muomala sohasidan iste’mol sohasiga (yer egalariga) o‘tadi.
2. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan
1
mlrd. livrlik sanoat
mahsulotlami
sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o‘z
mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.
3. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan
iste’mol buyumlami sotib oladi. Shu bilan qishloq xo‘jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4. «Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning
o‘zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini
oladi (ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining
ikkinchi
yarmi realizatsiya qilinadi.
5. Aylanish
jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo‘jaligi xomashyosini
xarid qiladi.
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarayoni
natijasida sinflar o‘rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo'jalik mahsulotlari va
2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf»
ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o‘rtasidagi
umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o‘z sinfi doirasida aylanadi
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo'jaligi
ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urug‘lik va oziq-ovqat
mahsulotlari o‘mini qoplaydi. «Unumli sinf>> tomonidan sotib olingan
sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini qoplash uchun
ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli
sinf» qo‘liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi
to‘lash natijasida bu pul yana yer egalari ixtiyoriga o‘tadi. Shunday
qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash uchun, ya’ni oldingi
hajmdagi ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom
ettirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida
olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari
qarab chiqilmaydi, balki juda ko‘p bunday yakka muomala aktlari
sinflar
118
o‘rtasidagi muomalada mujassamlashadi. Ana shu sinfiar o‘rtasidagi
muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning
muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir shakli sifatida,
pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti sifatida
ko‘rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‘ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ta’limotida
bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar
tushunchasida izchillik, ilmiylik yetishmaydi. Sanoatchilami ishlab
chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o‘z mahsulotlarining
hammasini sotib yuboradi), F.Kene ulami ishlab chiqarish jarayonini
qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Yer egalarining
mahsulot realizatsiya qilishda markaziy o‘ringa o‘tib qolishi noto‘g‘ri
bo‘lgan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asaming qimmatini
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy
iqtisodiyot makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g‘oyalar
boiajak iqtisodiy modellaming kurtagi bo‘lib qoldi.
F.Kenening g'oyalari Ann Rober J a k Tyurgo (1727-1781-yy.)
tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi. A.Tyurgo Parijda
zodagonlar oilasida tug‘ildi. Oilaviy an’anaga ko'ra diniy ta’lim olishga
majbur bo‘ldi. Lekin Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini
tugatgach, bu sohada ishlashdan bosh tortdi. 1751-yildan Parij
parlamentining mansabdori,
1761-74-yillarda Limojda (Limuzen
provinsiya - viloyat markazi) intendant (gubemator) lavozimida ishladi.
Bu uzoq viloyatda markaziy hokimiyat vakili sifatida xo‘jalik ishlarini,
jumladan, soliq olish tizimini nazorat qilib turdi. Aynan
Limojda yashab
turgan davrda A.Tyurgo o‘zining «Boylikning yaratilishi va
taqsimlanishi to‘g‘risida mulohazalar» (1766) nomli asosiy iqtisodiy
asarini, tugallanmasdan qolgan «Qimmat va pub> (1769) kitobini va
boshqa asarlami yozdi. Ulardagi fikrlar, umuman
fiziokratik qarashlarga
hamda bozor iqtisodiy munosabatlari tamoyillariga, eng awalo, erkin
raqobat va erkin savdo tamoyillariga asoslangan.
1774-yili qirol Lyudovik XVI A.Tyurgoni moliya bosh
nazoratchisi lavozimiga (moliya vaziri lavozimi bilan bir xil) tayinladi.
119
Bu lavozimda ikki yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo davlat xarajatlarini
kamaytirishga erisha olmagan bo‘lsada, lekin mamlakat iqtisodiyotini
har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ammo uning har bir islohotga oid yangiliklari parlamentda o‘zining
monopol mavqeyini saqlab qolishga intilgan amaldorlar tomonidan
qattiq qarshilikka duch keldi. Shuning uchun islohotlari ko‘p vaqt amal
qilmadi. 1776-yili A.Tyurgo iste’foga chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo vazir sifatida amalga oshirgan asosiy islohotlar:
mamlakat ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi;
qirollikka erkin don olib kelish va undan boj to‘lovlarisiz erkin don olib
chiqish; natural yer majburiyatining pullik yer solig‘i (o‘lpon) bilan
almashtirilishi; sanoat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik
savdogarlar va
hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: