katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat
gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti
bezining Langergans
orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez
oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin
tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi
endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri
qonga
o'tadi.
Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor.
1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.
2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar
paydo qiladi.
3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa
yuragining ishini tezlashtira oladi).
4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda
ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir).
5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega.
6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan
(peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi.
7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q.
8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi
jarayonlarga ta'sir etadi.
Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Bular:
aminlar, yodtironinlar, kichik
peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin
gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi.
Yodtironinlar tiroksin (T
4
) va triyodtironindan (T
3
) iborat. Peptid gormonnlar
guruhiga
antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin, melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon
(MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonadotropin-rilizing gormon (GnRG),
somatostatin (SRIF\), kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF),
angiotenzin kiradi.
Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar
tashkil qiladi: insulin,
glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen, prolaktin,
paratgormon, enkefalin, kalsitonin,
adrenokortikotrop gormon, sekretin, xoletsistokinin,
gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid gormonlarga follikullarni
rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni rag'batlantiruvchi gormonlar va
xorionik gonadotropin kiradi. Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron,
progesteron,
aldosteron steroid goormonlardir.
Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin:
I. Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar).
II. Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar
(glandotrop gormonlar).
III. Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi va
glandotrop gormonlarning
ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-gormonlar. Shu
gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: