51
o’zining budjetga oid har yilgi ishlarini olib borishi uchun qo’shimcha uch oy
berildi.
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi O’zbekiston Respublikasining
2013-yil 26-dekabrdagi "O’zbekiston RespublikasiningBudjet kodeksini tasdiqlash
to’g’risida" O’RQ-360-son qonuniga asosan, 2014-yil 1-yanvardan amaliyotga
joriy etildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
2014-2015 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi
normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda hamda har
tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlash, zarur bo’lgan hollarda
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining ayrim normalarini yanada
takomillashtirishga qaratilgan takliflarni kiritish vazifasi yuklatilgan.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi hukumati o’zining ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish niyatida xalqaro donorlik
tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda davlat mablag’larini boshqarish tizimini isloh
qilmoqda. 2014-yildan kuchga kirgan Budjet kodeksi bu yo’nalishdagi o’zaro
hamkorlikning yana bir natijasidir. Bu hujjat O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi, mamlakatimizdagi barcha manfaatdor idoralar, BMT Taraqqiyot Dasturi,
XVF va ADETEF (Fransiya) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bevosita
hamkorlikda ishlab chiqildi. Budjet kodeksi loyihasini tayyorlash jarayonida qator
mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat idoralararo ishchi guruhi tomonidan
ikki yil davomida qizg’in ish olib borildi.
Kodeksni ishlab chiqishda dunyodagi iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan
o'sishga erishayotgan, ijtimoiy himoyasi kuchli bo’lgan davlatlar tajribasi
o’rganildi. Bunda asosiy o’rinda xalqaro standartlar asosida davlat budjeti
taqsimotini ommaviy e’lon qilish, undagi parametrlarning, ya’ni, huquqlarning
kengaytirilishi, xalqaro buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiqlashtirish,
budjetni o’rta muddatlarga rejalashtirish, budjet mablag’lari ishlatilishi natijalarini
52
tahlil qilish, budjet tashkilotlari tekshiruvini tartibga solish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
Budjet
kodeksi
asosida
Budjet
tizimining
huquqiy
mexanizmi
takomillashtirildi va unifikatsiya qilingan holda, rivojlangan mamlakatlarda o’zini
oqlab kelayotgan davlat moliyasini boshqarishning zamonaviy usullari
shakllantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi umumiy va maxsus qismlardan
iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining asosiy ikkita
“Budjet tizimi
to’g’risida”gi va
“Davlat Budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonunlarini,
budjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun va boshqa
bir qator hujjatlarni qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: