar
tajassum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xattiqharakatlar qahramonlik, jasorat,
vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |