)
i
i
i
i
77
turbulent holatga o׳tadi (qo׳shimchasi bo׳lmagan quvurda esa bu holat Re = 2300 bo׳lganda yuz beradi).
Demak, diafragmali quvurda issiqlik almashinish taxminan 4 marotaba tez boradi.
21.13-rasm. Turbulizatsiya qiladigan qo׳shimcha quvurlar: a) diafragmali; b) diskli; d)
spiralli.
Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar
Bunday issiqlik almashish qurilmalari yuqori samarali texnologik uskunalar qatoriga kiradi. Issiqlik
tashuvchi agentlarning to׳g`ridan-to׳g`ri kontakti asosida issiqlik almashinish yuz beradi, bunda qurilma
devorining termik qarshiligi bo׳lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik almashish
jara-yonlari jadal sur’atlar bilan boradi. Ushbu issiqlik almashgichlardan texnologik shart-sharoit
bo׳yicha issiqlik tashuvchi muhitlarni aralashtirish zarur bo׳lgan holatlarda foydalaniladi.
Ko׳pincha aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar suv bug`ini kondensatsiya qilish, suv va gazlarni
(odatda havoni) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalar tuzilishiga ko׳ra bir necha turga
bo׳linadi: barbotajli, tokchali, nasadkali, ichi bo׳sh (suyuqlikni sochib beradigan).
Bug` yoki gazning suyuq holatga o׳tish jarayoni kondensatsiya deyiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida
kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan. Masalan, bug`lanish qurilmalarida vakuum hosil qilish uchun,
bug`ning kondensatsiyalanish issiqligidan foydalanib uskunalarni isitish uchun, har xil siqilish haroratli
komponentlardan tashkil topgan aralashmalarni ajratish uchun kondensatsiya jarayonidan foydalaniladi.
Kondensatsiya jarayoni olib boriladigan qurilmalar kondensatorlar deyiladi. Sovituvchi agent
vazifasini ko׳pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovuq tashuvchi agentlar bajaradi.
Kondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo׳ladi. Yuzali kondensatorlarda kondensatsiyalanayotgan bug`
va sovituvchi suv o׳zaro issiqlik o׳tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo׳ladi. Aralashtiruvchi
kondensatorlarda esa bug` suv bilan to׳g`ridan-to׳g`ri aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi.
78
21.14-rasm. To׳g`ri yo׳nalishli aralashtiruvchi kondensator: 1 - kondensator qobig`i; 2 — qopqoq; 3 -
bug`ning kirishi uchun patrubka; 4 - sochib beruvchi sopio; 5 - suv, kondensat va havoni chiqarish
uchun patrubka; 6 - nasos.
Bug` va suvning o׳zaro harakatiga ko׳ra aralashtiruvchi kondensatorlar qarama-qarshi va to׳g`ri
yo׳nalishli bo׳ladi. 21.14-rasmda to׳g`ri yo׳nalishli aralashtiruvchi kondensator ko׳rsatilgan.
Kondensator qobig`i (1) ga qopqoq (2) dagi patrubka (3) orqali kondensatsiyalanishi lozim bo׳lgan bug`
kiritiladi. Sovituvchi suv sopio (4) orqali sochib beradi. Isitilgan suv kondensat va havo bilan birgalikda
patrubka (5) orqali nam havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi.
21.15-rasmda qarama-qarshi yo׳nalishli barometrik kondensator ko׳rsatilgan. Qobiqda 5-7 ta tokchalar
bo׳lib, ularda bug` va suv o׳zaro kontaktga uchraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin
bo׳lib, tokchalar chekkasidagi to׳siqlar yordamida ushlab turiladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit yoki
g`alvirsimon bo׳ladi. Ko׳pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug` pastki tokchaning tagiga beriladi va
yuqoriga
qarab harakat qiladi. Bug` tokchalar orasida suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga
uchraydi. Tokchalar o׳rtasidagi masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug`ning
miqdori ham yuqoriga ko׳tarilgan sari kamayadi. Kondensatorga bug` va sovituvchi suv bilan birga bir
muncha havo ham kirishi mumkin.
Havo kondensatorning yuqorigi qismidan tomchi ushlagich orqali so׳rib olinadi. Tomchi ushlagichda
havodan suv tomchilari ajratiladi; ajralgan suv tomchilari barometrik quvurga tushadi. Barometrik
quvurda kondensatordagi vakuumning qiymatiga to׳g`ri keladigan suv ustuni ushlab turiladi. Barometrik
quvur tashqaridagi havoning qurilmaga kirmasligiga to׳sqinlik qilib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi.
Kondensat va suv barometrik idishga tushadi, so׳ngra tashqariga chiqarib yuboriladi.
79
21.15-rasm. Qarama-qarshi yo׳nalishli barometrik kondensator:
1 - kondensator; 2 - tomchi ushlagich; 3 - tokchalar; 4 - barometrik quvur;
5 — barometrik idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |