Sеminаr mаshg’ulоtlаrining tа’lim tехnоlоgiyasi jаmlаngаn


Temuriylar davri shaharsozligi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/174
Sana18.08.2021
Hajmi2,18 Mb.
#150276
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174
Bog'liq
arxeologiya

Temuriylar davri shaharsozligi 
 
 
Temuriylar davri shaharsozligida ko’p asrlik   me’moriy an’analarni davom ettirganlar. Bu davrda 
ham shaharlari  to’rtburchak shaklda qurilib, mustahkam mudofaa devoriga, burj va darvozalarga 
ega  bo’lgan.  Har  bir  shaharda  ark  va  hisor  bo’lgan.    Uning  markaziy  qismida,  ya’ni  ko’chalar 
kesishgan  joyda  yopiq  savdo  gumbazlari  bo’lgan.  Juma  masjidlari  shahar  bozoriga  yaqin 
joylashtirilgan. Madrasalarning oldida ham keng maydon tashkil qilingan. Hunarmandlarning  o’z 
sohalari  bo’yicha  ixtisoslashi  va  aholining  tabaqalarga  bo’linib  yashashi  shaharning  daha  va 
mahallalarga  bo’linishiga  olib  kelgan.  Bosh  ko’chalarda  hunarmandchilik  va  savdo  rastalari 
bo’lgan.  
Aholining turar joylari ilk o’rta asrlardagidan farqli ravishda hovlili bolaxonali va darvozali 
qilib  qurilgan.  Qurilish  materiali  sifatida  xom  g’isht  va  paxsa  ishlatilgan.  Pishiq  g’isht 
poydevorlariga  va  hovlining  yuzasiga  ishlatilgan.  Bu  davrlardagi  turar  joylarning  tuzulishi 
ko’pincha  o’sha  davrda  yaratilgan  mo’’jaz    tasviriy  san’at  asarlaridan  olingan.  SHuning  uchun 
oddiy aholining turar joylari haqida ma’lumotlar yetarli emas.  
 
 Temuriylar  davri  shaharsozligida  bozor  va  savdo  inshootlari  qurilishlariga  ham  katta 
e’tibor berilgan.  Temuriylar maqbaralar qurilishiga alohida e’tibor berganlar. Ular marhumlarning 
ruhlari,  agar  ularga  to’g’ri  munosabat  qilinsa,  doimo  sulolaga  homiylik  qilib,  qo’llab  quvvatlab 
turadi  deb  hisoblashgan.  Amir  Temur  ham  hokimiyatni  qo’lga  olgach,  Kesh  shahrini  davlatning 
ikkinchi  poytaxti  sanab,  u  yerda  oilaviy  xilxona  bunyod  qildirgan.  U  ―Dorus–saodat‖  deb 
nomlanib, qurilishi 20 yil davom etgan.  
Amir  Temurning  chingiziy  naslidan  bo’lgan  nabirasi,  valiyaxdi  deb  e’lon  qilingan  
Muhammad Sulton 1403 yilda to’satdan vafot etgach, buyuk saltanat ramzi sifatida Samarqandga 
dafn  etishga  qaror  beradi.  Sohibqiron  nabirasi  qabri  ustiga  yangi  maqbara  qurdiradi.    Bugungi 
kunda u Go’ri Amir nomi bilan mashhur.  
Amir Temur vafot etganda temuriylar uni Muhammad Sulton yoniga dafn etadilar. Bu bilan 
nabira  va  uning  bobosining  tengligi  e’tirof  etildi,  shuningdek  bu  ularga  ehtiromi  ramzi  ham  edi.  
Temuriylar davrida qurilgan maqbaralar shakllanish kompozitsiyasi jihatdan ikkiga bo’linadi: Bir 
xonali  va  ko’p  xonali  binolar.    Bir  xonali  maqbalarning  ikki  turi  bo’lib,  ularning  biri  chortoq 
ko’rinishidagi  bino  bo’lib,  ularning  to’rt  tarafi  ham  bir  xilda  quriladi.  (Ruxobod  maqbarasi), 
ikkinchisi esa, gumbazli–peshtoqli binolar bo’lib, ularning kirish qismi mahobatli peshtoq quriladi 
(Sulton Saodat, SHamsiddin Kulol  va bq.maqbaralar). Ularning go’rxonalari ko’pincha yer ostida 
bo’ladi.  Ko’p  xonali  maqbaralar  ham  turli  murakkab  ko’rinishlarda  bo’lib,  ularda  qozonxona, 
go’rxona, masjid, kitobxona, quduqxona va turli xonalardan iborat bo’lgan (SHohi Zinda, Axmad 
Yassaviy   va bq.maqbaralar). 


 
69 
 
 
 
 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish