ifodalovchi umumiy mazmun va xususiyatlarga ega bo’lgan tushunchalardir.
Kategoriyalarni o’z manbai, tabiatiga ko’ra ontologik, bilish shakliga ko’ra gnoseologik va
oddiy xususiyatiga ko’ra metodologik mazmunga bo’lish mumkin
Ma‘naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy
kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma‘naviyat keng
ma‘noga ega bo’lib, ma‘rifat, madaniyat kabi tushunchalami o’z ichiga oladi. Maqsad, mazmun,
shakl, metod vavosi talar kabi tushunchalar r tarbiya jarayonining mohiyati iochibberadi [5;196]
SHaxs dunyo qarashining shakllanishida ma‘naviy-axloqiy tarbiya muhim o’ringa ega bo’lib, uni
Fanni o’rganish metodlari
turli tumandir
Fanning kategoriyalarini umumiy, substansional va funksional
guruhlarga bo’lish mumkin
6
samarali tashkil etish o’quvchida ma‘naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi.
Ma‘naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va
istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Milliy ma‘naviyat
tushunchasi.«Millat» so’zi tub mohiyat, o’zak, negiz degan ma‘nolami bildiradi. Milliy
ma‘naviyat esa «Millat» tushunchasi bilan bog’liq. «Millat» so’zi arab tilida uch ma‘noni
bildiradi: 1) din, mazhab; 2) ummat; 3) xalq, qavm. Millat so’zi Qur‘oni Karimda ham
qo’llanilgan. Qur‘onda har bir millat vakili o’z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish,
lekin o’z millatidan, qavmidan chiqib, boshqa millatga o’tib olishi esa katta bir gunoh deb ta‘rif
berilgan. Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar millatlar o’rtasidagi ma‘naviy
munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi. Bu borada ma‘naviyatni besh guruhgabo’lib
o’rganish mumkin: 1) ma‘naviy qadriyatlar; 2) milliy ma‘naviyat; 3) shaxs ma‘naviyati; 4)
mintaqaviy ma‘naviyat; 5) umuminsoniy ma‘naviyat. • 7 Madaniyat(«cultura» so’zidan olingan
bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma‘nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida
insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat
qiluvchi moddiy va ma‘naviy boyliklar tizimi. Ma‘rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari
hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlarni singdirish, ta‘limtarbiyani
takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish
maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Tarbiya jarayonio’quvchining onginigina emas,
balki his-tuyo’ularini ham o’stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy
talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish
uchun o’quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta‘sir etib boriladi. Agar bularning birortasi
e‘tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik
qiladi, o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-
sharoit yaratadi. Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini-
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir so’z bilan aytganda
tarbiya jarayoni-har bir insonning hayotda yashashi (umimiy faoliyat, ta‘lim, tarbiya) jarayonida
orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasinio’zida shakllantirish va
o’zgalarga berish jarayonidir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud
bo’lib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bogliq bo’ladi. Tarbiyada o’quvchilarning
tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, qaramaqarshiliklar
kuchayadi[6;40]. 8 Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni
bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. Tarabiya jarayonining jamiyat
taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga
undash va bu xatti-harakatni sekin-astako’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada
qilish qobiliyatini tarb iyalash, aqlni peshlash demakdir. Aqlongni saqlaydi. Onges a moddiy va
ma‘naviy manbaga aylanadi. Shu tariqa inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib
boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas‘uliyat,
sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini
hisobga olish zarur. Ma‘naviy, insoniy sifatlarning shakllanishi daoiladagi, atrofdagi,
jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi [6;41]. Tarbiya
jarayonining natijasi barkamol shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib,
uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o’quvchi shaxsining o’zitomonidan faollik ko’rsatishini
taqozo etadi. Bu jarayon da pedagog etakchi vazifani bajaradi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning
umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi maqsadi yolida amalga oshiriladigan vazifalar
tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab
7
oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har
tomonlama yondoshish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Ta‘lim va tarbiya
jarayonlarining ajralmas qismlaridan biri ta‘lim mazmuni shaxsiy xislatlarini tarbiyalashning
katta imkoniyatlariga egaligidadir. [5;192]. 9 1.2-§. Ta’lim jarayonida ma’naviy tarbiya masalasi
Uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatni tashkil etgan tizimning tarkibiy qismidir. Bu qismning
samarali ishlashi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming barcha jihatlariga o’z ijobiy ta‘sirini
ko'rsatadi. Shuning uchun ta‘lim to’g’risidagi Qonunda «Ta‘lim 0’zbekiston Respublikasi
ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor» deb e‘lon qilinadi. A.Karimov ma‘naviyat tushunchasiga
ta‘rif berib, shunday degan edi: «Ma‘naviyat haqida gap ketar ekan, men awalo insonni ruhiy
poklanishi va yuksalishiga da‘vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon
irodasini, e‘tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur
qilaman» .Bu fikrni talqin qiladigan bo’lsak, undan shunday ma‘no chiqadiki, eng avvalo, har bir
mushohada qila oladigan shaxs o’zining haqiqiy inson ekanligini tushunib' yetishi, ya‘ni ongi
rivojlanib borayotganligini fahmlashi, barcha tirik mavjudodlarga va insonlarga mehr muruwatli
bo’la olishi, milliy qadriyatlarimizni- tiklash va uni rivojlantirishga xizmat qila olishi
tushuniladi. Ikkinchi masalani yoritishda I.A.Karimov- ning ma‘naviyatga ta‘rifi hamda
ma‘naviyat har bir insonning ikkinchi ruhiyatining aynan ijobiy qirralari, aql-zakovati, o’z-
o’zini anglash, aniq maqsadlar sari faol harakatining qudratli salohiyati ekanligiga e‘tibor
qaratilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi[11;108]. Xalqimizda «Bama‘ni odam, juda bama‘ni inson»
degan iboralar bor. Bu ijobiy ma‘nodagi yuksak iboradir. Shu bilan birga, «Bama‘ni odam»,
degan tushuncha ham bor, bunday odamlar inson nomiga munosib hisoblanmaydi va ular hech
qachon insonparvar bo’la olmaydi. Ma‘naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining
ichki 10 hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha.
Ma‘naviyat keng ma‘noga ega bo’lib, ma‘rifat, madaniyat kabi tushunchalami o’z ichiga oladi
[5;201]. Yuksak ma‘naviyatli insonni shakllantirish jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.Bu
masalani yoritishda ma‘naviyatning shaxs faolligini, mehnat unumdorligini oshirish, jamiyatda
totuvlik, yakdillikni ta‘minlash va umummilliy manfaatlarni uyg’unlashtirishdagi qudratli kuch
o’rganiladi. Markaziy Osiyo tarixida diniy va qomusiy bilimni siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy
jasoratni o’zida mujassam eta bilgan Imom al Buxoriy, at Termiziy, Xoja Bahovuddin
Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, alXorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni
rivojlantirishga ulkan hissa qo'shganlar, ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan
hissalari butun dunyoga ma‘lum1 . Jamiyatning ma‘naviy kamoloti o’z-o’zidan amalga
oshmaydi. Har bir tuzum va davr ma‘lum maqsad, g’oya va mafkuralar, talab va ehtiyojlar
asosida kishilaming ma‘naviy kamolotiga ta‘sir ko’rsatadi. Ana shunga asosan, inson
tarbiyasining biron tizim, shakl va mazmuni, insoniyligi kelib chiqadi. Jamiyat a‘zolarining
ma‘naviy fazilatlari, ta‘lim tarbiyaning yo’llari va usullariga kishilaming milliy jihatlari, yashash
va mehnat qilish sharoitlari, turmush tarzi kabilar ham ta‘sir etadi .Ayniqsa, ma‘naviy
qadriyatlarimizni chuqur bilish, uning uzviyligini ta‘minlash, har bir yosh avlodning muqaddas
burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Ma‘naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari
(bilim turidan qat‘i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko’nikma va malaka
bosqichlaridan o’tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy
sifatlardir. Demak, ma‘naviyat asosini bilim 1 I.A.Karimov. «0’zbekiston XXI asr bo’sag’asida.
Т.: «0’zbekiston» nashriyoti, 1997. 139-140-betlar. 11 tashkil qilar ekan, bilim turlariga mos
ravishda ma‘naviyat turlarini sanab chiqsak bo’ladi. Bularga diniy ma‘naviyat, axloq va odob
8
ma‘naviyati, dunyoni ilmiy bilish ma‘naviyati, texnik ma‘naviyat, kasbiy ma‘naviyat va
boshqalar kiradi. Axloq va odob ma‘naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya‘ni
qobig’ini tashkil qilgani uchun, ba‘zilar ma‘naviyat’deganda, kishining axloq va odobga oid
bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi deb tushunishadi. Bu ma‘naviyatni tor ma‘noda
tushunishdir [11;104]. Ta‘lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy
maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek,
dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga
tayangan holda ish ko’rish ko’zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma‘lum
ijtimoiy voqeahodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko’ra bilish,
bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini kuzatish, ularning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, bir-
birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi. Ta‘lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida
fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari,
atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta‘sirida shaxs kamolotini ta‘minlashga erishish
imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta‘lim muassasalarida
o’quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o’quvchilar tomonidan chuqur
o’zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O’qituvchilar
o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g’amxo’rlik qila borib, doimiy ravishda
ular tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo’llay olinishiga e‘tibor berishlari
zarur. Fan o’qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o’quvchilarni
tanishtirib borar ekanlar, o’quvchilarga turli 12 hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki
ularga tayanib ish ko’rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.
3)Ma’naviy tarbiya tizimida insonning yaxshi xulqi, muomalasi, halolligi, yolg‘on va
soxtalikdan o‘zini tiyishi va boshqa ko‘plab ijobiy xislatlarni shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
Kishilik jamiyati vujudga kelib dastlabki rivojlanish jarayonida odamlar munosabatini tartibga
soluvchi qonunlar hali bo‘lmagan. Bu vazifani axloq bajargan. Axloq inson ma’naviyatining
xamirturushidir desak, xato bo‘lmaydi. Axloqiy meyorlar, qoidalar qadimda, balki, o‘rta
poleolitda paydo bo‘la boshlagan. Shundan buyon axloqiy meyorlar rivojlanib, boyib,
takomillashib kelmoqda. Ijtimoiy ongning alohida mustaqil shakli sifatida esa axloq ibtidoiy
sinkretizm parchalangandan keyin vujudga kelgan. Lekin axloqiy qoidalar, meyorlar, urf-odatlar,
marosimlar, an’analar ko‘rinishida o‘ziga xos tizim sifatida ungacha ham nisbatan ajralib turgan.
To‘g‘ri, ularning o‘zi sinkretik bo‘lib, g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inish usullarini o‘z ichiga olgan.
Axloq hayotning barcha sohalarida – oilada, mahallada, mehnatda, ishlab chiqarishda,
shaxslararo, guruhlararo, millatlararo va h.k. aloqalarda odamlarning o‘zaro munosabatini va
qarashlarini tartibga soladi. U ijtimoiy-siyosiy kuchga (davlat va ma’muriy organlar kuchiga)
emas, balki jamoatchilik fikriga tayanadi. Axloqiy qoidalarni va talablarni bajarmagan kishilarga
nisbatan tevarak-atrofdagilarning munosabati sovuq bo‘lgan, ularni qo‘pol ravishda
buzganlardan esa odamlar yuz o‘girgan, jumladan qishloqdan, mahalladan quvgan. Shu sababdan
axloqiy talablar va meyorlarga odamlar ixtiyoriy bo‘ysungan. Axloqiy g‘oyalar, meyorlar,
tamoyillar umumijtimoiy mazmunga ega va muayyan madaniyat vakillarining barchasi uchun
barobar. Odamlarning munosabatlarini tartibga soluvchi huquq ortida esa davlatning ma’muriy
organlari, diniy qoidalar-meyorlar ortida maxsus diniy tashkilot – machit, cherkov, sinagoga va
h.k., ya’ni muayyan tashkilot turibdi. Axloq ortida bunday tashkilot yo‘q, faqat insoniyatning
ko‘pasrlik tajribasi va fikri, bahosi bor.
Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi insonda asl insoniy fazilatlarini
shakllantirishdir. Lekin bu ancha murakkab va qiyin ish. Chunki, bir tomondan, har qanday
9
tarbiya asosida bilim yotadi. Ikkinchi tomondan, bilimlar o‘z-o‘zidan insonni tarbiyalamaydi.
Ular tuyg‘ular, ishonch, ixlos bilan bog‘lansagina, insonning ichki e’tiqodiga, dunyoqarashi
unsuriga aylanadi. Ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyada his – hayajon, tuyg‘ular dunyosi –
ko‘ngil katta ahamiyat kasb etadi. Inson keng bilimli, o‘z kasbini yaxshi egallagan tashkilotchi
va ishchan, ammo ayni paytda xudbin, o‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan toymaydigan,
bag‘ritosh zolim ham bo‘lishi mumkin. Insonda insoniylik birinchi navbatda aql, kasbiy bilim,
mahorat orqali emas, ko‘ngil va mehr (ishq) orqali tarbiya topadi. Bejiz xalq maqolida “Olim
bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin” deyilmaydi. Lekin bundan axloqiy tarbiyada aql ikkinchi
darajali ekan degan xulosa kelib chiqmaydi. Gap bu yerda tarbiya nimadan boshlanishi va uning
hissiy poydevori ustida ketyapti, xolos. Insonning har qanday e’tiqodi, jumladan axloqiy e’tiqodi
aql orqali, ijobiy bilimlar orqali vujudga keladi.
Axloqiy tarbiya avvalo axloqiy tuyg‘ularni shakllantirishdan va rivojlantirishdan
boshlanadi. Tuyg‘u inson ongining voqelikni his – hayajon ko‘rinishida aks ettirishi, voqeaga,
predmetga nisbatan insonning bevosita hissiy reaksiyasidir (Biz sezgilar to‘g‘risida emas, tuyg‘u
to‘g‘risida fikr yuritayotirmiz). Masalan, hayo, uyat, qahr, g‘azab, zavq – shavq, xursandchilik,
minnatdorchilik, vijdon, adolat va h.k. faqat insonga xos tuyg‘ulardir. Ba’zi tuyg‘ular insonning
voqeaga, predmetga salbiy, ba’zilari ijobiy munosabatini ifodalaydi. Ba’zi tuyg‘ular kishiga uzoq
muddat, ba’zilari qisqa muddat ta’sir ko‘rsatadi. Bu ko‘pincha tuyg‘uni keltirib chiqaragan
voqea-hodisaning mazmuniga va inson, jamiyat hayoti uchun ahamiyatiga bog‘liq. Ahamiyatsiz
hodisa tezda esdan chiqadi, undan ham avval u qo‘zg‘agan tuyg‘u so‘nadi. Qo‘shnilarning bolasi
janjal qilib, biri ikkinchisini do‘pposlabdi degan xabar sizda ma’lum tuyg‘u o‘yg‘otadi, lekin
tezda o‘tib ketadi. Ammo kaltak yegan va janjal qilgan sizning farzandingiz bo‘lsa, his-
hayojoningiz uzoqroq davom etadi. Ayrim tuyg‘ular mazmuni va tuzilmasiga ko‘ra oddiy,
ayrimlari esa murakkab, hatto ancha murakkab bo‘ladi. Masalan, hayo, ibo, kabi tuyg‘ular oddiy
axloqiy tuyg‘ulardir. Ammo vijdon, diyonat, adolat, vatanparvarlik, ezgulik kabi tuyg‘ular ancha
murakkab tuzilishga va mazmunga ega. Ular insonning tuyg‘ularinigina ifodalab qolmasdan,
balki butun axloq ilmini va jamiyat tajribasini mujassam aks ettiradi.
Axloqiy tuyg‘ular insonga uzoqroq ta’sir ko‘rsatsa, hissiy kechinmalarga aylanadi. Hissiy
kechinmalar inson ko‘nglini tarbiyalaydi, teranlashtiradi va noziklashtiradi. Boshiga tashvish
tushib, ko‘p his – hayojonli o‘ylarni xayolidan kechirgan kishi hayotni, uning muammolarini
teranroq, chuquroq tushunadi. Agar hayot qiyinchiliklari uni ezib, ma’naviy majruhga aylantirib
qo‘ymagan bo‘lsa, u shunday muammolarga duch kelgan boshqa kishilarga yaqindan hamdardlik
qiladi, vaziyatdan chiqib olishda so‘zi yoki ishi bilan yordam beradi. Axloqiy tarbiya birinchi
galda barcha ijobiy insoniy tuyg‘ularni shakllantirishi va mustahkamlashi lozim
Axloqiy tuyg‘ular va kechinmalarni anglab olish, umumlashtirish asosida axloqiy g‘oyalar,
tushunchalar, baholar, meyorlar, kategoriyalar, axloqiy qonunlar vujudga keladi. Inson biror
predmedga, hodisa va voqeaga o‘z munosabatini asoslashdan, dalillashdan avval uning shakl –
shamoyilini, mazmun-mohiyatini anglashga, keyin unga baho berishga harakat qiladi. Buni u
turli tushunchalar, meyorlar yordamida amalga oshiradi. Bunda u o‘zining avvalgi
tasavvurlaridan, bilimlaridan, hayotiy tajribasidan foydalanadi. Ko‘rgan voqeani (hodisani),
voqea ishtirokchilari xulq-atvorini o‘z bilimlari, tajribasi, qarashlari va e’tiqodlaridan kelib
chiqib, ijobiy va salbiy baholaydi. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb hisoblaydi, ma’qullaydi yoki
qoralaydi. Axloqiy baho va munosabat aynan ma’qullashda yoki qoralashda namoyon bo‘ladi.
Oddiy (elementar) axloqiy tushunchalar – salom–alik, uyat, aldamaslik, to‘g‘rilik,
rostgo‘ylik, o‘zaro yordam, mehr, haromdan hazar qilish, yolg‘onchi, firibgar, maqtanchoq
10
kishilarga salbiy munosabat va shu kabilar meyoriy mazmunga ega. Ular odamlarning kundalik
munosabatini,
aloqalarini,
turmushini
tartibga
soladi.
Axloqiy
meyorlar
undovchi
(rag‘batlantiruvchi) va cheklovchi (taqiqlovchi) vazifalarini bajaradi. Undash va cheklash orqali
odamlarning kayfiyatiga, xulq – atvoriga, kundalik turmushiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar buni
eplay olmasa, ijtimoiy–ma’naviy muhit buziladi. Oddiy axloqiy meyorlar umuminsoniy
xarakterga ega. Ular inson tabiati takomillashuvi bilan bevosita bog‘liq. Shu sababdan ular
tilidan, dinidan, madaniyatidan qat’i nazar hamma xalqlar uchun mohiyatan bir xil, ammo
shaklan ba’zan ancha farq qilishi mumkin.
Hamma xalqlarda u yoki bu ko‘rinishda salom-alik bor, barcha xalqlar to‘g‘ri so‘zni,
rostgo‘ylikni yoqtiradi, yolg‘onni yomon ko‘radi, qoralaydi, Hamma halqlarda qarindosh-
urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, jamoadoshlar bir birini og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlagan, yordam
bergan va h.k. Odamlar o‘zaro birlashmaganda, bir birini qo‘llab quvvatlamaganda, hayot
qiyinchiliklariga, yovga, balo-yu qazolarga qarshi birgalikda kurashmaganda, jamiyat yo
halokatga uchrardi, yo o‘ta jo‘n, ibtidoiy ko‘rinishda qolib ketardi. Oddiy axloqiy meyorlar
odamlarni birlashishga, birgalikda qiyinchiliklarni yengishga, bir birini qo‘llab quvvatlashga
undagan. Bu bilan odamlarning jamoaviylik tuyg‘usini, ijtimoiylashish darajasini, ma’naviyatini
yuksaltirgan, qadriyatlarning tizimli poydevorini yaratgan. Birlashish, jamoaviylik tuyg‘usi va
meyorlari odamlarning moddiy va ma’naviy yaratuvchilik imkoniyatlarini, unumdorligini
oshirgan.
Insonning eng muhim belgilaridan biri yaratuvchilikdir. Inson aql zakovati, mehnati orqali
tabiatni o‘zgartiradi, yangilaydi, tabiatda yo‘q narsalarni yaratadi. Axloq insonda yaratuvchilikni
tarbiyalaydi. Insonda insoniy fazilatlarni, yaratuvchilikni rag‘batlantiradigan g‘oyalar,
qadriyatlar ezgulik deb, aksincha, uni buzg‘unchilikka moyil etib tarbiyalaydigan g‘oyalar,
usullar va h.k. yovuzlik, deb ataladi. Axloq odamlarni bir biridan ajratadigan, uzoqlashtiradigan,
bir biriga ishonchini so‘ndiradigan har qanday xatti-harakatni cheklaydi, qoralaydi. Shu
sababdan yovuzlik, zolimlik, zo‘ravonlik, o‘g‘irlik, qotillik, talonchilik, yolg‘on, xudbinlik va
ko‘plab shu kabi salbiy fe’l – atvor axloqiy meyorlarda qoralandi, taqiqlandi. Axloqiy
meyorlarning undovchi va cheklovchi vazifalari oqibatda inson va jamiyat rivojiga xizmat qildi.
Bu nafaqat oddiy axloqiy meyorlarga, shuningdek murakkab axloqiy tushunchalarga, qonunlarga
ham taalluqli.
Lekin unutmaslik kerakki, axloqiy meyorlar qotib qolgan tushunchalar emas. Ular jamiyat
taraqqiyoti jarayonida, obyektiv shart – sharoitlar yaxshilanishi, ishlab chiqarish va ta’minot
darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyat yuksalishi, inson bilimlari ortib, ongi, tafakkuri
o‘zgarishi jarayonida rivojlanadi. Axloqiy meyorlar mazmunan boyiydi, shaklan takomillashadi,
ba’zi bir taqiqlaridan voz kechadi, ba’zi bir yangi taqiqlarni joriy qiladi. Masalan, xotin – qizlar
erkinligi, kiyinishi, jamoat ishlarida qatnashishi va sh.k. bilan bog‘liq ko‘plab taqiqlar bugun
bekor qilingan. Zamonaviy jamiyatda oila nikoh masalalarida erkak va ayollarning tengligi
nafaqat huquqiy – yuridik jihatdan, shuningdek axloqiy qarashlar nuqtai nazaridan ham tubdan
ijobiy tomonga burildi. Ayni paytda ekologik masalalarda zamonaviy jamiyatning axloqiy
qarashlarida yangi taqiqlar paydo bo‘ldi.
Axloq kategoriyalari va qonunlari.
Oddiy kundalik meyorlarni ifodalovchi tushunchalardan tashqari, insonning hayotga va
jamiyatga nisbatan murakkab, ziddiyatli munosabatlarini ifodalaydigan, jamiyatda kechayotgan
jarayonlarga baho beradigan, umumiy universal axloqiy tushunchalar ham bor. Ular axloq
kategoriyalari deb ataladi. Kategoriya – bu tushuncha. Lekin oddiy tushuncha emas, balki eng
11
umumiy va o‘zi oid sohaning asosiy qadriyatini, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonuniyatini
ifodalovchi, hamda umumiy mezon vazifasini o‘tovchi tushunchadir. Shu sababdan kategoriyani
universal va fundamental tushuncha ham deymiz. U oddiy tushunchadan qamrovining,
mazmuning, vazifalarining kengligi va teranligi bilan farq qiladi. Axloqning asosiy
kategoriyalariga quyidagilar kiradi: ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik, burch, vijdon,
vatanparvarlik, baxt-saodat. Albatta, bulardan tashqari adolat, ishq (muhabbat) sadoqat, zavq-
shavq (lazzat), haqgo‘ylik (haqiqatparvarlik) va shu kabi muhim murakkab axloqiy
tushunchalarni ajatib ko‘rsatish mumkin. Lekin ular oxir-oqibat yuqoridagi kategoriyalarning
ma’lum vaziyatda namoyon bo‘lish shaklini ifodalaydi. Masalan, sadoqat burchning, yoki
vijdonning, adolat insonparvarlik va ezgulikning konkret ko‘rinishidir. Huzur-halovat (lazzat,
zavq-shavq) baxt-saodatning muayyan holatda yuzaga chiqishidir.
Aslini aytganda, barcha axloqiy hodisalarni, baho va tushunchalarni ikki kategoriya –
ezgulik va yovuzlikka keltirib bog‘lash mumkin. Ammo insonparvarlik, burch, vijdon, baxt-
saodat, vatanparvarlik kabilarning inson va jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o‘rni shu qadar
ahamiyatliki, ularni alohida kategoriyalar sifatida o‘rganish ma’qul topilgan.
Axloq kategoriyalarida insoniyatning butun tarixi davomida to‘plagan ijtimoiy-ma’naviy,
axoqiy tajribasi, bilimlari, tuyg‘ulari mujassamlangan. Inson o‘zi va o‘zgalarining har qanday
ishiga, harakatiga, qarori va so‘ziga, jamiyatida sodir bo‘layotgan voqealarga, hodisalarga,
hukmdorlar siyosatiga, hatto o‘z xayolidan kechgan o‘y-fikrlariga, xohish-istaklariga, kelajak
rejalariga baho bergan. Ularni kategoriyalar mazmuni, talablari, meyorlari bilan fikran
qiyoslagan. O‘z xatti-harakatini, rejalarini, fikri va so‘zlarini ongli yoki ongsiz ravishda ularga
mos tuzgan. Inson axloq kategoriyasi degan so‘zni bilmasligi mumkin. Lekin yaxshi va yomon
degan so‘zlarni, ular mazmunini va zamirida yotgan talablarni biladi. Biror ishga qo‘l ursa, biror
qaror qabul qilsa, yomon ish qilmayapmanmi, to‘g‘ri ish qilyapmanmi, degan xayolga boradi.
YA’ni u o‘z harakatini axloqiylik (ezgulik va yovuzlik) nuqtai nazardan nazorat qiladi. Axloq
kategoriyalari inson va jamiyat ongining, xulq-atvorning takomillashish, rivojlanish qonuniyatini
aks ettiradi. Axloq kategoriyalari jamiyat, tarix, inson va ularning hayoti mohiyat-mazmunini,
maqsadini qanday tushunish lozimligi to‘g‘risidagi qarashlarni tizimli ifodalaydi.
Aynan ulardan kelib chiqib konkret tarixiy davrda jamiyatda hukm surayotgan talablar,
odatlar, urflar, davlat yuritayotgan siyosat baholanadi. Axloq kategoriyalari har bir davr
meyorlari, qoidalari ma’lum yo‘nalishda va doirada (chegarada) rivojlanishini belgilaydi. Ammo
bu chegarani qat’iy va aniq chizib qo‘ymaydi. Erkin va ijodiy takomillashish uchun imkoniyat
qoldiradi. Bu ham insoniyat har bir avlodining axloqiy ongi va xulqi shakllanishi,
takomillashishining o‘ziga xos xususiyatidir. Ko‘pincha bizga o‘zgalar tajribasi, tavsiyasi kamlik
qiladi. Ko‘pincha manglayimizni g‘urra qilib, nohushlikni o‘z boshimizdan o‘tkazmaguncha,
hayotdan achchiq saboq olmaguncha, to‘g‘ri xulosa chiqarmaymiz.
Axloq kategoriyalari odamlarning o‘zaro munosabatini qattiq o‘zgarmas qolipga tiqib
qo‘ymagani uchun jamiyatda ma’naviy erkinlik, ijodiy izlanish, ijtimoiy tajriba, ijtimoiy rasum-
rusumlarni (modani) o‘zgartirib turish, xilma-xillikka intilish qaror topadi. Konservatizm asta –
sekin yengib o‘tiladi. Ayni paytda radikalizm (keskin o‘zgarish) ham cheklanadi. Ma’lumki,
inson yoshlikda radikal fikrlaydi, jamiyatni tubdan o‘zgartirishga moyillik bildiradi. Keksalikda
inson mavjud munosabatlar, ota-bobolardan qolgan barqaror qoidalar o‘zgarmasligi, to‘lig‘icha
saqlanib qolishi tarafdoriga aylanadi. Keksalikka konservatizm ko‘proq xos. Yoshi keksa
kishilardan “odamlar buzilib ketdi, mehr-oqibat yo‘qolib boryapti”, “ilgari unday edi, hozir
bunday” kabi norozilik ohangidagi so‘zlarni tez-tez eshitish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday
12
so‘zlarni barcha zamonning barcha keksalari gapirgan. Ilgari hatto jamiyatning, odamlarning
“buzilib ketayotgani” oxirzamon yaqinlashayotganining belgisi sifatida talqin qilingan. Misr
papiruslarida, Mesopotamiya sopol taxtachalarida bundan 5 ming yil avval yuqoridagi
mazmunda bitilgan yozuvlar topilgan. Antik davr va o‘rta asrlarda-ku bunday yovuzlar, kitoblar
ancha ko‘p uchraydi. Axloq kategoriyalari jamiyat zamonga moslashib, mo‘tadil rivojlanishini,
radikalizmga ham, konservatizmga ham berilib ketmasligini taqozo etadi.
Falsafa, etika, madaniyatshunoslik fanlari tarixida axloq kategoriyalari turlicha yoritilgan.
Ularning mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, manbai har xil tushuntirilgan. Chunki ular inson hayoti,
dunyoqarashi e’tiqodi bilan bevosita bog‘liq, shu boisdan ancha chigal va murakkab. Axloqning
o‘zak kategoriyalari ezgulik va yovuzlik misolida buni ochib berish mumkin.
Avestoda ezgulik va yovuzlik olamning boshida, ibtidosida turgan ikki kuch – Axura
Mazda va Agra Maynyu irodasi sifatida talqin qilinadi, ularning o‘zaro kurashi bayon etiladi.
Tabiatning jonivorlari, o‘simliklari, g‘ayritabiiy (ilohiy) asotiriy mavjudotlar – barcha-barchasi
ikkiga bo‘linib, Axura Mazda yoki Agra Maynyu qo‘shiniga kiritilgan. Masalan, asotiriy devlar
yoki tabiatda real mavjud ilonlar yovuzlikka, turli ilohlar (ma’budlar, farishtalar) yoki tipratikan
ezgulikka oid hisoblangan. Avesto o‘z vaqtida tizimlashtirilgan ta’limotni, qarashlarni aks
ettirgan insoniyat tarixidagi birinchi kitob bo‘lgan. Demak, insoniyatning ma’naviy o‘zligini
anglashi ezgulik va yovuzlik tushunchalarini tahlil etish va baholashdan boshlangan desak, xato
qilmaymiz.
Insoniyat e’tiqod qiladigan hamma dinlarda ezgulik va yovuzlik masalasi markaziy o‘rin
egallaydi. Ezgulik – savob, insonni jannatga muyassar qiladi. Yovuzlik – gunoh, uvol, insonni
do‘zax azobiga mubtalo etadi. Do‘zax yoki jannat, qiyomat kuni tushunchalari yo‘q dinlarda esa,
ezgulik va yovuzlik insonning yangi hayoti, qayta tug‘ilib insonning biror boshqa mavjudot
(yoki insonga) o‘tishi, inkarnatsiyasiga (bizda bu “tanassux”atamasi bilan ifodalanadi) ta’sir
qiladi.
Ba’zi yondashuvlarda ezgulik va yovuzlik inson ehtiyojlari bilan bog‘lab tushuntiriladi.
Insonga foyda keltiradigan, uning turmushini, odamlar bilan munosabatni yaxshilaydigan,
shaxsni kamol topdiradigan, o‘zini baxtli his etishga yordam beradigan axloqiy g‘oyalar,
meyorlar, tushunchalar ezgulik deb, insonga zarar keltiradiganlari, azob-uqubat va baxtsizlikka
duch qiladiganlari esa yovuzlik deb talqin qilinadi. Shu sababdan ba’zi xalqlarda ezgulik
tushunchasi va moddiy boylik, hatto gavdaning yetilib to‘ladan kelishi (insonning semirishi) bir
xil so‘z bilan atalgan. Masalan, rus tilida “dobro” so‘zi nafaqat axloqiy tushunchani
(kategoriyani), shuningdek mehnat bilan topilgan boylikni (najitoye dobro) yoki biror kishining
gavdasi to‘lishganini (“razdobrel”) bildiradi. O‘tmishda gavdaning to‘lishgani sog‘lomlik
(yaxshilik), ozib ketish (kasallik, yomonlik) alomati sifatida kundalik ongda o‘rnashib qolgan.
Antik davrdayoq yunonlarda insonning yashashdan maqsadi baxtli bo‘lish (evdonizm),
zavq-shavq tuyish, lazzatlanish (gedonizm), degan qarashlar qaror topgan. Ular ezgulikning
tarkibiy qismi hisoblangan. Lekin baxtning o‘zi nima, hayot lazzati nima degan savolga bir xil
javob berilmagan. Natijada baxt ba’zan boylik orttirish, to‘q yashash, xohish-istaklarni amalga
oshirish imkoniga ega bo‘lish, lazzat ham ba’zan xushta’mli ovqatlarni iste’mol qilish, nafsini
qondirish, aysh-ishrat surish qabilida o‘ta jo‘n tushinilgan. Bunday tushunish moddiy jihatdan
yaxshi ta’minlangan kishilarning bir qismida nafs va hirsga moyillikni rag‘batlantirgan. Shu
sababdan o‘tmishning ayrim ilg‘or mutafakkirlari, diniy arboblari maishatparastlikni, nafsni
qattiq qoralab, ularni yovuzlik deb, talqin qilgan. Antik davrning buyuk faylasufi Suqrotning
“ovqatlanish yashash uchun kerak, yashash ovqatlanish uchun emas,” degan hikmati turli
13
ko‘rinishlarda, ifodalarda hozir ham mashhur. Aksincha, ezgulik, donishmandlar fikricha, nafs
va hirsni jilovlash, haqqa, haqiqatga intilishdir. Haqni esdan chiqarishda bevosita yoki bilvosita
sabab bo‘ladigan har qanday istak-hoxish, intilish va ehtiyojni ular yovuzlikka kiritgan. Ba’zi
ta’limotlar, tasavvuf tariqatlari hatto o‘zlikdan kechishni, ayrim sog‘lom ehtiyojlardan ham
qutilishni targ‘ib etgan.
Ezgulik va yovuzlik kategoriyalarining mazmun-mohiyatini chuqur tahlil etish, to‘g‘ri
xulosa qilish uchun ularni inson tabiati, ma’naviyati yuksalishi bilan bog‘lash maqsadga
muvofiqdir. Ezgulik shunchaki insonga muayyan sharoitda foyda keltiradigan narsa, tamoyil
yoki meyor emas, balki insonning asl fazilatlari shakllanishi va mustahkamlanishiga, uning
ma’naviy va jismoniy kamolotiga, o‘z shaxsi, oilasi, mehnat jamoasi, davlat va jamiyat bilan
uyg‘un yashashiga xizmat qiladigan qadriyatlaridir. Ezgulik insonning aqlli, ma’naviy va
ijtimoiy mavjudot sifatida takomillashishiga, uning sog‘lom ehtiyojlari o‘sishiga, kamchiliklari
kamayishiga, insonning ijodiy imkoniyatlari, salohiyati yuzaga chiqishiga yordam beradi. Va,
aksincha, yovuzlik inson shaxsiyatini ich-ichidan yemiradi, uning hayotga, jamiyatga, hatto o‘z-
o‘ziga noto‘g‘ri munosabatini shakllantiradi, insonning salbiy xususiyatlarini ko‘paytiradi,
xudbinlik, ma’suliyatsizlik, jaholat botqog‘iga botiradi. Ushbu munosabat bilan ma’rifat – bu
ezgulik; jaholat – bu yovuzlik; ezgulik bu – ma’suliyat; yovuzlik-ma’suliyatsizlik; ezgulik bu –
saxiylik; bag‘rikenglik; yovuzlik bu – ziqnalik, hasislik, xudbinlik; ezgulik – o‘zgalarga
xayrixohlik, mafkuraviy tolerantlik, yovuzlik – o‘zgacha fikrlar, qarashlarga, qadriyatlarga
toqatsizlik deyish ham mumkin.
Ayrim diniy mazhablarda, oqimlarda, tariqatlarda, alohida qarashlarda ezgulik va yovuzlik
masalasi ancha keskin va birtomonlama qo‘yilishiga qaramasdan, umuman olganda din hamisha
ezgulikni himoya qilgan (albatta, o‘z ta’limotidan, tushunchasidan kelib chiqib). Ezgulik
tushunchasi atrofida insonga, jamiyatga, tabiatga,har qanday voqea va hodisaga, shu jumladan
alohida insonlarning konkret ishiga beradigan bahosini, kengroq olsak, amaliy munosabatini
qurgan. “O‘zinga ravo ko‘rganmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma”degan axloqiy
qonun bir biridan mustaqil holda Konfutsiy ta’limotida (Xitoy), Manu qonunida (Hindiston),
Tavrotda (Yaqin Sharq) o‘z aksini topgan. Quronda va payg‘ambar hadislarida biz ushbu
qonunning yana-da teranroq va kengroq talqinini uchratamiz: “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani
boshqalarga ham ravo ko‘rma, o‘zing bahramand bo‘lgan ne’matdan boshqalar ham bahramand
bo‘lishiga ko‘maklash”. Ushbu axloqiy qonunning anglab olinishi, va odamlar orasida keng
tarqalishida buyuk mutafakkirlar bilan bir qatorda diniy kitoblar va diniy voizlar katta rol
o‘ynagani shubhasiz.
Lekin dinga xos mantiqiy va ijtimoiy – ma’naviy ziddiyatlar ayrim xollarda din vakillari va
tashkilotlarining xato qarorlarini qabul qilishlariga, ularning niyatidan qat’i nazar, ezgulikning
o‘z dialektik qarama-qarshiligi – yovuzlikka aylanishiga sabab bo‘lgan. Masalan, xristian katolik
cherkovi
salb
yurishlariga,
mustamlakachilik
urushiga,
g‘ayrindilarni
ommaviy
jazolashga,qirg‘in qilishga, o‘z diniga majburan o‘tkazishga fatvo bergan. Rus pravoslav
cherkovi ham undan qolishmagan. Chor mustamlakachilari “Za sarya, otechestvo i veru
pravoslavnuyu” (“Podshoh, ota yurt va pravoslav dini uchun”) shiori ostida boshqa xalqlarni
bosib olgan, ko‘plarini majburan cho‘qintirgan, bo‘yin tovlaganlarni ommaviy qirgan. Islom
peshvolari ham urushlarda ommaviy qatllarga fatvo bergan. Bugun radikal islom ulomalari jihod
niqobidagi terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotir.
Ta’kidlash joizki, o‘zinga ravo ko‘rmagan narsani, boshqalarga ham ravo ko‘rma, degan
axloqiy qonun shakllanishi va hayotga tadbiq etilishiga ezgulik va yovuzlik kategoriyalaridan
14
tashqari yana vijdon kategoriyasi ham sezilarli hissa qo‘shgan. Garchi vijdonning o‘zini
ezgulikning muayyan ko‘rinishi deb talqin qilish mumkin bo‘lsa-da, u insonning ichki
nazoratchisi, undovchisi, cheklovchisi, sudyasi sifatida juda ulkan ijtimoiy-psixologik,
aksiologik (baholash) va ijtimoiy mo‘ljal vazifalarini bajaradiki, uni nisbatan mustaqil kategoriya
sifatida o‘rganish joiz. Vijdon iudaizm, xristianlik, islom dinlarida alohida kategoriya sifatida
mavjud. Buddaviylik, induizm, konfutsiychilik, daosizm, sintoizm dinlarida esa vijdon
tushunchasi ezgulik va yovuzlik kategoriyalari doirasida o‘rganiladi. Shu sabab ularda hatto
vijdon tushunchasiga mos keladigan alohida atama yo‘q. Lekin bundan mazkur dinlarga e’tiqod
qiluvchilar vijdon to‘g‘risida tasavvurga ega emas, uning talablariga rioya qilmas ekan degan
xulosa kelib chiqmaydi. Faqat bizda vijdon tarkibiga kiritilgan g‘oyalar, tamoyillar, meyorlar,
ideallar ularda ezgulik va yovuzlik kategoriyalari, axloqiy qonunlar, ko‘rsatma va talablar
tarkibiga kiritilgan, xolos. Bizda esa vijdon nisbatan alohidalashgan tizimni tashkil etgan. Aynan
vijdon o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga berishga, sotishga, tashviq etishga, o‘zi zavq-
shavq oladigan, lazzat qiladigan narsani boshqalardan yashirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Vijdon axloq ilmi – etikaning eng ziddiyatli kategoriyalardan biridir. Qadimgi Rim
faylasufilari vijdonni insonning o‘z xatti-harakatlarini yo qoralaydigan, yo oqlaydigan ichki
ovozdir, deb hisoblaganlar. Stoiklar vijdonni insonning o‘z o‘zini saqlash, ichki uyg‘unlikka
erishish vositasi sifatida talqin qiladi. Diniy-fasafiy qarashlarga muvofiq, vijdon Xudo
tomonidan insonga uqtirilgan aql qonunidir (lex rationis). Islomda vijdon (diyonat) Olloh
insonga ato etgan tuyg‘u va majburiyat, u ko‘proq ko‘ngilga mansub. Yevropa mutaffakirlari
orasida ham vijdonda “axloqiy tuyg‘u”, his-hayojon katta o‘rin egallashini tan oladiganlar bor.
Masalan, ingliz faylasufi A.SHeftsberi (1671-1713) axloqiy tuyg‘u insonda tug‘ma bo‘ladi, deb
hisoblagan. Buyuk nemis faylasufi I.Kant vijdon va burch o‘rtasida tenglik alomatini qo‘ygan,
vijdon insonning o‘z burchini anglab olishi va bajarishi deb hisoblagan. Burch kategoriyasi Kant
etikasining asosiy yadrosini tashkil qiladi. Burchiga sodiq kishi vijdonli, burchiga hiyonat qilgan
kishi esa vijdonsizdir. Burch kategoriyasi talqinidan kelib chiqib, Kant yana o‘zining ikkita
“qat’iy imperativ” va “inson maqsaddir” degan axloqiy qonunlarini ta’riflaydi. F.Nitsshe “vijdon
kishining o‘z o‘ziga “ha” deya olishidir” deydi. Boshqacha aytganda, Nitsshega ko‘ra, vijdon
insonning o‘z o‘zini qaror toptirishga, o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Vijdon to‘g‘risidagi qarashlar rivojlanib, chuqurlashib borayotir. XX asrning mashhur
mutafakkirlaridan biri E.Fromm psixoanaliz usullarini hisobga olib, vijdonni “avtoritar”va
“insonparvar” vijdonlarga bo‘lishni taklif etdi. Avtoritar vijdon, Fromm fikricha, tashqi
obro‘ning – ota-ona, davlat yoki muayyan madaniyatda tan olingan boshqa har qanday
obro‘ning, ya’ni tashqi - g‘oyaning, fikrning, qarashlarning, ta’limotning insonning e’tiqodiga,
ichki ehtiyojiga, zaruriyatiga, uning shaxsining bir bo‘lagiga aylanishdir. Bu tashqi hodisaning
internalizatsiyalashuvi deyiladi.
Inson ota-ona, cherkov, davlat, jamoatchilik fikri kabi obro‘larni ongli yoki ongsiz ravishda
axloq meyorlarini, qonunlarini belgilovchilar deb qabul qiladi va bu meyorlar o‘zlashtirib, o‘z
shaxsining bir bo‘lagiga –vijdoniga aylantiradi. Tashqi obro‘dan qo‘rqishga nisbatan vijdon
inson xulq atvorini samaraliroq boshqaradi. Chunki tashqi obro‘dan qochib qutulish mumkin,
ammo vijdoningdan yashirina olmaysan. Avtoritar vijdon sohibi qadriyatlar, ezgulik va yovuzlik
to‘g‘risida o‘z mulohazalariga emas, balki obro‘ tomonidan belgilanadigan talablar va taqiqlarga
tayanadi. Agar bu talablar ezgulikka mos bo‘lsa, vijdon inson xulqini yaxshilik, bunyodkorlik
tomon yo‘naltiradi. Va, aksincha.
15
Obro‘ talablarining vijdon meyorlariga aylanishiga sabab, ularning to‘g‘riligi yoki
foydaligida emas, balki obro‘ tomonidan ko‘rsatmaga aylantirilganidadir. Ushbu meyorlar xato,
yoki hatto g‘ayriinsoniy bo‘lganida ham vijdonning unsuri sifatida barqarorlikni ko‘rsatadi.
Masalan, Gitlerga, yoki Stalinga to‘liq ishongan kishi jirkanch, noinsoniy ko‘rsatmalarni
bajarayotganida, jallodlik qilayotganida xizmat burchimni ado etayotirman, deb o‘ylagan va
vijdon azobini his qilmagan. Avtoritar vijdonning mazmuni haqida Fromm quyidagilarni
ta’kidlaydi. Obro‘ tomonidan belgilangan meyorlarni buzish har qanday avtoritar vaziyat uchun
jinoyat hisoblanadi. Bo‘ysunmaslik – “eng katta gunoh”, bo‘ysunish – “eng katta fazilat”.
Bo‘ysunish obro‘ning oliy hokimiyatini va donoligini, odamlarni boshqarish huquqini tan olish
demakdir. Obro‘ o‘ziga faqat qo‘rquv asosida bo‘ysunishni emas, shuningdek uning
boshqalardan axloqiy ustunligini va ularni boshqarish huquqini tan olishni ham talab qiladi.
Obro‘ qabul qilgan har qanday qaror to‘g‘ri. Bunga shubha qilish taqiqlangan. Agar obro‘ni
tanqid qilish uchun kimdadir sabab topilsa, bu sabab obyektiv, xolis emas, balki tanqid
qiluvchining g‘arazidan, niyati buzuqligidan kelib chiqqan. Tanqid qilishga jur’at etganining
o‘ziyoq tanqidchining aybdorligini isbotlovchi dalildir.
Stalin shaxsiga sig‘inish davrida sobiq SSSRda va Gitler davrida Germaniyada aynan
shunday meyorlar hukm surgan. Masalan, XXasrning 20-va 30 yillari boshida SSSRda
sotsializm qurish yo‘llari to‘g‘risida yuritilgan bahslarda hatto eng yaqin safdoshlaridan kim
Stalin fikriga qo‘shilmagan, boshqa variantni taklif etgan bo‘lsa, keyinchalik qatag‘on qilingan,
xalq dushmani deb ayblangan.
Frommning avtoritar vijdon haqidagi fikrlari, mulohazalari an’anaviy va totalitar jamiyatlar
mohiyatini, ularning inson ongiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sirini chuqurroq tushunishda yordam
beradi.
Insonparvar vijdon tafakkur erkinligiga, axloqiy sog‘lomlik va mustaqillikka, insonning
baxtli bo‘lishiga asoslanadi, uning hayotiy faoliyati bunyodkorlikka yo‘naltirilganini ifodalaydi.
Insonning axloqiy e’tiqodi tayyor andozaviy meyorlar, obro‘ ko‘rsatmalari asosida ko‘r-ko‘rona
emas, balki uning tanqidiy tafakkuridan o‘tib, tanlanib, ongli qabul qilinsagina, gumanistik
vijdon shakllanadi. Gumanistik vijdon egasi o‘z xatti-harakatlarini obro‘ tomonidan belgilangan
meyorlarga, talablarga mosligiga qarab emas, balki ezgulik va yovuzlik mezonlariga muvofiq
ijobiy yoki salbiy baholaydi. Agar o‘z xatti-harakatini salbiy baholasa, vijdoni uni qiynaydi.
Xatosini tuzatishga undaydi. Gumanistik vijdonning samaradorligi ham shundadir.
Endi Kant ta’limotida bayon qilingan asosiy axloqiy qonunga qaytamiz. I. Kant “Amaliy
aql tanqidi”(1788 y.) asarida “kategorik imperativ” (qat’iy buyruq, amr) tushunchasini qo‘llaydi.
Kategorik imperativ Kant etikasining asosiy qonunidir. U ikki tezisda ifodalanadi: “xatti-
harakatining shunday maksimaga (talab, meyorga – A.E.) mos kelsinki, unga rioya etib, sen ayni
paytda uning barcha uchun umumiy qonunga aylanishini istagil”.Bu yuqorida keltirilgan
“o‘zinga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma, senga ma’qul kelgan narsadan
boshqalar ham bahramand bo‘lishini istagil” degan axloqiy qonunning o‘ziga xos qat’iy amr
shaklidagi falsafiy ifodasidir.
Ikkinchisi: “xatti-harakatining shunday bo‘lsinki, butun insoniyatga o‘z siymongda ham,
har qanday boshqa kimsa siymosida ham, doimo maqsad deb bilgan holda munosabatda bo‘lgil
va hech qachon unga vosita sifatida munosabatda bo‘lmagil”. Kantning ushbu fikrlari yevropa
mumtoz gumanizmining cho‘qqisidir. Inson davlat mashinasining murvati yoki “buyuk
qurilishlarining” oddiy g‘ishti emas, taraqqiyotning oddiy materiali emas. Davlat ham, har
qanday “buyuk qurilish”, islohot, tarqqiyot ham inson uchun. Inson – ijtimoiy taraqqiyotning,
16
davlat va jamiyat faoliyatining maqsadi. Ular pirovardida insonning yuksalishiga xizmat qilishi
kerak.
Inson shaxsi bilan davlat va jamiyat hisoblashishi shart. Inson manfaatlari davlat va jamiyat
manfaatlariga qurbon qilinmasligi, o‘z navbatida inson ham faqat o‘zining shaxsiy xudbin
manfaatlarini ko‘zlamasligi, balki uni jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi lozim.
Iqtiboslardan shunday mazmun kelib chiqadi. I.Kantning kategorik imperativini uzoq sharhlash,
tahlil qilish mumkin. Aytilgan gaplar ular haqida tasavvur hosil qilish uchun yetarli, deb
o‘ylaymiz.
Keyingi asrlarda yevropa gumanizmi turli sabablarga ko‘ra ancha ziddiyatli rivojlandi.
Ilg‘or mutafakkirlar, adabiyot va san’at arboblari mumtoz gumanizm g‘oyalariga sodiq qolib,
ularni rivojlantirgan bo‘lsa, ayrim nazariyachilar shaxs manfaatlarini, xohish – istaklarini,
individualizmni ortiqcha baholab yubordilar.XX-asrda bu vulgar antropotsentrizmga olib keldi.
Insonning har qanday mayl – istaklari, agar ular zo‘ravonlik va qotillikka, hokimiyatni kuch
yordamida ag‘darib tashlashga qaratilmagan bo‘lsa, axloqiy jihatdan to‘g‘ri, deb talqin qilina
boshladi. Natijada seksual erkinlik, gomoseksualizm, birjinsli nikohlar, fohishabozlik,
narkoindustriya va sh.k. g‘ayriaxloqiy hodisalar avj olib ketdi. Ba’zi mamlakatlarda birjinsli
nikohlar qonunlashtirildi.
Ta’kidlash joizki, axloqiy masalalar faqat oila, nikoh va jinsiy munosabatlardangina,
ko‘ngil ochish va dam olishda ko‘riladigan tomosha va foydalaniladigan “madaniy”
mahulotlardangina iborat emas. Mazkur masalalarda, shak – shubhasiz, g‘arb ma’naviyati, axloqi
jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ammo boshqa masalalarda ulardan o‘rgansa arziydigan
narsalar bor. Eng avvalo biz g‘arbdan inson qadr – qimmati, erki, shaxsiy fikri, qarashlari bilan
hisoblashishni o‘rgansak bo‘ladi. Mehnatga ma’suliyatli munosabat, xizmat vazifasini, ishini
unumli va sifatli bajarish, boqimandalik qilmaslik, mehnat bozori talablariga tez moslasha olish,
tashabbuskorlik kabi axloqiy xislatlarni ulardan o‘rganish kerak. Axloqiy tarbiyada bular
hammasi hisobga olinishi darkor. G‘arb axloqining bizga to‘g‘ri kelmaydigan tamoyillarni asosli
tanqid qilib, inkor etish, o‘rganishga arziydigan jihatlarini qabul qilish lozim. Ma’naviy
tarbiyaning biror sohasida, jumladan axloqiy tarbiyada ham biz milliy mahdudlikka tushib
qolmasligimiz kerak. Endi axloqiy tarbiya bilan bog‘liq ayrim tamoyillar va baholarga
munosabat bildirib o‘tamiz.
Axloqiy tarbiyani kuchaytirish zarurati.
Avvalo individualizm va kollektivizm tamoyillari haqida... Axloqiy tarbiyada shaxsning
individuval manfaatlari, qiziqishlari, tashabbusi va sh. k.lar hisobga olinib, individualizm oqilona
chegaralarda inkor qilinmasligi maqsadga muvofiq. Individualizmni to‘liq kollektivizmga
(jamoaviylikka) qarama – qarshi qo‘yish yaramaydi. YO shaxs manfaati, yo jamoa (jamiyat)
manfaati qabilida masalani qo‘yish xatodir. Masalaning to‘g‘ri yechimi - shaxs va jamoa
manfaatini birdek hisobga olish, ularni uyg‘unlashtirishdir.
Kollektivizm tuyg‘usi va tamoyili inson ehtiyojlarini to‘g‘ri tarbiyalashning, insonning asl
insoniy tabiatini rivojlantirishning indivualizm qatorida muhim omilidir. Tarbiyada
indivualizmga bir tomonlama ustunlik berilib, kollektivizm yetarlicha hisobga olinmasa, inson
xudbin (egoist), man-man, hatto yulg‘ich bo‘lib o‘sadi. U tashqi ko‘rinishidan vazmin,kamgap
bo‘lishi mumkin, ammo ichida faqat o‘zini o‘ylaydi, o‘z manfaatini hamma narsadan ustun
qo‘yadi, odamlarning samimiyligidan, ishonuvchanligidan, yordamidan o‘zining g‘arazli
maqsadlarida foydalanadi. Hamma uning aytganini qilishi, “unga yordam berishi” kerak, u esa
hech kimga hech narsa qarz emas – mana xudbinlikning asosiy belgisi.
17
Egoizm (xudbinlik) asta – sekin o‘rchib, egotsentrizmga (xudparastlikka) aylanishi
mumkin. Egotsentrizm – inson hamma narsaning markaziga faqat o‘z shaxsini, manfaatlarini
qo‘yishi, boshqa har qanday manfaatlarga – jamoa, jamiyat, davlat manfaatlariga bepisand
qarashidir. “xudparastni ne qilg‘oni o‘ziga xubdir, bu nopisand fe’lg‘a tafovut ko‘pdir”, deya
ta’kidlaydi Alisher Navoiy. U xudparastlikni budparastlik bilan teng qo‘yadi: “Xudparast –
budparast”, - deb yozadi u “Mahbubul qulub” asarida. Bu yerda Navoiy “butparast” deganda
johil, Haq va haqiqatni tanimagan, kufr botqog‘iga botgan, imon-e’tiqodsiz, faqat o‘ziga, o‘z
nafsi va jig‘ildoniga, hirsi va shahvatiga sig‘inadigan kishini nazarda tutmoqda.
Egoizmning vujudga kelish sabablaridan biri o‘z farzandini haddan ortiq erka o‘stirish,
uning barcha injiqliklari, xohish – istaklarini amalga oshirish, bolada, o‘zlari sezmagan holda,
iste’molchilik psixologiyasini shaklantirishdir. Egoizmning yana bir sababi nisbatan qobiliyatli,
yoki yetakchilikka moyil, irodali shaxslarga yoshlikdan – maktab, kollej, oliy o‘quv yurtida,
keyinchalik mehnat jamoasida, sinfdoshlari, kursdoshlari, hamkasblari tomonidan alohida e’tibor
berilishi, “tan olinishi”dir. Agar qobiliyatli kishi bularni hurmat va o‘ziga bildirgan ishonch, bu
ishonchni oqlash kerak deb emas, balki shunday bo‘lishi kerak, chunki men ulardan ustunman,
kuchliman, aqlliroqman, deb qabul qilsa, uning egoist bo‘lib voyaga yetishi muqarrar. Shu
sababdan tarbiya jarayonida oiladan boshlab, ayniqsa maktabda qobiliyatli bolalarga to‘g‘ri
yo‘nalish berish, boshqalarning senga ko‘rsatayotgan e’tiborini, hurmatini oqlashing kerak degan
qarashlarni ular ongiga singdirish lozim.
Egoizmga, odatda, altruizm muqobil hisoblanadi. Altruizm shaxsiy manfaatlarni
o‘ylamasdan, o‘zini boshqalarga bag‘ishlash, boshqalardan qo‘lidan kelgan yordamini
ayamaslikdir. Altruizm beg‘arazlikning yuqori ko‘rinishi sifatida axloqiy jihatdan ma’qullansa-
da, unga munosabat bir xil emas. Ba’zilar altruizmni don-kixotlik, savdoyilikning bir ko‘rinishi,
shaxsning o‘ziga nisbatan yetarlicha ma’suliyatda bo‘lmasligi, deb hisoblaydi. Altruizm zarur
hollarda qat’iyat ko‘rsata olmay, o‘zganing egoizmiga yon bosishga olib kelishi, jamiyat
manfaatlarini himoya qila olmaslikka, ijtimoiy prinsipsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Tarbiya
jarayonida altruizm egoizmning to‘liq muqobili bo‘la olmasligi, ba’zi hollarda u egoizmni
oziqlantiruvchi, unga sharoit yaratuvchi, ba’zan hatto vatanparvarlik burchini bajarishda
qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Bizda egoizm xudbinlik,
altruizm esa muravvat va futavvat, deb atalgan. Altruizmga futuvvat ko‘proq mos keladi.
Futuvvat ham o‘zini boshqalarning hojatini chiqarishga bag‘ishlamoq, o‘zgalarga beg‘araz
yordam bermoq, hamdard bo‘lmoqdir. Alisher Navoiyning ushbu bayti
“Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo‘q”, –
har ikki tushunchaining mohiyatini qisqa va juda teran ifodalaydi. Garchi futuvvat
keyinchalik tariqat bilan birlashib ketib, sufiyona mazmunda talqin qilingan bo‘lsa-da, aslida u
dunyoviy umuminsoniy mohiyatga, mazmunga ega bo‘lgan va uni saqlab qolgan. Futuvvatning
umuminsoniyligi undan diniy va sufiyona mazmunda ham foydalanish imkonini bergan. N.
Komilov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “tasavvuf futuvvatda yuksak g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy
tatbiqini ko‘rgan bo‘lsa, futuvvat tasavvufda nazariy-e’tiqodiy tagzaminni topgan edi”.
Futuvvatga islom adabiyotida, birinchi galda O‘rta Osiyo va Eron adabiyotida, falsafiy va diniy
ta’limotlarda yuksak ijobiy munosabatni ko‘ramiz. Futuvvat mo‘g‘ul zulmi davrida sarbadorlar,
javonmardlar harakatining g‘oyaviy mafkurasini, shiorini tashkil qilgan. Xalqimiz orasida
farqlanib kelinayotgan to‘kin-sochin to‘y qilish va mehmondo‘stlikining ildizlari ham, bir
tomondan futuvvatga borib taqaladi.
18
Ammo kundalik maishiy hayot qiyinchiliklari avomni, nafs va hirs o‘ziga to‘q kishilarning
(bir guruh ziyoli, imon-e’tiqodi mustahkam fidoyi kishilardan tashqari) muruvvat va
futuvvatning yuksak g‘oyalari va mezonlari asosida emas, o‘z foydasini ko‘zlab, “sizdan ugina,
bizdan bugina” talablariga muvofiq yashashga undadi. Futuvvat ahlini ba’zilar devonalar deb,
devonalikni esa aqldan ozganlik, deb baholadilar. Devonalik axmoqlik emas. U sufiy holatini
anglatuvchi tushuncha. Futuvvat esa devonalik emas, ammo devonalikdan xoli ham emas.
Vatanparvarlik haqida avvalgi boblarda ko‘p gapirilgan edi. Ularni takrorlab o‘tirmasdan,
yana bir eslatmoqchimizki, haqiqiy vatanparvarlik – bu yurt ravnaqi yo‘lida o‘z kasbi doirasida
halol mehnat qilish, o‘z xizmat vazifasi va burchini halol bajarishdir. Ma’naviy tarbiyaning
barcha yo‘nalishlarida, xususan axloqiy tarbiyada vatanparvarlik mehnatsevarlikka,
ma’suliyatga, burch va vijdon amriga aylansagina ro‘yobga chiqishi mumkinligiga e’tiborni
qaratish lozim. Turkiy xalqlarda muhtojlarga, g‘arib va musofirlarga beg‘araz yordam berish
ag‘aliq, ataliq, axiylik (axiy-bobo)kabi atamalarda ifodalangan. Bugun “otaliq” tushunchasida
bevosita va beg‘araz yordam ko‘rsatish mazmuni saqlab qolingan. Masalan, maktabning otalik
tashkiloti unga moddiy-o‘quv bazasini mustahkamlashda, a’lochi o‘quvchilar va faol
o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirishda, bayramlarni o‘tkazishda yordam ko‘rsatadi.
Otaliq va og‘aliq tushunchalari nafaqat ijtimoiy-maishiy mazmunida, shuningdek ijtimoiy-
siyosiy mazmunida ham qo‘llanila boshlandi. Taxt vorisining tarbiyachisi, yoki uning nomidan
hokimiyatni vaqtincha boshqaruvchi kishi otaliq deb atalgan. Og‘aliq ham shunga o‘xshash
mazmunda, taxtga (hokimiyatga) yaqin kishi sifatida biror hududni muxtoriy boshqaruvchisi,
taxt vorisiga homiylik qiluvchi kishi mazmunida qo‘llanilgan. Shu sabab otaliq va og‘aliq
tasavvufda muruvvat va futuvvat ko‘rinishlarini ifodalovchi atama bo‘lib rasmiylashmagan.
Ammo axiylik Turkiya va Yaqin Sharqdagi ba’zi tariqatlarda atamaga aylangan. Axiy so‘zi
bugungi o‘zbek tilida iste’moldan chiqib ketgan. U bobo va oqsaqol so‘zlari bilan almashtirilgan.
N.Komilov “Tasavvuf”asarida futuvvat tarofdorlari javonmardlar, axiylar, fatiylar deb atalganini
qayd qiladi va “axiy” so‘zini do‘st, birodar deb talqin qiladi.
Sufiycha atama mazmunida bu to‘g‘ri. Chunki bir shayxning, pirning (axiyning) muridlari
o‘zaro do‘st, birodarlardir. Darvoqe, arabcha “shayx” oqsoqol degan mazmunini bildiradi. Aslida
turkiy “axiy” “bobo”,“oqsoqol” tushunchalarini anglatishini bilib qo‘yish ortiqchalik qilmas.
Kosmopolitizm ko‘pincha vatanparvarlikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Kosmopolit butun yer
kurrasini o‘z vatani deb biladi. Uning uchun millat tuyg‘ularidan, vatan tuyg‘usidan, milliy
manfaatlardan go‘yoki umumbashariy manfaatlar ustun. Kosmopolitizm sovet mafkuraviy
baholarga muvofiq milliy nigilizmning ko‘rinishlaridan biri hisoblangan. Ikkinchi jahon
urushidan keyin SSSRda kosmopolitizmga, g‘arb oldida qulluq qilishga qarshi kurash niqobi
ostida aslida tafakkur erkinligiga, odamlar tashabbusiga hamda yahudiy millatga mansub
ziyolilarga qarshi siyosat olib borilgan. Urushdagi g‘alabadan keyin odamlar qatog‘on yillarida
vujudga kelgan ijtimoiy qo‘rquvdan ancha xalos bo‘lgan, ichki va tashqi dushmanlarni yengdik,
endi erkin va yaxshi yashaymiz degan umid ularda paydo bo‘lgan edi.
Yahudiylar masalasiga kelsak, urush yillari butundunyo yaxudiylari SSSRga Gitler
qirg‘inidan ularni (halokatdan) xalos qiluvchi kuch sifatida qaragan va SSSRga har tomonlama
yordam uyushtirgan edi. Stalin ularni urushdan keyin yaxudiy davlati Isroilni tuzishda qo‘llab-
quvvatlashga, hatto Qrim hududidan joy berishga va’da bergandi. Urushdan keyin turli
sabablarga ko‘ra, sobiq antigitlerchilar koalitsiyasi bo‘linib ketdi va o‘zaro muxoliflarga aylandi.
Ikki tuzum o‘rtasida sovuq urush boshlandi. Tabiiyki, yirik yahudiy bankirlari, kapitalistlari o‘z
hukumatlari tomonida bo‘ldi. Oddiy yaxudiylar esa arosatda qoldi. Har ikki tuzum ham ichki va
19
tashqi maqsadlar yo‘lida axloqni siyosatga qurbon qildi. SSSRda kosmopolitizmga qarshi kurash
avj oldi, AQShda amalda kommunistlarga qarshi Makkarti qonuni qabul qilindi. Har ikki
davlatda shpionchilik vasvasasi kuchaydi. SSSRda kosmopolitizmga vatanparvarlik va
internatsionalizm (sotsialistik baynalminlallik) qarshi qo‘yilgan.
Kosmopolitizm sun’iy o‘ylab topilgan tushuncha emas. Uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy va boshqa oziqlantiruvchi omillari va sabablari bo‘lgan. Turli tarixiy davrlarda
kosmopolitik g‘oyalardan Yevropada diniy va siyosiy mustabidlikka, shovinizm va
millatchilikka, irqchilik va shu kabi o‘ta keskin qarashlarga va siyosatga qarshi mafkuraviy
kurashda foydalanilgan. Undan keyinchalik mustamlakachilar ham foydalanishga harakat
qilganlar.
Kosmopolitik g‘oyalar to‘liq yo‘qolmaydi. Bugun uni globallashuv tendensiyasi va
ommaviy madaniyat oziqlantirib turibdi. Urush va tinchlik muammosi, demografik ahvol va
oziq-ovqat ta’minoti, boshqa global muammolar, ayniqsa ekologik, iqlim o‘zgarishi, tabiiy
kataklizmlar, panepidemiyalar xavfi kabi muammolar yer kurrasini butun insoniyat uchun
yagona vatan, har bir shaxs sayyoramiz taqdiri uchun mas’ul ekanligini eslatib, kosmopolitik
tuyg‘u uchun zamin yarataveradi.
Axloqiy tarbiya orqali insonda erkinlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish muhim.
Erkinlik va mas’uliyat dialektik birlikni tashkil etadi. Ular ayricha holda mavjud emas.
Mas’uliyatsiz erkinlik – bu boshboshdoqlik, anarxiya, cheklanmagan xudbinlik va h.k.lardir.
Erkinlik – bu mas’uliyatdir, ma’suliyatsizlik va xudbinlik esa – qaramlikdir, o‘z nafsi va hirsiga
qullikdir.
Aksilaxloqiy g‘oyalar, tushunchalar, afsuski, hayot qiyinchiliklari ta’sirida, ijtimoiy va
insonlararo munosabatlarda masala yechimining noto‘g‘ri, adolatsiz, ammo oson yo‘lini
tanlashning salbiy tajribasi sifatida vujudga kelgan. Qiynalib, mehnat qilib topishdan ko‘ra,
ba’zan vazifani suiiste’mol qilib, pora olib, yoki o‘g‘irlik qilib topish osonroq. Achchiq haqiqatni
aytib, aybni tan olishdan, yolg‘on aytib aybni yashirish osonroq. Lekin aslida bu “oson”
hisoblangan tushunchalar ertami-kechmi jamiyatga, odamlarga juda katta zarar keltiradi.
Shuning uchun qadim zamonlardan ular aksilaxloqiy hisoblangan va qoralangan.
Erkinlikning falsafiy ta’rifi anglab olingan zarurat (Gegel), anglab olingan zarurat bo‘yicha
harakat (Engels) ekanligini yana bir bor eslasak, erkinlik ezgulik va yovuzlikni aniq farqlab,
gumanistik vijdonni tarbiyalash asosida vujudga kelishi ayonlashdi. Lekin bular bilan
cheklanmaydi. Erkinlik axloqiy tanlashda namoyon bo‘ladi. Shu sababdan u iroda bilan ham
bog‘liq. Binobarin, erkin shaxsni voyaga yetkazish uchun unda mustahkam irodani, qaror qabul
qila olishni, o‘z xatti-harakatini, qabul qilgan qarorini tanqidiy baholab, unga zarur hollarda
tuzatish kirita olish mas’uliyatini tarbiyalash talab etiladi.
Axloqiy g‘oyalar, meyorlar rivojlanishini ko‘rsatuvchi mezon – bu jamiyatda inson
erkinligining o‘sishi, qadr – qimmatining ortishidir. Inson erkinligini, ongi va tafakkurini
cheklashdan, uni hukumron diniy yoki siyosiy mafkuraga, urf – odat va an’analarga majburan
buysundirishdan voz kechishda, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlanishda, fikrlar va qarashlar
xilma – xilligi qaror topishida, insonparvarlik g‘oyasi boyib, inson jamiyat taraqqiyotining
maqsadiga aylanishida axloq va umuman ma’naviyat rivoji namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonda
axloqning cheklovchi, taqiqlovchi meyorlari nisbatan kamayib (to‘liq yo‘qolishi mumkin emas,
taqiqsiz, cheklashsiz jamiyat tizimi buziladi), undovchi, rag‘batlantiruvchi meyorlari ko‘payib,
kuchayib boradi. Axloqiy tarbiyada insonga o‘zini tiyishni, ba’zi salbiy narsalarni qilmaslikni
o‘rgatish barobarida ijobiy, savob ishlar qilishga ehtiyoj tug‘dirish, ezgulikka befarq, indeferent
20
bo‘lmaslikni shakllantirish muhimdir. Yozuvchi Bruno Yasenskiyning do‘stingdan va
dushmaningdan qo‘rqma, befarq kishilardan qo‘rq, degan o‘giti doimo dolzarbdir. Yozuvchi
ta’biri bilan aytganda, nari borsa, do‘sting senga xoinlik qilib, sotishi, dushmaning o‘ldirishi
mumkin. Befarq kishilarning jim va beparvo qarab turishi tufayli sotqinlik ham, qotillik ham
qayta-qayta sodir bo‘laveradi. Yozuvchining ehtirosli obrazli fikridan axloqiy tarbiyaning
muhim undovchi vazifasi – faol hayotiy pozitsiyani egallashni tarbiyalash ekanligi ayonlashadi.
Axloqiy talablar, meyorlar insonni jamiyatning boshqa a’zolari bilan uyg‘unlikda
yashashga, jamiyat institutlaridan to‘g‘ri foydalanishga, odamlarga va jamiyatga qo‘shilib, uning
bir to‘laqonli a’zosi bo‘lishga o‘rgatadi. Shu sababdan bolalarda, yosh avlodda axloqiy talablarni
tarbiyalash bilan ota-onalar, oila, mahalla, bog‘cha, maktab, mehnat jamoasi, jamoat tashkilotlari
– jamiyatning asosiy bo‘g‘inlari o‘z vakolatlari doirasida shug‘ullanadi. Ularning faoliyati yana-
da samaraliroq bo‘lishi uchun, tarbiya ishlarini muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
Tarbiyaning oiladan tashqari bosqichlarida bu vazifani xalq ta’limi muassasalari, yoshlarning
jamoat tashkilotlari o‘z zimmasiga oladi. Maktab ota – onalar qo‘mitalari, mahalla o‘zining
tegishli komissiyalari orqali oilaning tarbiyaviy faoliyatiga yordam berishi mumkin.
Har qanday tarbiya ikki tomonlama jarayonligini, bola nafaqat tarbiyaning obyekti,
shuningdek subyekti ham ekanligini (o‘z o‘zini tarbiyalashni) nazarda tutsak, bolaning
boshqalardan olayotgan o‘rnagi shaxsiy kuzatuvlari uning qanday inson bo‘lib shakllanishida
katta rol o‘ynashi oydinlashadi. Jamiyatdagi shiorlarning, mafkuraviy targ‘ibot-tashviqotning
hayotga, haqiqatga mosligi yoki mos kelmasligi yoshlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan
tarbiya jarayonida haqiqiy qiyinchiliklarni, muammolarni ulardan yashirmaslik, faqat sabablarini
to‘g‘ri tushuntirish kerak. Yarimhaqiqatni aytish, faqat yutuqlarini ko‘z-ko‘z qilib,
kamchiliklarni xaspo‘shlash, muvafaqqiyatsizliklar sababini “obyektiv” sabablarga (ob-havo,
qurg‘oqchilik va h.k.), yoki tashqi muxoliflar kirdikorlariga, jahon iqtisodiyoti konyunkturasiga
keltirib bog‘lash, o‘z xatolarimiz borligini tan olmaslik tarbiya ishiga zarar keltiradi.
Bolaning axloqiy tarbiyasiga ota – onalar va kattalarning xulq atvori sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Ota – onalar va kattalar bolaga qanchalik yo‘l – yo‘riq berib, pandu nasihatlar
qilmasin, o‘zlari nomaqbul turmush kechirsalar, aytgan gaplariga amal qilmasalar, ularning
barcha tarbiyaviy urinishlari chippakka chiqadi. Bola ularga ishonmaydi, hatto aytgan to‘g‘ri
so‘zlarini ham yolg‘on sifatida qabul qiladi. Ota – ona, kattalar qilmishi bolaga hamisha bevosita
yoki bilvosita ibrat, taqlid uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Ota – ona xulq – atvori bolaga
hamisha aktual (hozirning o‘zida) yoki potensial (kelajakda) ibratdir. Yaxshi xulq – yaxshi ibrat,
yomon xulq – yomon ibrat.
Axloqiy tarbiyada axloqqa zid g‘oyalarga nisbatan murosasizlik, ma’naviy immunitet
shakllanishiga yetarlicha e’tibor qaratilishi shart. Yolg‘on, hasad, nafs, hirs, fahsh, o‘g‘rilik,
zo‘ravonlik, qotillik, xoinlik, xudbinlik va shu kabi insonning asl tabiatiga zid g‘oyalar,
tushunchalar inson va jamiyat hayotida salbiy rol o‘ynaydi, ma’naviyatni ich – ichidan yemiradi.
Axloqiy tanlashning mazmun-mohiyati ham aksilaxloqiy tushunchalardan ustun bo‘la olish,
halokatli yovuzlik yo‘lidan ketmaslik, ezgulikka, insonparvarlikka, vijdonga sodiq qolishdir.
Axloqiy tanlashda inson o‘z xudbinligi, nafsi, hirsi, hasadi, qo‘rqoqligi va boshqa
kamchiliklaridan ustun kela olishi lozim. Zarur hollarda u siyosiy rejim qutqusiga, mukofotlariga
uchmasligi, yoki tazyiqidan qo‘rqmasdan, xalqiga, vataniga sodiq qolishi, insoniy burchiga,
vijdoniga xilof ish qilmasligi kerak. Bu endi shunchaki oddiy axloqiy tanlash emas, ma’naviy
jasoratdir. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviy jasoratni
aynan shunday talqin qiladi.
21
O‘zbekistonda barkamol avlod axloqini tarbiyalash miliy nomukammallik tuyg‘usidan xoli,
o‘z kuchiga,aql-zakovatiga, bilimiga ishonadigan, mehnatsevar, boqimandalikning har qanday
ko‘rinishidan or qiladigan, qat’iyatli, irodali, vatanparvar, o‘z milliy madaniyati, xalqi tarixidan,
yutuqlaridan g‘ururlanadigan, ayni paytda millatchilik va milliy man-manlikdan yiroq,
kamchiliklarni tanqidiy baholay oladigan va ularni bartaraf etishga, yaratuvchlikka intiladigan
halol insonni shakllantirishni anglatadi. Bunga barcha kuch va vositalar yo‘naltirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |