Mobil Banking -xizmati
Bank hisob-varaq egasini identifikatsiya qilish vositasi sifat-
ida mobil telefon yordamida bank hisob varag‘ini boshqarishni
ifodalaydi. To‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda bank
hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalaniladi. Bundan tashqari,
foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar doirasi juda kengdir
- hisobraqam bilan bank operatsiyalari, doimiy ravishda xiz-
matlarni to‘lash (kommunal xizmatlar, aloqa, televidenie), tovarlar
va xizmatlar uchun bir martalik to‘lovlar.
Mobil bank xizmatining eng oddiy turi foydalanuvchiga
SMS-xabar orqali uning bankdagi hisob raqamidagi joriy
operatsiyalar (hisob raqami yoki kredit holati, hisobvaraqdan
mablag ‘olish, muddatli depozit operatsiyalari va boshqalar)
haqida xabar berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |