3. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini
ko’rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan
budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun
Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini hamda soliq va
budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
103
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun
Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda:
-
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
- Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari;
- Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash
manbalari;
-
davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari;
-
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari;
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston
Respublikasining respublika budjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari;
-
umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi
budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalarning
normativlari;
-
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma
kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari;
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg’armasining,
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg’armalari
miqdorlari tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga
doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng bir haftalik muddatda
tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.
104
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari o’n ish kuni ichida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va
xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan
subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan
miqdorlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar budjetlariga
umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdavlat
soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy budjetlari tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlariga
ajratmalarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqalpog’iston Respublikasi
budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalarning
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan
ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg’armalari
miqdorlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar budjetlari aylanma
kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash
bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini,
105
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash to’g’risidagi
qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari
tomonidan tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari
hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga
muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar budjetlarining
daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida
qarorlar qabul qiladi.
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining asosiy
parametrlari tasdiqlanganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetidan beriladigan subventsiyalar,
o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar hajmlarini Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
-
budjet
mablag’larini
taqsimlovchilar
va
davlat
maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va
xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari:
- tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari
hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent
shahrining shahar budjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan
106
daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari
e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
-
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan
moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag’lari oluvchilar
e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar
hajmlarini — bir haftalik muddatda etkazadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va
shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan
moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag’lari oluvchilar
e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’larning
hajmlarini bir haftalik muddatda etkazadi.
O’zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti qaroriga ko’ra favqulodda holat sharoitlarida qabul
qilinadigan budjetdir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet
sohasidagi vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko’ra
amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi
davrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O’zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlarining, shuningdek
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
Kengashlarining
Qoraqalpog’iston
Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to’xtatib
turiladi.
107
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi
tugatilishi bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari
parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Amerika Qo’shma Shtatlaridagi davlat budjetini tayyorlash va qabul qilish
jarayoni ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlar funksiyalari bir xil siyosiy
partiya yoki partiyalar koalitsiya(birlashma)si orqali boshqariluvchi Britaniyaga
o’xshash parlamentar hukumatda qo’llaniladigan jarayondan farqlanadi. Bunday
tizimlarda, budjet tasdiqi fazasi ma’lum darajada yo’naltirilgandir. Umuman
olganda Parlamentlar davlat budjetini o’zgartira oladilar lekin ko’pincha uni
o’sib ketishiga to’sqinlik qilinadi. Partiyaviy intizom odatda parlament
tomonidan amalga oshirilgan kichik o’zgarishlarni kafolatlaydi. Farqli o’laroq
Amerika Qo’shma Shtatlarida qonun chiqaruvchi organ ijro etuvchi organ
tomonidan taqdim etilgan budjetdan ahamiyatli e’tiborda tarqaluvchi budjetni
tasdiqlashi mumkin. Xalqaro valuta fondi tomonidan 2005-yilda o’tkazilgan
tadqiqot qonun chiqaruvchi organi nisbiy budjetlashtirish qudratining shartlariga
binoan 28 davlatni ifodalaydi. Bu tadqiqot AQSHni Vestminister davlatlari
(jumladan buyuk britaniya va Avstraliya) dan ancha oldinda eng yuqori
darajadagi qonun chiqaruvchi organ budjet tizimiga ega davlat sifatida qayd etdi
lekin shuningdek Germaniya, Meksika va Ispaniya kabi davlatlarga nisbatan
kuchliroq edi [7].
108
Do'stlaringiz bilan baham: |