Bosqichli issiqlik almashgichli siqib chiqarish reaktori.
Uzluksiz ishlovchi siqib chiqarish
qurilmasining yoki quvurli reaktorning konstruksiyasi shunday hisoblaniladiki, bunda
komponentlarning reaktorda bo׳lish vaqti boshlangich moddani reaksiya maxsulotiga berilgan
darajada konversiyalanishini ta’minlaydi. Murakkab reaksiyalarni o׳tkazishda berilgan
konversiyalash darajasidan tashqari, mahsulotni ishlab chiqarish unumi yuqori va qo׳shimchalar
kam bo׳lishini ta’minlash lozim. Bunga reaktorning harorat tartibini boshqarish orqali erishish
mumkin. Reaktor shunday loyihalanadiki, uning uzunligi bo׳yicha harorat tarqalishi reaktorning har
bir nuqtasida foydali reaksiya tezligi eng yuqori qiymatga ega bo׳lsin.
Loyihalashda ushbu masala hal etilishi uchun quvurli reaktorni alohida seksiyalarga bo׳lish kerak
(36.8-rasm). Issiqlik almashinish seksiyasi qancha ko׳p bo׳lsa, berilgan harorat tartibi shuncha
aniqroq bo׳ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |