Jarqo’ton yodgorligi sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar hisoblanadi. U Bo’stonsoy
xududida bo’lib, 100 gektar maydonni egallagan. Bu yerning aholisi ham dehqonchilik bilan
shug’ullanib, 500 yilcha shu yerda yashaganlar.
Zamonbobo madaniyati Zarafshon daryosining quyi havzasida topilgan motiga
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarning yodgorligi hisoblanadi. U yerda
1950–1960 yillarda Ya.G’.G’ulomov boshliq Mohondaryo otryadi tadqiqot ishlarini olib bordi.
Ular quyi Zarafshon xududidan ikki xil madaniyat izlarini topishdi. Biri Zamonbobo madaniyati
bo’lsa, ikkinchisi Andronova madaniyati izlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |